O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Strategik boshqaruvning vujudga kelishi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

 
2.Strategik boshqaruvning vujudga kelishi 
Barcha darajalarda (milliy, mintaqaviy, mahalliy) turizmni rejalashtirish uning 
muvaffaqiyatli rivojlanishi va bu jarayonni boshqarishni ta‘minlashning zarur sharti 
hisoblanadi. Dunyodagi ko‗plab turistik mintaqalar va firmalar tajribasi shuni 
ko‗rsatadiki, rejali yondashuv ko‗pincha turistik bozorlarda talabni qondirishda katta 
muammo tug‗dirmay, kafolatli daromad olishga olib keladi.
O‗zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari bozor iqtisodiyotiga o‗tayotganda 
rejalashtirish yarim unutilgan holda qolib ketdi. Ko‗pincha tadbirkorlar, ayniqsa, 
boshlovchi tadbirkorlar rejalashtirishning roliga etarlicha baho bera olmadilar. Bunda 
ular o‗z intuitsiyasi va tajribasiga, ishbilarmon doiralardagi norasmiy aloqalariga, qulay 
bo‗lib tuyulgan bozor istiqbollariga va boshqa holatlarga umid qildilar. Shu bilan birga, 
ularning ko‗pchiligi haqiqatan ham tushkunlikka tushib qoldilar, chunki bozordagi 
haqiqiy holat ilgari tasavvur qilinganiga qaraganda boshqacha bo‗lib chiqdi.
Xorijiy firmalar va mamlakatimizdagi korxonalarning tajribasi shuni ko‗rsatadiki, 
bozor sharoitlarida tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishga yetarlicha baho bermaslik, uni 
mensimaslik, inkor qilish yoki bilar-bilmas amalga oshirish ko‗pincha katta, hech narsa 
bilan oqlab bo‗lmaydigan iqtisodiy yo‗qotishlarga, va pirovardida bankrotlikka olib 
keladi.
Bozor sharoitlarida raqobat kurashida rejalashtirishining ustunliklaridan foydalana 
bilish juda muhim. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish va foyda olishni 
xohlaydigan har bir subyekt yaxshi o‗ylangan va har tomonlama asoslangan reja – biznes 
olib borish strategiyasi va taktikasini, maqsadni, ishlab chiqarish texnikasi, 
texnologiyasi, uni tashkil qilish va mahsulot sotishni tanlashni belgilab beradigan 
hujatga ega bo‗lishi kerak. Sinchiqlab ishlab chiqilgan reja tadbirkorlikni faoli 
rivojlantirishga, investorlar, sheriklar va kredit resurslarini jalb qilishga imkon beradi. 
Shuningdek u quyidagilarga imkoniyat tug‗diradi: 
Raqobat ustunliklaridan maksimal foydalanish.
- ehtimol tutilgan xatolarni bartaraf qilish; 
-yangi tendentsiyalarni kuzatib borish va ulardan o‗z faoliyatida foydalanish; 
-salbiy omillarning turistik korxona faoliyat ko‗rsatishiga ta‘sirini kamaytirish; 
-ehtimol tutilgan tavakkallarga qarshi o‗z vaqtida choralar ko‗rish; 
-ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining natijalarini baholash.
Hamma davlatlarda majburiy rejalashtirish sohalari mavjud bo‗lib, ular 
quyidagilarni shakllantiradi: iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‗nalishlari, yirik 
ijtimoiy va ilmiy-texnik dasturlar, mamlakat byujeti, mudofaaga qilinadigan sarf-
xarajatlar va sh.k. 
Ayrimlar rejaga binoan ishlash tadbirkorlikning rivojlanishiga imkon bermaydi, deb 
hisoblaydi. Kichiq va endi ish boshlagan firmalarda rahbarlar shu qadar bandki, ularda 
rasmiy rejalar tuzishga vaqt qolmaydi. Ular rejalashtirish faqat katta korporatsiyalarda 
o‗rinli deb hisoblaydi. Xatto obro‗li mehmonxonalarda ham rahbarlar odatda rasmiy 
rejalarsiz ish ko‗radi. Mehmonxona xizmatlarining boshliqlari odatda yozma reja 



38 
tuzishga erinadi, chunki bu tahlil uchun ancha ko‗p kuch va vaqt talab etadi. Bundan 
tashqari, ular yana bir dalilni keltiradi – bozor juda tez o‗zgaradi, shu bois rejalar hech 
qanday foyda bermaydi.
Amalda rejalashtirish har qanday korxonaning har qanday faoliyatini boshqarish 
uchun zarur. Marketing rejasi bir necha ish rejalaridan biri bo‗lib, firma yoki 
mehmonxonani umumiy strategik rejalashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Odatda mehmonxonalar va korxonalar strategik, uzoq muddatli va yillik rejalar 
tuzadi.
Strategik reja korxonaning ishdagi faolligi yo‗nalishini va ayni davrdagi va yaqin 
kelajakka mo‗ljallangan siyosatini belgilaydi. U korxonaning hozirgi davri va kelajagiga 
nazar tashlash imkonini beradi va muttasil o‗zgaruvchi muhitda korxona manfaatlarida 
imkoniyatlardan keng foydalanishga ko‗maklashadi. Bu mehmonxonaning maqsadlari va 
imkoniyatlari bilan bozorning o‗zgarayotgan imkoniyatlari o‗rtasida strategik 
muvofiqlikni o‗rnatish va saqlash jarayonidir.
Uzoq muddatli rejada korxonaga yaqin yillarda ta‘sir etadigan asosiy omillar va 
kuchlar tavsiflanadi. Mazkur reja uzoq muddatli maqsadlarni, ularga erishish uchun 
foydalaniladigan asosiy marketing strategiyalarini o‗z ichiga oladi va zarur resurslarni 
belgilaydi. Bunday uzoq muddatli reja ro‗y bergan o‗zgarishlarga muvofiq unga tegishli 
tuzatishlar kiritish maqsadida har yili yangilab turiladi.
Yillik reja joriy holatni, mehmonxona korxonasining maqsadlarini, kelasi yilga 
mo‗ljallangan strategiyani, ish dasturini, budjet va nazorat shakllarini tavsiflovchi qisqa 
muddatli rejadir.
Quyida mehmonxona korxonasida yillik rejalar tuzish jarayonini ko‗rib chiqamiz.
Boshqaruv darajasidagi ish rejalari mehmonxona strategiyasini ish amaliyotiga 
aylantiradi. Mehmonxona korxonasining rahbariyati strategik rejaga qarab bilimlarga 
boyiydi va undan kompaniyani to‗g‗ri yo‗nalishda rivojlantirish uchun asos sifatida 
foydalanadi. Har bir ish rejasi mustaqil bo‗lsa-da, korxonaning boshqa ish rejalarini 
to‗ldiradi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling