O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Strategik menejment mohiyati va ahamiyati
8-MAVZU. MEHMONXONA XO„JALIGIDA STRATEGIK MENEJMENT Reja: 1.Strategik menejment mohiyati va ahamiyati 2.Strategik boshqaruvning vujudga kelishi 3.Strategik rejalashtirish va uning bosqichlari 4.Strategiyani tanlash va uni amalga oshirish 1.Strategik menejment mohiyati va ahamiyati Strategik rejalashtirishning mohiyati kundalik harakatning yuz berishi mumkin bo‗lgan uzoq muddatli oqibat va maqsadlar bilan o‗zaro munosabatini aniqlash zaruriyatida aks etadi, ya‘ni uzoq muddatli rejalashtirish startegik rejalashtirishga aylanadi. Uzoq muddatli rejalar tuzishning tamoyili – o‗tmishdan istiqbolga, strategik rejalashtirishniki esa – istiqboldan bugunga, shuning uchun ishlab chiqarilgan strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Strategik rejalar tashkiliy tizimlarning o‗ziga xos faoliyat yo‗nalishida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun baza hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning asosiy vazifalardan biri tashkiliy tizimlarda yangiliklar kiritish va o‗zgartirishlar olib borishni ta‘minlash. Strategik rejalashtirish jarayoning odatda oltita darajalari mavjud: -davlat; -mintaqa; -tarmoq; -korporatsiya, konsern, holding, assotsiatsiya; -korxona, aksionerlik jamiyati, MCHJ, firma; -loyiha darajasi (loyihalarni biznes-rejalashtirish strategiyasi). Strategik rejalashtirish rahbar tomonidan qabul qilingan, maxsus strategiyani ishlab chiqishga yo‗naltirilgan, mehmonxonalarning o‗z maqsadiga erishishi uchun yordamlashishiga mo‗ljallangan harakat va qarorlar to‗plamidan iborat. Startegik rejalashtirish jarayoni boshqarish qarorlarini qabul qilishga ko‗maklashuvchi vosita hisoblanadi. Uning vazifasi mehmonxonada etarli darajada yangilik va o‗zgartirishlar kiritishni ta‘minlaydi. Negaki turizm nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, madaniy, ekologik va siyosiy hodisalar ham hisoblanadi. Mamlakatning yuqorida sanab o‗tilgan nufuz hosil qiluvchi barcha holatlarni shakllantirishda, ijobiy rivojlantirishda va jahon turistik bozorida, harakatlantirishda albatta, bularni etiborga olish zarur. Ushbu faoliyat bir qator o‗zaro bog‗langan bosqichlarni o‗z ichiga oladi: -mamlakatlar turistik imkoniyatini baholash; -uni kuchli va zaif tomonlarini aniqlash; -mamlakatlar turistik nufuzi imkonini maqsadli turistik guruhlar pozitsiyasi bilan asoslash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling