O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehmonxona xo\'jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehmonxona korxonasi ish rejalarining sxemasi
Umumiy strategik reja
Rivojlanish rejasi Biznes reja Mahsulot yetkazib berish rejasi Mehnat resurslari rejasi Texnik- muhandislik rejasi Moliyaviy reja Budjet Marketing rejasi Sotuv- lar rejasi Mehmonxona korxonasi ish rejalarining sxemasi Marketing rejasi butun mehmonxona faoliyatidagi marketing strategiyasini aks ettiradi. Ammo u ma‘lum xizmat turlariga nisbatan yordamchi rejalardan tashkil topishi ham mumkin. Asosiy yoki yordamchi marketing rejalari, ularning mazmuni va tuzilishi yagona metodologiya va modelga mos keladimi? Odatdagi sharoitlarda marketing rejasi marketing maqsadlariga erishish uchun marketing resurslarini joylashtirish usullarini tavsiflaydi. Binobarin, rejani tayyorlashning bosqichma-bosqich jarayoni rejalar oqilona 39 ishlab chiqilishi, tarkibiy qismlarga ajratilishi va ijrochilar e‘tiboriga havola etilishini kafolatlaydi. Rejalashtirish jarayoni korxonaning maqsadlarini, tadqiqot predmeti va usulini belgilashdan boshlanadi. Buning uchun, marketing tadqiqoti o‗tkaziladi va mehmonxona korxonasining ichki va tashqi marketing muhiti, uning raqiblari, bozordagi vaziyat va h.k. haqida to‗la axborot to‗planadi. Tadqiqot natijasida olingan ma‘lumotlar asosida SWOT-tahlil o‗tkaziladi, takliflar ishlab chiqiladi va ular mehmonxona rahbariyati e‘tiboriga havola etiladi. Mazkur takliflar asosida rahbariyat korxona marketingining maqsadlari va vazifalarini shakllantiradi, tegishli marketing strategiyalarini va ularni amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi. Muayyan ish dasturiga aylantirilgan marketing strategiyalari quyidagi savollarga javob berishi lozim: -Qaysi ish bajariladi? -Qachon bajariladi? -Bu ish uchun kim javob beradi? -Bu necha pulga tushadi? Masalan, mehmonxonaga tegishli bo‗lgan bozordagi ulushni oshirishning asosiy strategiyasi sifatida bo‗linma rahbari marketing rejasida sotishni rag‗batlantirish tadbirlari sonini ko‗paytirishni taklif qiladi. Uning rejasida turistik agentlar uchun rag‗batlantiruvchi vositachilik haqi, ularga mehmonxona to‗g‗risidagi reklama materiallarini yuborish, matbuotda reklama berish, mehmonxonani ko‗rgazmalarda reklama qilish va h.k., shuningdek mazkur tadbirlarni o‗tkazish muddatlari belgilanadi. o‗z navbatida, mehmonxonaning muayyan faoliyat uchun javob beruvchi har bir bo‗linmasi umumiy rejaga muvofiq o‗z marketing rejalari va boshqa rejalarni mufassal ishlab chiqadi. Shunday qilib, marketingni rejalashtirish mehmonxona korxonasida boshqarishning barcha darajalarida amalga oshiriladi. Tadbirlar rejasi korxonaning mazkur faoliyatni ta‘minlovchi rejalashtirilgan kirimlar va chiqimlar asosida hisoblangan budjetini shakllantirish imkonini beradi. Tasdiqlanganidan keyin budjet korxona faoliyatining, shu jumladan marketing tadbirlarini o‗tkazish xarajatlarining asosiga aylanadi. Mehmonxona direktori va bo‗linma boshliqi mazkur rejaning mazmunini o‗z xodimlariga bildirishi va har bir xodim ushbu rejani bajarishdagi o‗z roli va vazifalarini bilishi shart. Rejalashtirish albatta ijroni tekshirish bilan birga amalga oshirilishi lozim. Agar marketing rejasi bajarilmasa va nazorat qilinmasa, uni ishlab chiqish behuda ketadi. Eskirgan reja yoki belgilangan budjetdan qimmat bo‗lgan va ishlamaydigan reja foydadan ko‗ra ko‗proq zarar keltiradi. Shu sababli rejaning oxirgi bo‗limida rejaning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari belgilab qo‗yiladi. 40 Tadqiqot maqsadi, predmeti va usullarini belgilang Ichki va tashqi marketing tadqiqoti o‗tkazing SWOT-tahlil o‗tkazing; takliflarni ta‘riflang Marketing maqsad va vazifalarini belgilang Maqsadlarga erishish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqing Takliflarni amalga oshirish bo‗yicha tadbirlarning rejalarini tuzing Budjetni aniqlang Marketing rejasini rasmiy hujjat tarzida rasmiylashtiring Rejani manfaatdor shaxslarga ma‘lum qiling Ijroni nazorat qilish tizimidan foydalaning Rejangizni ko‗zdan kechiring va yangilang Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling