O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/84
Sana08.11.2023
Hajmi2 Mb.
#1756531
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligi

3.Elektron hujjatlar bilan ishlash 
Axborotlar tizimi ma‘lumotlar bazasi ustida ish olib boradi. Ma‘lumotlar bazasi esa 
ishlab chiqarish, fan, umuman inson hayot-faoliyatining ma‘lum bir sohasi bo‘yicha 
tuziladi. Masalan, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati, 2-
poliklinika yordamidan foydalanuvchi fuqoralar haqidagi ma‘lumotlar (familiyasi, ismi, 
sharifi, jinsi, tug‘ilgan yili, ishlash joyi, qon guruhi va hokazolar). Ma‘lumotlar bazasi 
ba‘zan ma‘lumotlar banki deb ham yuritiladi.Umumiy holda, ma‘lumotlar bazasi yoki 
ma‘lumotlar banki tushunchalari kompyuter bilan bog‘liq bo‘lishi shart emas. Masalan, 
vrach kabinetida qogoz yoki karton kartochkalarda tashkil etilgan bemorlar kartotekasi 
kompyuter yordamida qayta ishlanmaydi, lekin ma‘lumotlar bazasi yoki ma‘lumotlar 
bankiga misol bo‘la oladi. Ammo, imkoniyat boricha ma‘lumotlar bazasi shaxsiy 
kompyuterlarda tuzilsa, kerakli ma‘lumotni qidirish va topish ancha osonlashadi. 
Ma‘lumotlar bazasini kompyuter yordamida qayta ishlashni osonlashtirish uchun 
uni tuzish jarayonida qandaydir qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Bu yerda ikki xil 
yondashish bo‘lishi mumkin. 
1) ma‘lumotlar bazasining tuzilishi haqida kelishib olish. Masalan, har yili qabul 
vaqtida shaxsiy kompyuterda hujjat topshirgan abiturientlar haqidagi ma‘lumotlar bazasi 
tuziladi (abiturientlarning familiyasi, ismi, sharifi, o‘rta maktabni tugatgan yili, 
attestatining nomeri, viloyati, tumani, jinsi va hokazo). Bu ma‘lumotlar bazasi hujjat 
topshirilgan sana va vaqt bo‘yicha tuziladi. 
2) ma‘lumotlar bazasi istalgan tartibda tuziladi, lekin bu holda ma‘lumotlarni qayta 
ishlash algoritmlarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, hujjat topshirgan 
abiturientlar ro‘yxati istalgan tartibda tuzilgan bo‘lsin. U holda bu ma‘lumotlarni hujjat 
topshirilgan sana va vaqti bo‘yicha qayta ishlab chiqadigan algoritmini tuzish kerak 
bo‘ladi. 
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari 
hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‗p vaqt va kuch sarflamasdan 
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi: 
biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‗ozli hujjat aylanishi hajmini 
kamaytirish;
xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;



85 
mehmonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilash; 
operatsion xarajatlarni oqilonalashtirish; 
statistik va analitik funksiyalar. 
Professional tizimlar zamirida ko‗plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish 
tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan-yilga oshib bormoqda va yangi professional 
ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv 
tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‗lgan bir nechta professional 
ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‗jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‗pligiga 
qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‗xshash. Barcha tizimlar 
mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma‘muriy, tijorat, 
muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar 
paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‗zi funksional prinsipga ko‗ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish 
dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‗yxatga olish, 
joylashtirish, yashash va ko‗rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo‗li 
bilan mehmonlarning hisob varaqlarini yuritishni ta‘minlash imkonini beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‗limlarida mijozlarga 
xizmatlar ko‗rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo‗ljallangan 
dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning 
yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab chiqarishda oziq-ovqat 
mahsulotlari 
mavjudligini 
kuzatish, 
oziq-ovqat 
omboriga 
talabnomalarni 
rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish 
va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyasiya qilish. Tizimlarning servis modullari 
hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy 
hisobotlar tuzishga mo‗ljallangan. Kichiq mehmonxonalarda asosan Front offikeni 
avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo‗llaniladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling