Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Boshqarish deb nimaga aytiladi?
Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang.
Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi?
Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud?
Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi?
Boshqaruv metodlariga izoh bering.
Boshqaruv uslublari tushunchasini izohlang.
Boshqaruv uslublarini tahlil qiling
Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?
Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.
Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?
MUSTAQIL TA’LIM
Topshiriq shakli: LOYIHANI ISHLAB CHIQISH
Mustaqil ishning maqsadi: bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyatini rivojlantirish.
Loyiha - bu "natijalarning sifatiga, mablag‘lar va resurslarni sarflashning mumkin bo‘lgan chegaralariga va muayyan tashkilotga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tizimni vaqt bilan cheklangan maqsadli o‘zgartirish".
Mustaqil ishning kutilayotgan natijalari: - talabalarning fan va ta’limning zamonaviy muammolariga oid bilimlaridan ta’lim va kasbiy muammolarni hal qilishda foydalanishga tayyorligi; - tadqiqot muammolarini original hal qilish uchun individual ijodiy qobiliyatlardan foydalanishga tayyorlik; - bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyati
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta ’lim sohasi bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik/ M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Hasanboyev, M.Usmonboyeva, S. Madiyarova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Sayidahmedov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010. - 400 b.
2. Yo‘ldoshev O‘.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.
3. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H., Matnazarova K.O., Shirinov M.K., Hafizov S. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2018. –528 b.
4. Hashimov Komiljon. Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/K.Hashimov, S.Nishonova. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. – 304 b.
5. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, H.Homidov. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
6. Ibragimov X.I., Abdullaeva Sh.A. Pedagogika (darslik). – T., «Fan va texnologiyalar», 2007. - 288 b.
7. Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika. Darslik. – T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017. - 416 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |