O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqarish chiziqli
boshqaruv tizimida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‗lgan muayyan ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‗limlar tomonidan amalga oshiriladi. Mehmonxonani boshqarishning funksional tuzilmasi Bunda muayyan funksiyalarni bajarish mutaxassislar zimmasiga yuklanadi. Mehmonxonada, qoida tariqasida, bir soha mutaxassislari tarkibiy bo‗limlarga birlashtiriladi, masalan, marketing bo‗limi, qabul qilish va joylashtirish bo‗limi, reja bo‗limi va h.k. Shunday qilib, mehmonxonani boshqarishning umumiy vazifalari, o‗rta bo‗g‗indan boshlab, funksional mezonga ko‗ra ajratiladi. Shuning uchun ham mazkur tuzilma boshqaruvning funksional tuzilmasi deb ataladi. Funksional boshqarish chiziqli boshqarish bilan yonma-yon amal qiladi va bu ijrochilar ikki tomonga bo‗ysunishiga olib keladi. Rasmdan ko‗rinadiki, boshqarishning barcha funksiyalarini bilishi va bajarishi lozim bo‗lgan universal menejerlar o‗rniga o‗z sohasida yuqori malakaga ega bo‗lgan va ma‘lum yo‗nalish (masalan, rejalashtirish va prognoz qilish) uchun javob beradigan mutaxassislar shtati paydo bo‗ladi. Boshqaruv apparatining bunday ixtisoslashuvi mehmonxona faoliyatining unumdorligini oshiradi. Chiziqli tuzilma singari, funksional tuzilmaning ham o‗ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor. Funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari: 1) muayyan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradigan mutaxassislar yuqori malakaga ega bo‗ladi; 2) pog‗ona menejerlari ayrim maxsus masalalarni hal qilishdan ozod etiladi; 3) hodisalar va jarayonlar standartlashtiriladi, formallashtiriladi va dasturlashtiriladi; 4) boshqaruv funksiyalarni bajarishdagi takrorlanishlarga va parallelizmga chek qo‗yiladi; 5) keng soha mutaxassislariga bo‗lgan ehtiyoj kamayadi. Funksional tuzilmaning kamchiliklari: 1) funksional bo‗limlar o‗ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‗lib, «begona» funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi; 2) turli funksional bo‗limlar o‗rtasida muttasil aloqa o‗rnatish qiyinlashadi; 3) haddan tashqari markazlashish holatlari vujudga keladi; 4) qarorlar qabul qilish taomillari uzayib ketadi; Бош менеджер Б функционал ращбар: ташкил этиш функцияси. Ташкилий былим ва щ.к. А функционал ращбар: режалаштириш функцияси. Режа былими Ижрочилар Ижрочилар Ижрочилар 29 5) tashkiliy tuzilma o‗zgarishlarga moslashishi ancha qiyin kechadi. Boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi chiziqli tuzilmaning ham, funksional tuzilmaning ham kamchiliklarini ancha bartaraf etadi. Mehmonxonani boshqarishning chiziqli-funksional (shtabli) tuzilmasi. Boshqarishning mazkur tuzilmasida butun hokimiyatni ma‘lum jamoani boshqaruvchi pog‗ona rahbari o‗z zimmasiga oladi. Muayyan masalalarni echishda va tegishli qarorlar, dasturlar, rejalarni tayyorlashda unga funksional bo‗limlar (boshqarmalar, xizmatlar, byurolar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus apparat yordam beradi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling