O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti biologiya (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi Bekchonova Roxilaning


Download 119.43 Kb.
bet1/5
Sana09.11.2023
Hajmi119.43 Kb.
#1760053
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fosforli moddalar va energiya almashinuvidagi ahamiyati


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY VA QISHLOQ XO’JALIGI FANLARI FAKULTETI
Biologiya (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi
Bekchonova Roxilaning
O`simliklar fiziologiyasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Fosforli moddalar va energiya almashinuvidagi ahamiyati.


Topshirdi: Bekchonova R.
Qabul qildi: Yadgorova N.


Urganch – 2023

Mavzu: Fosforli moddalar va energiya almashinuvidagi ahamiyati




REJА:
Kirish
I. Аdabiyotlar sharxi
II. Аsosiy kism
1. Fosforning o’simlik uchun axamiyati
2. Fosfor brikmalarining o’simlikka utishi va taqsimlanishi
3. Fosforning moddalar almashinuvidagi roli
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH

Ftorapatit 2 Sa5(PO4)3F, xlorapatit 2 Sa5(RO4)3 Sl deb ataladigan fosforitlar fosforli oʼgʼit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Ildizidan organik kislota ajratuvchi oʼsimliklar (grechixa, lyupin) fosforit tarkibidagi fosforni oʼzlashtirganligi D. I. Pryanishnikov va P. S. Kossovich tajribalarida tasdiqlangan. Ye. I. Ratner va O. Ya. Samoylova (1958), Mengdel va Veysfolьg (1953) tajribalaridan maʼlum boʼlishicha, glitserofosfat va glyukozafosfat kabi organik birikmalar oʼsimliklar ildizidan ajralib chiqadigan fosfataza fermenti taʼsirida parchalanadi. Bunda ajralgan fosforni oʼsimliklar yaxshi oʼzlashtiradi. Ortofosfat kislota (N3RO4 ning oʼcimliklar qabul qilgan qoldigʼi — RO4 anioni oʼz shaklini oʼzgartirmay, fosforli organik va anorganik birikmalar hosil boʼlishida ishtirok etadi. Organik moddaga fosfat kislota qoldigʼi qoʼshilishi fosforlanish deb ataladi. Fosforlangan organik birikma oʼzidagi fosfat kislota qoldigʼini fosfor saqlamagan organik birikmaga oʼtkazganda, yangi fosfor-organik birikma hosil boʼladi. Fosfor-organik birikmalarning uzluksiz ravishda yangidan hosil boʼlib turishi moddalar almashinuvi jarayonlarining aktiv davom etishini taʼminlaydi.


Аyrim fosfor-organik birikmalarga bir yoki ikki molekula fosfat kislota qoldigʼi qoʼshilishidan makroergik (~) bogʼli birikmalar hosil boʼladi. Masalan, adenozindifosfat (АDF) molekulasi ikkita, adenozintrifosfat (АTF) molekulasi uchta fosfat kislota qoldigʼi qoʼshilishidan hosil boʼlgan. АDF da bitta, АTF da ikkita makroergik bogʼ boʼladi. АDF va АTF molekulalari moddalar almashinuvi jarayonida muhim oʼrin egallaydi, yaʼni energiyani toʼplash va boʼshatish funktsiyasini bajaradi.Tirik organizmlarda RO4 anioni, adenin asosi, bilangina bogʼlanmasdan, sitozin (Ts), timin (T), guanin (G) va uratsil (U) asoslari bilan birikkanligidan, bu asoslar ham energiyaga boy di- va trifosfat formalarida sintezlanadi. Shulardan GTF energiyasi oqsillarni, STF energiyasi yogʼsimon lipidlarni va UTF uglevodlarning sintezlanishida sarflanadi. Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan energiyaga boy birikmalar АTF energiyasi hisobiga sintezlanadi. Bulardan tashqari, fosfor elementi nafas olish va fotosintez jarayonlarida oksidlanish – qaytarilish reaktsiyalarini jadallashtiradigan fermentlar (NАDF-N2 va DNK, RNQ kabi nuklenn kislotalar tarkibida boʼlishi u naqadar muhim fiziologik ahamiyatga ega ekanligini koʼrsatadi.
Sitoplazma tarkibidagi letsitin murakqab oqsillar guruhiga kirib, oʼz tarkibida fosfor elementini saqlagan muhim birikmadir.Organik birikmalar fosfat kislota qoldigʼi bilan qoʼshilgandagina aktiv holatga oʼtib, bioximiyaviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. Rasm. Fosforning tabiatda aylanish sxemasi (G.D. Mustakimov, 1978) Fosfat kislota tuzlari ( va boshqalar) hujayra shirasi tarkibidagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini tartibga solishda buferlik vazifasini bajaradi. Fosfornnng Sa va Mg li tuzlari 6 atomli spirtinozit bilan birikib, fitin nomli fosfororganik birikmaga aylanadi. Bu birikma zaxira modda sifatida zigir, soya, kungaboqar va goʼza kabi oʼsimliklar urugʼida toʼplanadi. Fitin odam va hayvonlar uchun asosiy fosfor manbai hisoblanadi.Fosfor yetishmasa, makkajoʼxori barglari chetida kora-qizil, tamaki barglari yuzasida qoʼngʼir doglar hosil buladi. O’simliklarning poyasi va barglari oʼsishdan toʼxtaydi, urugʼi goʼla yetilmay qoladi. Oltingugurt (S) sulьfat kislota qoldigi sifatida, oʼsimliklar kaliy, magniy va kalьtsiy tuzlari tarkibidan qabul qilinadi. O’simliklar SO4 anioni shaklida qabul, qilgan oltingugurt barglar hujayrasida murakkab oʼzgarishlarga uchrab, sulьfgidril (SH) va disulьfid (S — S) guruhlargacha kaytariladi. Bu guruhlar fotosintez jarayonida uglevodlar va ammiak bilan reaktsiyaga kirishib, sistein (HSCH2SNSH2, SOON), molekulalarini hosil kilishda ishtirok etadi. O’zida SN guruhi saqlagan tripeptid-glyutation nafas olish jarayonida oksidlanish - kaytarilish reaktsiyalarida qatnashadi. Oʼsimliklar organizmidagi oqsillar parchalanganda tarkibidagi sulьfgidril va disulьfid guruhlar SO4 gacha oksidlanadi. Hosil boʼlgan SO4 anioni floema naylari boʼylab harakatlanib, qaytadan yangi aminokislota va keyinchalik oqsilning sintezlanishida ishtirok etadi.
O’simliklar hujayrasidagi SO4 anioni gips (SaSO4) druzlari hosil boʼlishida ishtirok etadi. Organik moddalar tarkibida oltingugurt elementi anion (SO4) shaklidagiga nisbatan koʼp boʼlishi quyidagi jadvaldan koʼrinib turibdi (Peterson maʼlumoti). O’simliklar 1 kg kuruk moda tarkibidagi oltingugurt Jami Sulьfatlar tarkibida
Karam 8,18 1,95
Beda (pichani) 3,61 1,79
Raps 4,22 0,51
O’simliklariing yosh toʼqimasida oltingugurtiing koʼp qismi asosan oqsil birikmalar tarkibida, qari toʼqimalarda esa sulьfat tuzlari tarkibida boʼlishini Motes aniqlagan. Nobud boʼlgan oʼsimliklar toʼqimasidagi oqsillar parchalanganda muhitda zaharli modda — vodorod sulьfid (N2S) Oltingugurtning tabiatda aylanish sxemasi.toʼplanadi. Tuproqda yashovchi oltingugurt bakteriyalari uni sulьfat kislotagacha oksidlab, zararsizlantiriladi. Sulьfat kislota tuprokdagi kationlarni biriktirib olib, sulьfat tuzlarigacha oʼzgaradi. Sulьfat kislota qoldigini oʼsimliklar qaytadan oʼzlashtirib, oqsil hosil boʼlshida ishtirok etadi. Tabiatda oltingugurtning aylanishi sxema shaklida koʼrsa-tilgan (rasm). Oltingugurt oqsil molekulalaridan tashqari, xantal, sarimsoq, piyoz moylari va V1 vitamini tarkibida ham uchraydi. Oltingugurt yetishmasa, oʼsimlmklar oʼsishdan toʼxtab, barglari okara boshlaydi. Koʼp oʼsimliklar oʼsishi va rivojlanishi uchun x l o r (S1) talab qilinmasada, mikroelementlar qatorida uni ishlatish mumkin. Masalan, qand lavlagi va grechixa kabi oʼsimliklar xlor boʼlgan yerlarda yaxshiroq rivojlanadi.
Xlor ionlari NaCl tuzi shaklida galofitlarda koʼp toʼplanib, ular ildizhujayralarining osmotik bosimini orttiradi. Yod na brom (J va Vg) ham mikroelementlar qatoriga kiradi, ular baʼzi dengiz suvoʼtlari tarkibida koʼp miqdorda toʼplanadi. Ђalla oʼsimliklari, qirqboʼgʼim va diatom suvoʼtlari kalqonida kremniy (Si) koʼp toʼplanishi ularning oʼziga xos xususiyatiga bogliq.
O’simliklarning normal rivojlanishi uchun quyidagi elementlar ham zarur hisoblanadi: Kaliy - KS1, KNSO3 va K2NRO4 tuzlari shaklida oʼsimliklar tukimasida saqlanadi. Kaliy kand lavlagining ildizida, kartoshka tugunagida, ya’ni kraxmalli uruglarda koʼp miqdorda uchraydi. Kaliyning koʼp kismi erkin xarakatlansa, qolgan qismi oqsillar bilan vaqtincha bogʼlangan holda uchraydi. Qaliy oʼsimliklarning yosh organlarida koʼp, qarilarida esa kamrok boʼladi. U qari toʼqimalardan yoshlariga oʼtib, qaytadan bioximiyaviy va fiziologik jarayonlarda qatnashadi. Qaliy oqsil va uglevodlar sintezlanishida ishtirok etadi. Аmilaza va saxaraza fermentlari faoliyatini jadallashtiradi. Ribosomalarda oqsilni sintezlash va gidrolizlash jarayonlarida qatnashadigan piruvatkinaza fermenti aktivligini kuchaytiradi. Sitonlazma yopishqoqlik darajasining pasayishi kaliyga bogliq. Kaliy yetishmasa, barglar oqaradi, fotosintez jarayoni susayadi, oʼsimliklarning urugʼi nimjon boʼlib, ukuvchanlik xususiyati yoʼqoladi, xloroplastlarda tilakoidlar va granulalar hosil boʼlmaydi. O’simlik oʼsishdan toʼxtab, nobud boʼladi. Biroq, kaliy bilan taʼminlangan oʼsimliklarda shakarlar koʼp toʼplanganligidan, ular sovuqqa chidamli boʼladi. Kalsiy (Sa) oʼsimliklar nafas olishida toʼplangan organik kislotalarni neytrallaydi. Kalьtsiy taьsirida sitoplazma quyuqlashadi, uning oʼtkazuvchanlik xususiyati pasayadi. Natijada moddalar almashinuvi jarayoni sustlashadi, Qalьtsiy qari toʼqimalarda va organlarda koʼp miqdorda toʼplanadi. Bu element pektin bilan birikib, kalьtsiy pektat birikmasi shaklida hujayralarni bir-biriga yopishtiradigan pardani tashkil etadi. Kalsiy yetishmasa, oʼsimliklarning ildizlari zaif rivojlanadi, barglarda jigar rang doglar paydo boʼladi, uglsvodlardan oʼsimlik toʼla foydalana olmaydi, zahira oqsillar oʼz vaqtida parchalanmaydi.
Tarkibida kalьtsiy boʼlmagan tuproqlarda K, Na, Mg taʼcirida oʼsimliklar rivojlanishdan toʼxtaydi. Yon ildizlari zaif rivojlanadi, ildiz tukchalari shishadi va poʼsti yorilib ketadi. Аgar yerga kalьtsiyli oʼgitlar solinsa, kationlar oʼrtasida fiziologik muvozanat tiklanib, ildizlari normal rivojlanadi. Kationlar oʼrtasida oʼzaro antagonistik munosabat mavjud. NH4, Fe va Аl kationlari uchun Sa antogonist element hisoblanadi. Аntogonistik munosabatni hisobga olganda, oʼsimliklarga oʼgʼit sifatida ammoniy nitrat (NH4NOz) solinganda Sa ni ham yetkazib berish zarur.
Magniy (Mg) xlorofill molekulasining porfirin halqasi markazida joylashgan. U moylar va uglevodlar sintezi hamda gidroliz jarayonlarini jadallashtiradi. Keyingi maʼlumotlarga asosan kalьtsiy va ayniqsa, magniy ribosomalarning struktura tuzilishini saqlaydi. Bu elementlar yetishmasa, ribosomalar mayda boʼlaklarga ajralishidan oqsilning cintezlanish jarayoni toʼxtaydi. N. S. Sisakyan maʼlumotlariga koʼra, magniy oqsil molekulalarining sintezlanishida Xelatlarning sxematik tuzilishiaminokislotalarning bir-biriga bogʼlanishini jadallashtiradi. Аgar magniy yetishmasa, moylar va uglevodlar almashinuvi jarayoni buzilib, barglarda oqish dogʼlar paydo boʼladi.
Temir (Fe) xlorofill molekulasi tarkibiga kirmasada, uning hosil boʼlishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Bu element oksidlanish qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadigan katalaza, peroksidaza, sitoxromoksidaza fermentlari tarkibiga kiradi. Аgar temir yetishmasa, oʼsimliklarning bargi sargayib, xloroz kasalligiga uchraydi. Аyni vaqtda xlorozga qarshi kurashishda temir qoʼshilgan organik moddalar — xolatlar ishlatiladi. Nuklein, organik (amino) kislotalarga, vitamin, antibiotik va auksin kabi organik moddalarga mikro va ulьtramikroelementlar kushilishidan hosil boʼlgan murakkab komlleks birikmalarga xolatlar deyiladi. Organik moddalarga qoʼshilgan metallar xelatlar molekulasini siklik uzilishini taʼminlaydi (rasm).
Xlorofill, fermentlar va boshqa turli oʼzida metall saklagan organik moddalar xelatlar xususiyatiga ega. Xelatlar oʼsimlik toʼkimasida metallarning harakatlanishini taʼminlash bilan birga, bir aktiv oqsil birikmasidan ikkinchi aktiv oqsil birikmasiga elektronlarni yetkazib berish funktsiyasini bajaradi. Umuman aytganda, xelatlar moddalar almashish jarayonida aktiv qatnashadi. Shaftoli, olcha va olma kabi oʼsimliklarda temir elementi yetishmay qolsa, kasallanadi. Bu hodisa, asosan, kalьtsiy koʼp va rH darajasi ishqoriy xususiyatga ega boʼlgan tuproqlarda kuzatiladi. Shunday sharoitda oʼsadigan oʼsimliklarning hosili kamayib, mevalarining rangi ham normal holatda boʼlmaydi.



Download 119.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling