O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Tarmoqli va hududiy boshqaruv birligi tamoyili
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
5.Tarmoqli va hududiy boshqaruv birligi tamoyili
Mehmonxonalarni boshqarishda mas‘uliyatning yuqoridagi unsurlari yoki tarkibiy qismlari respublika, mintaqaviy, tarmoqlar darajasida qonun hujjatlari va me‘yortiv-huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlab qo‗yilishi lozim. Shu bilan birga, mehmonxonalarni boshqarishda ijtimoiy mas‘uliyatning zarurligi quyidagilar bilan belgilanadi: -boshqaruv xodimini o‗z mansab vazifalarini lozim darajada bajarish; -boshqaruv jabhasida zarur natijaga erishishni rag‗batlantirish; -boshqaruvchilarning mansabdorlik hulq-atvori ustidan nazorat olib borish; -davlat boshqaruvi saviyasini oshirish va uning samaradorligini kuchaytirish; -boshqaruv faoliyatini boshqaruv vazifalariga muvofiq tartibga solish; -xodim mazkur lavozim vazifalarini bajarishga yaroqli yoki yaroqsizligiga baho berish; -boshqaruvchi manfaatlarining davlat va jamiyat manfaatlari bilan mushtarakligini ta‘minlash; -lavozim professiogrammalarini yaratish. Tartib va adolat bu mehmonxonani boshqarishning har bir qadamda o‗zini eslatib turuvchi tamoyil bo‗lib, aynan shu tamoyilga ko‗ra mehmonxonaning rahbariga tavsifnoma beriladi. Mehmonxona rahbari qanchalik bilimli va tajribali, uning kasb mahorati va madaniyati qanchalik yuqori bo‗lsa hamda u jamoa to‗g‗risida qanchalik ko‗p qayg‗ursa, tartib va adolat ko‗rsatkichlari shunchalik yuqori bo‗ladi. Demak, mehmonxonada boshqaruvning tartib va adolat tamoyili kadrlar tez-tez almashishini oldini olib, mehmonxona obro‗sining o‗sishi va bunga mehmonxona jamosini qiziqtirishga xizmat qiladi. Xodimlarni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish tamoyili mehnat unumdorligini oshirishda muhim turtki hisoblanadi va mehmonxonalarda boshqaruv tizimining samaradorligini aks ettiradi. Xodimlarning sadoqati va qo‗llab-quvvatlashiga erishish 25 maqsadida ular o‗z xizmatlari uchun, ishchilar esa bajarilgan ishning sifati va miqdori uchun adolatli tarzda haq olishlari zarur. Bundan tashqari, mehmonxonalarda ma‘naviy rag‗batlantirish moddiy rag‗batlantirishdan kam ahamiyatga ega emas. Rahbarning iqtidori, xodimlarning tashabbus va yutuqlarini o‗z vaqtida ilg‗ab olib, munosib baholash hamda ularni ham moddiy ham ma‘naviy rag‗batlantirish tizimini mohirona qo‗llashida ko‗zga tashlanadi. Tejamkorlik va samaradorlik tamoyili mehmonxona boshqaruvining barcha bo‗g‗inlarida amalga oshirilishi lozim bo‗lgan tamoyil bo‗lib, uning mohiyati moddiy va mehnat resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, eng kam xarajatlar bilan eng ko‗p natijalarga erishish hamda ishlab chiqarish zahiralaridan to‗liq foydalanishda ifodalanadi. Tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat boshqaruvning muhim tamoyili bo‗lishi bilan birga, mehmonxonaning bozor tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga turtki bo‗ladi. Umuman olganda, boshqaruv tashabbuskorliksiz, istiqbolni ko‗rmasdan va ijodiy yondashuvsiz muvaffaqiyatlarga erishishi amri mahol bo‗lib, bunda boshqaruvning ijodiy negizi tashabbuskorlikni korporativlik bilan bog‗lagan holda boyitadi. Vakolat va majburiyat tamoyili mehmonxonada boshqaruvning ratsional, aniq va yo‗lga qo‗yilgan tashkiliy tizimini yaratish, lavozimlarga oid yo‗riqnoma hamda rahbar va mutaxassislarning huquq va burchlari to‗g‗risidagi hujjatlarni ishlab chiqish, bajarilgan ish uchun moddiy javobgarlikni belgilash, buyruq va ko‗rsatmalarni o‗z vaqtida tayyorlashni anglatadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling