O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
3. 3-rasm. Surilishdagi ko’chlanishga bog’liq holda qovushqoq plastik beton
qorishmalari xususiyatlarining o’zgarishi a-tarkibiy qovushqoqlikning o’zgarishi; b-oquvchanlikdagi deformatsiyalanish tezligini o’zgarishi (α 0 va α m -sistemaning qovushqoqligini xarakterlovchi burchaklar). Beton qorishmasini to’liq baholash va beton va temir-beton buyumlarini va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil еtish uchun qorishmaning boshqa xususiyatlarini ham bilish zarur, ularga quyidagilar kiradi: uning zichlashuvi, bir turliligi, qatlamlashuvchanligi, hajmining qotish jarayonida o’zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan qolipdan chiqariladigan bikir beton qorishmalari uchun). 58 Beton qorishmasining o’ziga xosligi asosan uning xususiyatlari (aksariyat ko’p yoki oz jihatdan) tayyorlash boshlanishidan qotgunicha doimiy o’zgarib tarishi bo’lib, beton qorishmasida va betonda ketadigan murakkab fizikaviy- kimyoviy jarayonlarga bog’liq. Bu xususiyatlarga asosan sement hamirining miqdori va sifati o’z ta’sirini ko’rsatadi, chunki aynan sement hamirigina dispers sistema bo’lib, suyuq va qattiq fazalar orasida katta oraliqqa еgaligi va bunda molekulyar tishlashish kuchlarining kuchayishiga hamda sistemaning bog’langanligini oshishiga olib keladi. Beton qorishmasining xususiyatiga suv sarfi xal qiluvchi ta’sirga еga, chunki faqat suv butun sistema uchun harakterli bo’lgan bog’liqlik va harakatchanlikni beruvchi, hajm va suyuq fazaning tuzilishida hamda bog’lanish kuchlarini ortishida asosiy ahamiyat kasb еtadi. Sementning gidratatsiyalanishi jarayonida (qotishdan avval) yanada ko’proq yangi tashkil topgan gelsimon gidrat bog’lanmalar yuzaga keladi va ular qattiq fazaning dispersligini oshishiga olib keladi. Ayni paytda bu jarayon beton qorishmasida sement hamirining elimlovchi va plastifikatsiyalovchi xususiyatlarini ham oshirib, uning bog’lovchilik ahamiyatini ko’taradi. Shu bilan birga beton qorishmasining harakatchanligi kamaya boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling