O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


O’quvchilar mehnat faoliyatining axloqiy


Download 4.27 Mb.
bet148/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

O’quvchilar mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g’oyaviy mazmuniga ega bo’lishi. O’quvchilarning mehnat faoli-yatiga qo’yiladigan mazkur talablar ularni vatan ravnaqi, xalq baxt-saodati yo’lida mehnat qilayotganliklari, mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida umumjamiyat manfaatlarini shaxsiy manfatlaridan ustun bo’lishiga harakat qilayotganliklarida namoyon bo’ladi. Meh­nat faoliyatini tashkil etish jarayonida o’quvchilarda fidoyilik, chi-damlilik, sabr-toqatga ega bo’lish, onglilik, to’g’rilik, halollik, meh-natga nisbatan vijdonan yondashish kabi xislatlar shakllanadi. Baja-rilayotgan mehnat yoki shaxsning o’ziga, shuningdek, atrofdagilarga yoki ijtimoiy jamiyat uchun foyda keltirishni o’quvchilarga tushunti-rib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ularga har qanday maz-mun va ko’lamdagi mehnatning besamar bo’lmasligini uqtirib o’tish joiz.
Mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo’lishi — muhim pedagogik talab sanatadi. O’quvchilar mehnat faoliyati ularda jamo-atchilik ko’nikmalarini hosil qilish, o’zaro yordam va do’stlik aloqa-larini mustahkamlashni ko’zda tutish lozim. Jamoa asosida tashkil eti­ladigan mehnat faoliyatida har bir o’quvchining yagona maqsadi aso­sida mehnat qilish uchun sharoityaratiladi. O’quvchi mustaqil harakat qilish bilan birga o’rtoqlariga yordamlashadi. Muhimi, jamoa mehnat faoliyatining ijobiy samarasi uchun har bir o’quvchining mas’ulligi ortib boradi.
Mehnat topshiriqlarni berishda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olish. Mehnat topshiriqlarihammavaqt o’quvchining kuchiva imkoniyatiga muvofiq bo’lishi kerak. Mehnat faoliyati ularni almash-tirib turish, jismoniy mehnatni aqliy mehnat bilan yoki dam olish bilan qo’shib olib borish, mehnat jarayoniga yangi unsurlarni sing-doirish, mehnatni tashkil etish chog’ida o’quvchilarni zo’riqtirmaslik, toliqtirmaslik zarur.
Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo’lishiga erishish O’quvchilar mehnat faoliyati bir o’quv yili bo’yicha rejalashtiriladi va mehnat ta’limi o’quv rejasida, jadvalda qayd etiladi. Ijtimoiy foydali mehnatning tizimli bo’lishi oddiy mehnat turidan murakkabroq meh­nat turiga o’tish, shuningdek, sinfda, maktabda qilayotgan mehnatdan, maktabdan tashqari sharoitda olib boriladigan ijtimoiy foydali meh-natga o’tish tarzida olib borish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar mehnat faoliyatining tizimli bo’lishi mehnatning o’quvchi tomonidan hayotiy ehtiyoj, zarurat sifatida e’tirof etilishiga olib keladi hamda bu borada o’quvchida ko’nikma va malaka hosil bo’ladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling