O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/45
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1840252
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
Beton texnologiyasi 1 qism

3. 1-rasm. Beton qorshmalarining tarkibiy tiplari va ularning tekis harakatchan 
qorishmadagi suvshimuvchanlikka ta’siri 
I-suzuvchan to’ldiruvchi bilan; II- zich joylashgan to’ldiruvchi bilan; III-yirik 
g’ovakli, sement hamirining etishmovchiligi bilan.


55 
 
 
Ikkinchi turdagi tuzilishda sement hamiri kamroq bo’lib, u faqat 
to’ldiruvchining donalari orasidagi g’ovaklikni to’ldiradi va donalar ustiga 
surtilgandek bo’lib, qalinligi sement zarralari 1-3 diametriga to’g’ri keladi. Bu 
sharoitda alohida to’ldiruvchi donalarining ta’sir doiralarida bir-birlarini to’sadilar 
– to’ldiruvchi donalari orasida ishqalanish yuzaga keladi. Qorishmaga yuqorida 
aytilganidek (birinchi turdagi kabi) harakatchanlikni berish uchun yanada jadalroq 
ta’sir yoki S/TSning o’zgartirilishi hisobiga birinchi tur tuzilishdagi xususiyatlarga 
keltiriladi.
Beton qorishmasining uchinchi tur tuzilishida sement hamiri kam, u faqat 
to’ldiruvchi donalarini yuzasini juda yupqa qalinlikda qoplaydi, donalar orasidagi 
g’ovakliklarni qisman to’ldiradi.
Bir turdan tuzilishdan ikkinchisiga o’tish to’ldiruvchi miqdorini oshishi bilan 
birin-ketin amalga oshadi. Birinchi o’tish avval kichik hajmlarda va ketma-ket 
butun beton hamirini qamrab oladi. Ikkinchi tuzilishdan uchinchi tuzilishga 
o’tishda (tsement hamirining to’ldiruvchilar orasidagi g’ovaklarni to’ldirishga 
etishmayotgan jarayonda) beton qorishmasini qorishtirish yoki yoyishda katta 
miqdorda havo qo’shilib ketadi va ular to’ldiruvchidagi donalararo bo’sh 
g’ovakliklarni to’ldirib, sement hamiri hajmini oshirgandek bo’ladi. Bunday 
tuzilishni ikkinchi turga mansub deyish mumkin. Sement hamirini miqdorini 
tobora kamayishi bilan kirayotgan havo va havo pufakchalari o’lchamlarining 
ortishi natijasida notekisliklar va yoriqlar paydo bo’ladi. Bunday tuzilish uchinchi 
turga mansub.
Beton qorishmasi tuzilishi harakterini ketma-ket o’zgarishi natijasida turli 
tuzilishlar orasidagi chegaralar nisbiydir. Bu chegaralar sement va to’ldiruvchi, 
beton qorishmasining harakatchanligi, qoliplash usullari va boshqa faktorlarni 
o’zgarishi bilan ahamiyatli darajada surilishi mumkin.
Odatdagi beton qorishmalari ikkinchi tur tuzilishiga kiradi. Bunday 
tuzilishlar o’zining katta samaradorligi balan ajralib turadi va minimal sement sarfi 
bilan berilgan harakatchanlikdagi qatlamlashmaydigan beton qorishmasini olish 


56 
imkonini beradi. Tuzilishi birinchi turga mansub bo’lgan qorishmalarga 
armotsement konstruktsiyalar tayyorlash uchun qo’llaniladigan bog’lovchi sarfi 
orttirilgan sement-qumli qorishmalar kiradi. Tuzilishi uchinchi turga mansub 
qorishmalarga qumsiz beton qorishmalari va boshqa sayoz qurilish qorishmalari 
kiradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling