O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Vertikal va gorizontal boshqaruv strukturasi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

5.Vertikal va gorizontal boshqaruv strukturasi 
Gorizontal mehnat taqsimoti -mehnat jarayonini tarkibiy komponentlarga 
ajratishdan iborat. Bunday ajratish funktsional, tarmoq va malakaviy belgilar asosida 
amalga oshiriladi. Vertikal mehnat taqsimoti ish muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun turli 
darajadagi ishni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Biriktirilgan reja asosida vertikal ish 
taqsimoti quydagi yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshiriladi: umumiy boshqaruv; 
texnologik boshqaruv; iqtisodiy boshqaruv; tezkor boshqaruv. Ko‗rib chiqilgan tashkiliy 
tuzilmalar asosiy bo‗lib, muayyan boshqarish obyektiga nisbatan mufassallashtirilishi 
mumkin. Mehmonxona korxonasining tashkiliy tuzilmasi uning vazifasi, nomer 
fondining sig‗imi, mehmonlarning o‗ziga xos xususiyatlari va boshqa bir qancha omillar 
bilan belgilanadi. Mehmonxonani boshqarishning namunaviy piramidal tuzilmasi rasmda 
ifodalangan.
Mehmonxonani boshqarishning namunaviy piramidal tuzilmasi 
Yirik mehmonxonani boshqarishning namunaviy sxemasi taxminan rasmda 
ifodalangan ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Tеxnik daraja 
Institutsional daraja 
Boshqaruv darajasi 
Mеhmonxona egasi 
Bosh dirеktor 
Bo‘limlarning dirеktorlari,
xizmatlarning dirеktorlari
(mеnеjеrlar) smеna boshliqlari,
bosh xodimlar
Katta ofitsiantlar, mеtrdotеllar, katta portеllar 
Oliy bo‘g‘in boshqaruvi 
O‘rta bo‘g‘in boshqaruvi 
Quyi bo‘g‘in boshqaruvi 



31 
Yirik mehmonxonani boshqarish sxemasi 
Tabiiyki, har bir mehmonxonaning tashkiliy tuzilmasi o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗ladi. Masalan, bronlashtirish bo‗limi tijorat bo‗limi tarkibiga kirishi mumkin, xaridlar 
bo‗limi moliyaviy direktorga bo‗ysunishi mumkin, banket xizmati ovqatlanish xizmati 
tarkibiga kirishi mumkin. Ba‘zan bosh oshpaz bevosita bosh direktorga bo‗ysunadi, 
ovqatlanish xizmatining menejeri esa faqat ofitsiantlarni boshqaradi va h.k.
Rasmda mashhur Holliday Inn mehmonxonalar tarmog‗iga kiruvchi kichik (130 
nomerli) mehmonxonani boshqarish tuzilmasi ifodalangan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling