O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti jismoniy tayyorgarlik asoslari


Ishlab chiqarish – mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilotchilarini tayyorlash


Download 248.29 Kb.
bet6/19
Sana07.06.2020
Hajmi248.29 Kb.
#115829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Iqtisod-moliya-fayllar.org

Ishlab chiqarish – mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilotchilarini tayyorlash

Respublika hukumati tomonidan aholining salomatligini yaxshi- lashda jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumki, jahondagi yirik sanoat korxonalarida bevosita mehnat jarayonida maxsus xodimlar, jismoniy tarbiya uslubchilari, tashkilotchi- lari tomonidan bir ish kunida qariyb 1-1,5 soat (har 2-3 soatda) davomida jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etiladi. Mehnat turlari va xodimlari- ning ish faoliyati bilan bandligiga qarab jismoniy mashqlar, turli xil o‘yinlar 10-15 daqiqa davomida o‘tkazib boriladi. Bunday tadbirlar salo- matlikni mustahkamlash, ish qobiliyati va mehnat samaradorligini oshi- rishga qaratilgan. Har bir korxonada sport majmui (stadion, sport zallari, suv havzalari, o‘yin maydonlari va h.k.) bor. Shu sababli har bir xodim ishdan keyin avvalo, sport majmuiga yo‘l oladi. Ularda zamonaviy trena- jerlar mavjud. Jismoniy mashqlar, sport turlari bo‘yicha musobaqalar ko‘p o‘tkaziladi. G‘oliblar va hatto oddiy qatnashchilar ham biror-bir sovg‘a yoki sovrin bilan taqdirlanadi. Shu sababdan ko‘pchilik mam- lakatlarda mehnatkash aholining 50-60 foizi jismoniy tarbiya va sport turlari bilan uzluksiz shug‘ullanadilar. Ular faqat qiziqarli tadbir bo‘lgani yoki sovrin-sovg‘a olgani uchungina emas, balki jismoniy tarbiya va sportning jismoniy rivojlanishni ta’minlashdagi mehnatlarini yaxshi tushungani va bilgani uchun ham shug‘ullanadilar.

Bunday holatlar Toshkent, Samarqand. Andijon, Farg‘ona, Navoiy, Buxoro va b.q. yirik shaharlardagi sanoat ishlab chiqarish jamoalarida ham asta-sekin shakllanib bormoqda.

Yuqorida ta’kidlangan sharoitlar, imkoniyatlar va o‘tkazilishi lo- zim bo‘lgan tadbirlarni yaxshi yo‘lga qo‘yishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • barcha jamoalardagi rahbar xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarda qatnashishlarini ta’minlash;


  • har bir jamoaning imkoniyat darajasiga qarab sport inshootlarini ken- gaytirish hamda sport tadbirlarini sifatli o‘tkazish;


    • yirik ishlab chiqarish korxonalarida tsexlar, bo‘limlarning hamda ulardagi ishchilarning soniga qarab jismoniy madaniyat uslubchilari- tashkilotchilari shtatini belgilash;


    • sport klublari, boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari faoliyatida ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya-sport turlarini ustuvor qilib qo‘yish;


    • har bir tsex, bo‘linmalarda maxsus tashkilotchilarga (uslubchi- instruktor) amaliy jihatdan ko‘maklashuvchi jamoat faollarini (instruktor-uslubchi, murabbiy, hakam, tashkilotchi, komanda sardori va h.k.) tayyorlash, ularning amaliy malakalarini oshirib borish;


    • stadion, sport zali, suv havzalarida sog‘lomlashtirish guruhlarini ko‘paytirish, shug‘ullanuvchilarni qiziqtiradigan ommaviy sport tadbirlarini ko‘proq tashkil etish;


    • guruh va oilaviy dam olish kunlarida piyoda yurish, sayohat kabilarini tashkil qilish va h.k.


    1. Jamoatchi tashkilotchilardan maqsadli foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘- risida»gi qarorida (1999-yil 27-may) barcha ishlab chiqarish mehnat jamoalari va qishloqlarda ushbu sohani tashkil etish, ularning faoliyatini ta’minlash masalalari alohida ta’kidlangan.

Shu asosda sport klublari tarkibida jamoatchi faollarni tayyorlash, ularning ish faoliyatini ta’minlash, rag‘batlantirish tadbirlari muhim aha- miyat kasb etadi.

Ishlab chiqarish mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilotchi- larini va jamoatchi faollarni (uslubchi-instruktor,) murabbiy, hakam, jis- moniy tarbiya tashkilotchisi v.b.) tayyorlash, asosan, ikki yo‘nalishda (muta- xassis xodimlar bundan mustasno) amalga oshirish tajribalari mavjud:


  • jamaolarning sport klublarida tashkilotchi faollarni tayyorlash va ular- ning malakalarini oshirish.


  • Tuman (shahar) sport qo‘mitalari, kasaba uyushmalari jismoniy tarbi- ya-sport jamiyatlari qoshidagi maxsus kurs-seminarlarda yuqori malakali jamoatchi faollarni tayyorlash va malaka oshirish.


Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish tartiblari mavjud. Ularga qisqacha tavsiflar berish lozim, ya’ni:


      1. Jismoniy tarbiya tashkilotchisi ishlab chiqarish korxonalarining bo‘linmalari, yirik tsexlarida mehnatkashlarni jismoniy tarbiya ishlariga jalb etish, turli sport tadbirlariga tayyorlash va tashkilotchilik faoliyatlar- ni amalga oshiruvchi, jamoatchilik asosidagi faoliyat yurituvchi xodim- lardir. Ular jismoniy tarbiya mashqlarini (kirish gimnastikasi, jismoniy tarbiya) ish jarayonida o‘tkazish, sport turlari bo‘yicha jamoalar tayyor- lash, musobaqalarda ishtirok etishni ta’minlash kabi ishlarni bajaradilar. Demak, barcha faoliyatlarni ular nazariy va amaliy jihatdan bilishlari shart bo‘ladi.


      2. Jismoniy tarbiya uslubchisi bo‘linmalar, yirik tsexlar va unga katta bo‘lmagan ishlab chiqarish jamoalarida faoliyat ko‘rsatadi. U o‘z faoliyatlari bilan shtatdagi instruktor-metodistning yordamchisi yoki bu shtat bo‘lmasa, asosiy tashkilotchi-uslubchi hisoblanadi. U barcha jismo- niy tarbiya va sport ishlarini bajarishda rahbarlik qiladi. Demak uslubchi, faqat jamoadagi sport tadbirlarini tashkil qilish yo‘llarinigina emas, balki yirik miqyosdagi sport tadbirlarining tashkiliy jihatlarini ham yaxshi bilishi kerak.


      3. Sport turlari bo‘yicha jamoatchi murabbiy. Bu faoliyatni ikki turga ajratish mumkin:


  • sport sohasidagi oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadr jamoatchilik asosida (ish haqi olmay) sportchi xodimlalarni tayyorlaydi;


  • maxsus ma’lumotga ega bo‘lmasada sportda ma’lum tajribalarga ega bo‘lgan xodim ham sportchilarni musobaqalarga tayyorlaydi. Demak, bunday jamoatchi murabbiy (sport turiga qarab) o‘zining sport mahora- tini oshirish, mashg‘ulotlarni olib borish tarbirlari, qoidalari va tamoyil- lariga ega bo‘lishi lozim.


      1. Sport turlari bo‘yicha hakamlar. Sport musobaqalarini hakamsiz tasavvur qilish mumkin emas. Har bir sport turining xususiyatlariga qa- rab musobaqalarning hakamlari soni (bosh hakam, katta hakam, oddiy hakam, kotib-hakam va h.k.) belgilanadi.


Har bir korxonada yil davomida sport turlari bo‘yicha 5-6 marotaba- dan musobaqalar o‘tkaziladi. Bu tadbirlar har bir jamoada kamida 20-30 va undan ko‘proq hakamlar bo‘lishini taqozo etadi.

Umuman olganda, har bir ishlab chiqarish mehnat jamoasida yuz- lab jamoatchi faollarning bo‘lishi, ularni maxsus o‘quv-seminar mash- g‘ulotlariga (30-40 soatlik) tayyorlash lozim. Bunda Respublika kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan (1987,1996) maxsus o‘quv-seminar rejasi hamda dasturidan foydalanish lozim bo‘ladi.

Ta’kidlash lozimki, turli muassasalarda jamoatchi faollarni tayyor- lash yo‘llari ham mavjud. Imkoniyat bo‘lgan jamoalarda bu yuqorida qayd etilgan usullar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kichik jamoalar yoki imkoniyati bo‘lmaganlar esa sport ixlosmandlarini yaqin - atrofdagi o‘quv yurtlari yoki sport klublari hamkorligida bu ishni amalga oshirish- lari mumkin.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqarish mehnat jamoalaridagi yangi vositalar qo‘llanilishi va mehnatning tur- lari, bajarish usullari ko‘paymoqda. Pult orqali texnik vositalarini ishga tushirish, kompyuter va boshqa texnologiyalardan foydalinish ishlavri ko‘pchilikning amaliy faoliyatlarini (jisomniy harakat) susaytirilmoqda. Shuni hisobga olib, turli xil ijtimoiy-tarbiyaviy tadbirlar mehnatkash- larni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishda xizmat qilmoqda.

Ishlab chiqarish mehnat jamoalarida rivojlangan xorijiy mamlakat- larning ish uslublaridan, mehnat jarayonida jismoniy tarbiyadan maqsad- li foydalanish kabilardan o‘rganilmoqda.

Respublika Prezidentining “O‘zbekistonda bolalar sportining rivoj- lantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni (2002-yil 24- oktabr) barcha sohalar kabi ishlab chiqarish mehnat jamolariga ham sportni tashkil qilish, ularga ishchi – xizmatchilarning bolalarini to‘la jalb etishni taqozo etmoqda. Natijada umummadaniy tadbirlarb sport musobaqalarini tashkil qilishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassis- lariga talab va ehtiyojlar oshib bormoqda. Bu yo‘lda jamoatchi faollarni tayyorlash, ulardan maqsadli foydalanish muammolari doimiy tadbir- larga aylanmoqda. Bunday ijtimoiy – mehnat jarayonlari ishchi – xizmat- chilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy rivojlanishini ta’minlash va mehnat qobiliyati, ish samaraorligini oshirish, qaratilganligi bilan ahami- yatga ega.


Download 248.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling