O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet116/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

4. Ruhan sust rivojlangan bolalar
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhan sust rivojlangan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati markaziy nerv sistemasidagi modda almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan. Engil potologik o‘zgarishlar vaqtinchalik buzilgan bo‘ladi.
Ruhan sust rivojlangan bolalar aqliy darajasi jihatidan ikki guruhga bo‘linadi.
1. Engil nuqsoni bor bolalar bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta’lim – tarbiya olganlaridan so‘ng o‘qishni umumta’lim maktabining tegishli sinfida davom ettirishlari mumkin.
2. Ruhiy jihatdan rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular o‘rta maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
So‘nggi yillarda olimlar ruhiy sust rivojlangan bolalarni klinik – psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:
1. Konstitutsional;
2. Somatogen;
3. Psixogen;
4. serebral shakli.
Konstitutsional xilini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlariga nisbatan 1-2 yosh kichik ko‘rinadi. 7 yashar bola o‘zini 5 yashar bolaga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali “etilmagan” bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, unda o‘qishga qiziqish yo‘q. Ish qobiliyati past.
Somatogen xilida surunkali infektsiyalar, allergik holat, tug‘ma porog va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turganligi tufayli bolada asteniya holati kuzatiladi. Bola o‘z kuchiga ishonmaydigan, tez charchaydigan, injiq, qo‘rqoq bo‘ladi, hech narsaga qiziqmaydi.
Psixogen xilida bola noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi. Natijada u ham ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shilib qoladi. Psixogen xilida bolalarning 50% dan nerv sistemasida organik jarohatlanish kuzatiladi, shuning uchun u nisbatan turg‘un bo‘ladi. Bu narsa bolaning bilish faoliyati, his – tuyg‘ulari, irodaviy holatlarining rivojlanmasligiga olib keladi, organik infontalizm kuzatiladi. Bola yo ko‘tarinki ruhda, o‘zidan yosh bolalarga o‘xshab, yo aksincha kayfiyati past bo‘lib, mayus tortib yuradigan, ishni mustaqil hal qila olmaslik tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqish holatlari kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlangan bolalar maxsus yordamga muhtoj, ular maxsus muassasalarda yoki differentsial ta’limga jalb etilishi kerak.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling