O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet4/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Pedagogika fanining asosiy vazifalari
Analitik: - ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o‘rganish;
- pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.
Prognostik: - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash;
- ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
Tashkiliy: - yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;
- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish
Metodologik: pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling