O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet112/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Korreksion pedagogika turlari.
Defektologiya fani va uning dolzarb masalalari. Defektologiya fani – bu jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan. Defektologiya so‘zi lotin tilida defektus – nuqson, kamchilik, logos – ta’limot, o‘rganish degan ma’nolarni anglatadi. Jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsonlari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomal so‘zidan olingan). Hozirgi kunda chet davlatlarda ushbu bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar deb ham yuritiladi. Defektologiya fanining mavzui bahsi anomal bolalardir. Defektologiya fanining vazifasi – anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlari, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida differentsial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi – anomal bolalar bilan differentsial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitlarni o‘rganish, ulardagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, kompensatsiyalash, iloji boricha korrektsiyalash, ko‘zga ko‘rinmaydigan darajagacha kamaytirish yo‘llari, usullarini belgilash va o‘qitishuvchilarga ko‘rsatib berishdir. Anomaliyalarning harakteriga qarab, ba’zilari to‘liq bartaraf etiladi, ba’zilari korrektsiyalanadi, ya’ni qisman tuzatiladi, boshqalari esa kompensatsiya etiladi, ya’ni almashtiriladi. Agar bola nutqida qo‘pol kamchilik bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa, (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi). Uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida ana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham korrektsiyalatib ham bo‘lmaydi. Masalan, tug‘ma ko‘rlik va tug‘ma karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasi sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasi esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash yo‘linibosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf oltita nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo – ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Defektologiya nisbatan yosh fan. Atoqli psixolog L.V.Zankov, L.S.Vigotskiylar 1935 yildan hamkorlikda ishlay boshladilar. Ular anomal bolalalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korrektsiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdilar. L.S.Vigotskiy “Defektologiyaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolaga nafaqat “salbiy”, balki “ijobiy” tomonlarini o‘rganib, aniqlab shularga tayangan holda va potentsial imkoniyatlarni inobatga olib turib, ta’lim – tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatni jalb etdi.
O‘zbekistonda deffektologiya fani 1967 yildan boshlab rivojlandi. Chunki shu yili Nizomiy nomidagi TVDPI ning pedagogika va psixologiya fakultetida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. 1972 yilda oligofrenopedagogika kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. 1983 yilda surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yilda esa mustaqil kunduzgi va sirtqi defektologiya fakultetlarida oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda oligofrenopedagogika va logopediya, defektologiya fanining klinik asoslari va surdopedagogika kafedralari qo‘shilib, maxsus pedagogika va metodika kafedrasiga aylantirildi, o‘z faoliyatini pedagogika va defektologiya fakultetida amalga oshirmoqda.
Defektologiya faning rivojlanishi natijasida undan quyidangi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha, surdus – kar, gung so‘zidan olingan), eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan), ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha – oligos kam, fren – aql so‘zlaridan olingan) aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiyalash so‘zlaridan olingan) – og‘ir nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling