Mavzu: Chiziqli boshqarish sistemalari. Tezkorlik masalalari
Reja
Kirish
Asosiy qism
1. Chiziqli boshqarish sistemasi va uning erishish to’plami. Ekstremal prinsip.
2. Chiziqli sistemaning regulyarligi va normalligi.
3. Chiziqli tezkorlik masalasi. Optimallikning zaruriy va yetarli shartlari.
4. Pontryaginning maksimum prinsipi.
5. Chiziqli stasionar tezkorlik masalasi. Optimal boshqaruvning sintezi.
Xulosa
Adabiyotlar
Tayanch so’z va iboralar: Chiziqli boshqarish sistemasi, Chiziqli stasionar tezkorlikmasalasi
Kirish
Mavzusining dolzarbligi: 2020-yil 7 - may kuni “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy- tadqiqotlarni rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta'limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Matematika fanining fundamental rivojlanishi boshqa fanlarning ham rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda matematika usullari qo'llanilmagan fan va texnikaning biror sohasi yo‘q. Xalq xo'jaligini rejalashtirish va boshqarish masalalari juda murakkab bo‘lib, bu masalalarni yechish uchun matematik modellarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Ishning maqsadi va vazifalari: Ishning asosiy maqsadi iqtisodiy masalalarning matematik modellarini tuzish va ularni Pontryaginning maksimum prinsipi yordamida yechishni o’rganishdan iborat.
Talabalarga izoperimetrik masalalani Lograng ko’paytuvchilari usuli haqida tushuncha berish. talabalarning izlanuvchanlik faoliyatini rag’batlantirish, muammoli topshiriqlarga mulohazali javoblar berish ko’nikmalarini hosil qilish hamda ularda natijalarni umumlashtirish mantiqiy va ijodiy qobiliyatini, muloqot madaniyatini rivojlantirish. Talabalarni mustaqil fikrlash va faol mustaqil ish faoliyatiga jalb etish, ularda o’zaro hurmat, hamkorlik fazilatlarini shakllantirish hamda fanga bo’lgan qiziqishni o’stirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |