O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
Aqli zaif o‘quvchilarga ta’lim – tarbiya berish va o‘rganishning o‘ziga xosligi
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
Aqli zaif o‘quvchilarga ta’lim – tarbiya berish va o‘rganishning o‘ziga xosligi. Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabab – oqibat xususiyatlari endogen xususiyatlarga ega. Aqli zaiflikning mohiyatini nuqsonining moddiy asosi bilan bog‘liq bo‘lib, bosh miyaning organik buzilishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, aqli zaiflikning moddiy sifati kasallangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik sabab – oqibati natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Bosh miya kasalliklarini kelib chiqishiga ko‘ra endogen va ekzogen sabablarga bo‘lishimiz mumkin. Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologo – pedagogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablarni qisqacha quyidagicha tarzda ifodalashimiz mumkin.
- Homila davrida turli ta’sir etuvchi infektsiya, intoksikatsiya va turli jarohatlar; - Tug‘ilish vaqtidagi jarohat asfikasiya; - Chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzilishi, tashqi ta’sir (ekologiya) va boshqalar; - Turli irsiy yo‘l bilan avloddan – avlodga o‘tadigan gen, xromosoma kasalliklari. Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy asab faoliyatlari buzilgan bo‘ladi. Patalogik buzilishlar shartsiz reflekslarning hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarida ham o‘z aksini topadi. Aqli zaif bola faoliyatlarida tashabbuskorlik, mustaqillikka intilish kabi shaxsiy xususiyatlar bo‘lmaydi. O‘zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan tushuntirib bera olmaydilar. Shu bois ular doim yordamga muhtojdirlar. Oligofreniyaning eng og‘ir darajasi idiotlik bo‘lib, ular qo‘pol, rivojlanmagan idroklari bo‘ladi. Atrof – muhitga bo‘lgan munosabati mos emas. O‘z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning tafakkuri deyarli yo‘q. Ular o‘zlariga qarab gapirilgan gapdan ko‘ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan ilg‘ab oladilar. Idiotlar nutqi ma’nosiz tovushlardan, ba’zan alohida so‘zlar yig‘indisidan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zlarining hursandchiligini harakat, qichqirish, mimika harakatlari bilan namoyon etsalar, xafagarchiliklarini esa qaysarlik, o‘z tana organlarini jarohatlash bilan ko‘rsatishlari mumkin. Idiotlarning nisbatan engilroq turlarida ijtimoiy xislatning saqlanmaganligini ularning xursand bo‘lishlarida ko‘rish mumkin. Ularning umumiy kayfiyatlari goh befarq, goh bo‘shanglik va hursandchilik bilan ifodalashi mumkin. Harakat tizimlarning haddan tashqari kamligi natijasida, hatto, yurish va tikka turish malakalari ham buzilgan bo‘ladi. Faoliyatlar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. O‘zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Xulqlari, asosan ularning o‘z talablarini qondirish bilan bog‘liq. Ba’zilari bir xildagi steriotip harakatlar qiladilar. Ritmik ravishda tana harakati, bir xildagi bosh, bo‘g‘inlar harakatini kuzatish mumkin. Idiot darajadagi aqliy nuqsonlikda turli tutqanoqlar kuzatilishi, ba’zan jismoniy rivojlanishda qo‘pol nuqsonlar uchrashi – teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari, endokrin va modda almashinuvining buzilishini ko‘rish mumkin. 1. Ommaviy maktab o‘quvchilari orasida oligofren bolalar uchrab turadi. Ularning aqliy jihatdan o‘smaganligiga ona qornida bo‘lgan davrida muayyan miya sistemalarining yoki hayotining ilk davrida tashqi zararli ta’sirlar sabab bo‘lgan. Patalogik irsiyat ham muayyan rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Bu narsani aytib o‘tish shuning uchun ham muhimki, bolaning kamol topib borishining ancha keyingi davrlarida vujudga kelgan aqliy zaiflik oligofreniya uchun harakterli bo‘lgan xususiyatlardan farq qiladigan boshqa xususiyatlarga egadir. Oligofreniya keltirib chiqaradigan sabablar xilma – xildir. Ularga onaning homiladorlik paytida yuqumli kasalliklarga yo‘liqishi (og‘ir virusli gripp, tif, qizilcha ona organizmidagi turli parazitlarning homilaga yuqishi toksiplazmoz, sifiliz vaqtidagi spiroxeta), xomilaning shikastlanishi, ota – onaning spirtli ichimliklar iste’mol qilishi, alkogolozm kabi omil kiradi. Tug‘ilish vaqtida bolaning qisqich bilan sug‘irib olinishi, vakum bilan tug‘ilgan vaqtda cho‘zilib ketsa yoki tez tug‘ilish bo‘lganda (pulmyotdek otilib chiqishi), bola boshini qo‘l bilan siqilishi ham oligofreniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Oligofreniya, ba’zan bola tug‘ilgandan so‘ng, bir yoshga yaqin kasal bo‘lishi oqibatida ham vujudga kelishi mumkin. Bunday kasalliklar jumlasiga miya va uning po‘stlog‘ining shamollashi (miningit, miningoentsofalit) hamda markaziy nerv sistemasining shikastlanishi kiradi. Oligofreniya nasl orqali ham o‘tadi, shuningdek, ona bilan bolaning qon tarkibining bir – biriga to‘g‘ri kelmasligi rezus faktor ham sabab bo‘ladi. Ruhiy kasallardan aqli zaiflarni F.Platter ajratdi. Aqli zaif bolalarni tasniflash ularga klinik tavsifnoma berish ishlari F.Pinel (1775 – 1838), J.Eskirol (1772 – 1840) tomonidan bajarildi. J.Eskirol birinchi marta “aqli zaiflik” atamasini fanga kiritdi. XIX asr mobaynida jamiyatda ro‘y bergan ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli nuqsonlar bolalarga alohida e’tibor berish zarurligi haqida jamoatchilik fikri yuzaga keldi. Shu jarayon asosida aqli zaiflikni davolash, tashxis qilish, tasniflashga oid qator materiallar matbuotda chiqa boshladi. Ularga pedagogik yordam ko‘rsatish haqida ham turli fikrlar e’lon qilina boshlandi. Aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasining yuzaga kelishida E.Segen (1812 - 1880) ning pedagogik va ilmiy faoliyati katta o‘rin egalladi. Ayniqsa, uning 1846 yilda yozilgan “Aqliy normal bo‘lmagan bolalarning tarbiyasi, gigienasi va axloqiy davosi” asari oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bo‘ldi. Maxsus pedagogikaning yuzaga kelgunga qadar aqli zaif bolalar ta’lim – tarbiya masalalari davolash pedagogikasining mavzu bahsi edi. Davolash pedagogikasining asosiy g‘oyalari “ruhiy ortopediya” va “sensomotor madaniyat” tushunchalari asosida berilar edi. 2. Aqli zaif bolalarni o‘rganish, bilim berish, korrektsion rivojlantirish. Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi aqli zaif bolalar ta’lim – tarbiyasi, ulardagi nuqsonni tuzatish defektolog miya fanining alohida e’tibor berib kelgan sohasidir. Aqli zaiflikning engil darajalarida bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko‘zga tashlanmaydi. Bunday bolalarni odatdagi nuqsonsiz tengqurlaridan ajratish ko‘pincha qiyin. Bosh miya kasalliklari kelib chiqishiga ko‘ra ichki (endogen) va tashqi “ekzogen” sabablarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda yordamchi maktabda, asosan aqli zaiflikning engil darajasi – debil bolalar ta’lim oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan bolalardir. Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniyani uch darajaga ajratiladi: debil, imbetsil va idiot. Debil – birmuncha engil darajada bo‘lib, oligofreniyaning eng ko‘p tarqalgan darajalaridir. Yordamchi maktabga, asosan shu bolalar saralanadi. Imbetsillik – debil darajadan birmuncha og‘ir darajadadir. Aqliy nuqsonning imbitsillik darajasida oligofreniyaning o‘ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lishi birmuncha yaqqol ko‘rinadi. Imbetsil bolalarning fikrlash jarayonlari juda past darajada bo‘ladi. Ularning harakati deyarli differentsiyalashgan. Aqli zaif o‘quvchilarga ijtimoiy ta’lim – tarbiya berish ishlari respublikamizda keyingi 25 yil ichida birmuncha takomillashdi. Xalq maorifi qonunida ta’kidlanishicha, o‘zlarining jismoniy va ruhiy nuqsonlari asosida umumta’lim maktablarida ta’lim – tarbiya olishga qodir bo‘lmagan bolalar uchun maxsus umumta’lim maktablari va maktab – internatlari tashkil etilgan. Bu muassasalarda nuqsonli bolalar ta’lim – tarbiya olish va davolanish bilan birga ijtimoiy – foydali mehnatda qatnashdilar. Aqliy jihatdan og‘ir nuqsonlar (imbetsil va idiot darajada) uchun ijtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli bolalar uylari mavjud. Bu uylarga 4 yoshdan 7 yoshgacha bolalar maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar. Aqli zaif bolalarni o‘rganish masalasi alohida o‘rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda me’yoriy rivojlanishdan chetlanib, haqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday holat “aqli qoloqlik” bilan “aqli zaiflik” tushunchasi orasida hech qanday farq yo‘q. Ammo, keyingi yillarda “Aqli qoloqlik” tushunchasiga e’tibor kuchaymoqda. “Aqli zaif” degan iboralar hozirgi kunda ishlatilmaydi. Aqliy rivojlanishida nuqsonga ega bo‘lgan bolalar iborasi ko‘proq qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda aqli zaiflik mohiyatini tushuntirishda ma’lum ruhiy kasalliklar emas, balki qobiliyatlarining rivojlanmasligi asosida kelib chiqadigan xulqning buzilishi deb ko‘rsatish odat tusiga kirib qolmoqda. Shular asosida noto‘g‘ri holda “aqliy qoloqlik” tushunchasi kengaytirilib, unga pedagogik qarovsiz bolalar, ruhiy rivojlanish sustlashgan bolalar, huquq – tartib normalarini buzuvchi bolalar ham kiritilmoqda. Hozirgi zamon deffektologiyasi korrektsion ta’lim – tarbiya ta’siri ostida ayrim nuqsonlar to‘g‘rilansa, ayrimini yumshatish, ayrimlarini esa kompensatsiya qilishga erishishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bu borada mamlakatimizda bir qancha ilmiy metodik ishlar mavjud bo‘lib, ular amaliyotda tasdiqlangan. Ishonchli g‘oyalar nuqsonli bolalarga ta’lim – tarbiya berishning mohiyatini belgilovchi nazariy ish metodologik asosini belgilaydi. Buning hammasiga ko‘pincha aqli zaif bola xulq – atvor normasini buzilishiga, axloqiy nojo‘ya qiliqlarga olib keladi. Bu qiyinchiliklar bartaraf qilinmaydi deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, ular aqli zaif bola yordamchi maktabni tugutgandan keyin ham qisman qoladi. Biroq, ta’lim jarayonida aqli zaif bolaning tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish qobiliyatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda u axloqiy ham rivojlanib boradi. Yordamchi maktabda o‘qishni tugutish arafasida bola hayotda o‘z o‘rnini tushunib etadi, kollektivda asosiy xulq – atvor normasini o‘zlashtiradi. Shu vaqtda mehnatga to‘g‘ri munosabat ham vujudga keladi. Yuqorida aytib o‘tilgan emotsional irodaviy sohaning xususiyati ham yordamchi maktab o‘quvchisini axloqiy tarbiyalashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun oligofrenopedagog o‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilgan holda ularning har biriga differentsiyalashgan yo‘l tutadi. Bunda o‘qituvchi vujudga kelgan qiyinchilikning sababini aniqlashi kerak. Ma’lumki, turli kategoriyali bolalar o‘zining emotsional xususiyatiga ega: oligofren va epileptik bola o‘ziga turli yo‘l tutishni talab qiladi. Emotsional irodaviy sohaning patologik xususiyatlari (aqli zaiflar, odatda shu xususiyatlari bilan farqlanadilar), ota-onalar va kattalarning noto‘g‘ri munosabati natijasidabo‘lishi mumkin. Bnday holatda oligofrenopedagog tarbiyada qaerda va kim tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniq bilishi, bolaga pedagogik ta’sir mezonini belgilashi kerak. Kattalar tomonidan aqli zaif bolalarga noto‘g‘ri munosabat,ularning haddan tashqari bolaga shafqatlibo‘lishida tez-tez ifodalanadi. Bunda ular aqli zaiflarda hech qachon o‘zi hech narsa qilolmaydigan, faqat har taraflama yordamga muhtoj bo‘lgan kasab bolani ko‘rishadi. Bunday munosabat natijasida bola o‘zining xulq-atvor normalarini tezda bilib oladi: “men o‘zim hech narsa qilolmayman”, “Hamma menga qilib berishi shart”. Bu narsa bolani to‘liq birovning boqimida bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Boshqa hollarda aqli zaiflarga oilada bo‘lgan munosabat ulardan ishchi kuchidan foydalanish asosida tuziladi. “U kelmaydi, shuning uchun uydagi hamma narsalarni qilishi kerak” deb ba’zi ota – onalar bolaga kuchi etmaydigan jismoniy ishlarni yuklashadi. Bu hol bolada mehnatga nisbatan salbiy munosabatni, o‘z kuchiga va imkoniyatiga ishonmaslikni rivojlantiradi. Paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni faqat bolaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, uni individual xususiyatlarini chuqur o‘rganish, unga hurmat va diqqat asosida yo‘qotish mumkin. Emotsional – irodaviy soha kamchiliklari bilan bog‘langan axloqiy tarbiyaviy qiyinchiliklarni yo‘qotish maqsadida bolalarni ishlab chiqarish va kollektivga oid ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish katta ahamiyatga ega. Lekin, faqat siyosiy va axloqiy tarbiya parallel olib borilgan taqdirdagina, qachonki, bola ijtimoiy hayotni faol ishtirokchisi bo‘lgandagina mehnat tarbiyaviy ta’sir eta oladi. Demak, bolani emotsion – irodaviy sohasidagi qiyinchiliklarni oldini olish uchun uning hayotini tegishli ravishda tashkil qilmoq, turmushda va mehnatda aniq rejimni belgilamoq kerak. Aqli zaif bolalar harakteri – bu hayotiy ta’sir va tarbiyalar ostida to‘plangan va mustahkamlangan kishilar xulq – odati va aniq munosabati uslubidir. Kishining individual xarakter – xususiyatlari ijtimoiy sharoit ta’siri ostida uning hayoti va tarbiyasida vujudga keladi. U yoki bu kishi harakterining asosiy sifati qanday bo‘lishini sharoitning o‘zi aniqlaydi. Yordamchi maktabda o‘quvchi xarakterini tashkil topishi buning uchun maksimal qulay sharoitni yaratishni talab qiladi. Maktabni hayot bilan bog‘lash, xilma – xil faoliyat turlarini tashkil qilish, bolalar tashkilotining ishi aqli zaif bola harakterini tashkil topishi uchun juda muhimdir. Bunday sharoitda bola ijtimoiy faoliyatdan boy taassurot oladi, kollektiv oldida turgan masalalarni echishda faol qatnashadi, uni hayoti to‘liqqan va unda maqsadga intiluvchi, jamiyat qiziqishlari bilan yashovchi kishi xarakteri vujudga keladi. Aqli zaif bolada dinamika stereotipi (harakatlar, fikrlarning o‘zgarmasdan takrorlanishi, bir marta o‘zlashtirib olingan fikrdan boshqa fikrga o‘tishning qiyinligi) hosil qilish va o‘zgartirish qiyin, bu hol miya qobig‘idagi nerv jarayonlarining etarli darajada harakatchan emasligidan dalolat beradi. aqli zaif bolani stereotip xulq – atvorini yo‘qotish bilan bog‘langan qiyinchiliklar, ular ko‘pincha muayyan vaziyatda mos kelmaydi, shu bilan tushuntiriladi. Maktabni yordamisiz bola muhitni salbiy ta’sirini bosib o‘ta olmaydi, ko‘pincha buning o‘rniga unga moslashadi. Shuning uchun maktab ta’limi, estetik tarbiya vositalari, bolaning maktab jamoat tashkilotlaridagi ishi va hakozolardan foydalanib, yordamchi maktab o‘quvchisi xarakterini vujudga keltirishga katta ahamiyat berilishi kerak. Shunday qilib, aqli zaif bolani ular shaxsni o‘ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladigan qiyinchiliklar uchraydi. Bu qiyinchiliklar burmuncha yo‘qotilishi mumkin. U yoki bu kamchiliklarni bartaraf qilish bilan bir qatorda bolaning ijobiy axloqiy tajriba va ijobiy axloqiy xususiyatlarini vujudga keltirish lozim. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling