6.Turli maktablar asosida boshqaruv tamoyili
Tamoyillar alohida va birgalikda mehmonxonalarda boshqaruv tizimining
ishonchliligi va uning rahbari hamda har bir boshqaruv tuzilmasining obro‗sini
o‗stirishga xizmat qilishi lozim. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda
mukammallashtirib borilishi hamda zamon ruhi va xo‗jalik yuritish mexanizmi
talablariga javob beruvchi yangi tamoyillar bilan to‗ldirilishi zarur. Bu esa
mehmonxonalarda boshqaruv tizimi va jarayonlarining yangi shakl va usullarini
rivojlantirishga imkon yaratadi.
Shu bilan birga, keltirilgan boshqaruv tamoyillariga real amaliyotni belgilab,
boshqarish apparatining to‗g‗ri va aniq harakat yo‗lini ko‗rsatib beradi. Chunki,
tamoyillar hodisa-voqealar va vaziyatlar tizimida paydo bo‗lib turadigan mantiqiy
aloqalarni to‗g‗ri tushunishga, harakatlar maqsadini to‗g‗ri aniqlashga, boshqarish
funksiyasini samarali tadbiq qilishga qaratilgan konkret qarorlar ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi.
Mehmonxonalarda nizoli vaziyatlarning oldini olishga ham boshqarish
tamoyillari asosida erishiladi. Chunki, bu tamoyillar hodisa va voqealarning ichki
aloqalarini va ularning rivojlanishini oldindan bilishga imkoniyat beradi. Boshqaruv
tamoyillari mehmonxonada boshqarish jarayonlarini tashkil qilishdagi dastlabki
holatni ham aniqlaydi.
26
6-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARISHNING
TASHKILIY STRUKTURASI
Reja:
1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining ahamiyati
2.Tashkiliy tuzilma turlari
3.Chiziqli boshqaruv strukturasi. Funksional boshqaruv strukturasi
4.Boshqaruvning tashkiliy strukturasini tashkil qilish tamoyillari
5.Vertikal va gorizontal boshqaruv strukturasi
Do'stlaringiz bilan baham: |