O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/45
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1840252
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
Beton texnologiyasi 1 qism

Gidrofob portlandtsement – portlandtsement klinkerbni sirt-aktiv 
gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo’shimcha bilan mayin yanchilgan 
mahsulotdir. Qo’shimcha sifatida milonaft yoki asidol, ya’ni neft’ mahsulotlari 
sement massasiga nisbatan 0, 1-0, 15% miqdorda olinadi. Gidrofob sementi, 
boshqa oddiy sementdan farqli, quyidagi xususiyatlarga еga: nam tortishi past, 
uzoq muddatga saqlanganda va xatto nam havoda ortilganda ham aktivligini 
yo’qotmay sochiluvchan holatda qoladi; yuqori plastiklikka (plastiklashtirilgan 
sementdan kam bo’lsada) еga; suv shimish va suv o’tkazish darajasi past va 
betonda sovuqqa chidamligigi yuqori. Gidrofob sementi ham oddiy 
portlandtsement markalari kabi markalarga еga.
Sirt-aktiv qo’shimchali sementlar boshlang’ich davrda bir qancha sekinroq 
qotish tezligiga еga bo’lib, shunga ko’ra kamroq issiqlik ajratib chiqaradi. Bu 
sementlar alohida maxsus sharoitlarda, ya’ni gidrotexnik inshootlarini qurishda va 
monolit temir-beton konstruktsiyalarini ko’tarishda ishlatiladi, bunda betonning 
suv o’tkazmasligi va issiqlik ajratib chiqarishi muhim ahamiyatga еga.
Sul’fatga chidamli sementlar – alohida guruhga ajratilgan va ularga 
UzRST talablari kuyilgan (2. 1 jadvalga qar. ). Sul’fatga chidamli portlandtsement 
(SPTS) 400 marka bilan ishlab chiqariladi. Sementning sul’fatga chidamliligi 
mineralogik tarkibini me’yorida bo’lishi bilan ta’minlanadi, qaysiki sul’fat 
agressiyasiga chidamsiz minerallarning miqdori tarkibda kamaytiriladi. Bu sement 
tarkibida: C
3
S>50%,C
3
A<5%, C
3
A+C
4
AF<22%. Qo’shimchali sul’fatga chidamli 
portlandtsement (KSPTS) maxsus tarkibdagi portlandtsement klinkerini (C
3
A<5%, 
C
3
A+C
3
AF<22%) va mayin yanchilgan aktiv mineral qo’shimcha bilan birga tuyib 
olinadi. Qo’shimcha sifatida trepel, opok, diatomit (5-10%) yoki granullangan 
domna shlaki (10-20) ishlatiladi. Qo’shilma C
3
S gidrotatsiyasida ajraladigan 


23 
kal’tsiy gidrooksidini bog’laydi, bu еsa sementning sul’fatga chidamliligini 
oshiradi. Bunday holatda tarkibida juda ko’p C
3
S bo’lgan klinkerni qo’llash 
mumkin bo’ladi, qo’shimchali sul’fatga chidamli sementlar еsa 500 va 400 
markaga еgadir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling