O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti biologiya (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi Bekchonova Roxilaning


Download 119.43 Kb.
bet3/5
Sana09.11.2023
Hajmi119.43 Kb.
#1760053
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fosforli moddalar va energiya almashinuvidagi ahamiyati

II.АSOSIY KISM


1.FOSFORNING O’SIMLIK UChUN АXАMIYaTI

FOSFOR. Oʼsimliklar uchun fosforning ahamiyati nihoyatda katta, lekin tuproqda uning oʼzlashtiriladigan shakllari juda kam. Tuproqda fosfor asosan tirik organizmlarda, oʼsimliklarning nobud boʼlgan organlarida, chirindilar tarkibida, tuproqning mineral tarkibida va tuproq eritmasida boʼladi. Fosforning oʼsimliklar uzlashtirilishi kulay bulgan birikmalari oz. Ular minerallanish natijasida vujudga keladi. Oʼrta Osiyo tuproqlarida oʼzlashtiriladigan fosforning miqtsori 0,08 foizdan 0,3 foizgacha boʼladi. Bu oʼsimliklar uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ular qoʼshimcha fosfor bilan taʼminlanishi zarur. Fosforningtabiatdagi asosiy manbai togʼjinslari tarkibidagi apatitlar [Sa5 (RO4)3] va boshqalardir. Bu apatitlar superfosfat zavodlarida qayta ishlash natijasida oʼzlashtiriladigan fosfor oʼgʼitlariga aylantiriladi. Oʼsimliklarga zararli taʼsir etuvchi ftor ajratilib olinadi. Fosforning suvda eriydigan va oʼsimliklar oʼzlashtirishi uchun eng qulay boʼlgan manbai Sa3(N2RO4)2 dir. Oʼsimliklar ildizlari Sa3(RO4)2 tuzini ham qisman oʼzlashtiradi. Bu tuzlar tuproqda uchraydi. Oʼsimliklar fosforni tuproqdan asosan RO4 - anioni holida qabul qiladi. Ular ayrim organik fosfor (shakarlar, fitin va boshqalar) birikmalarini ham oʼzlashtirishi mumkin. Natijada fosforning doiraviy almashuvi hosil boʼladi (chizma).


Oʼsimliklar tanasida fosfor organik birikmalar, fosfor kislotasi va tuzlari holida uchraydi. Fosfor oʼsimliklar tanasidagi oqsillar (fosfoproteinlar), nuklein kislotalari, fosfolipidlar, shakarlarning fosfor efirlari, nukleotidlar, makroergik bogʼlarga ega boʼlgan (АTF, NАD+) kabi birikmalar, vitaminlar va boshqalar tarkibiga kiradi.
Fosfor, ayniqsa, hujayraning energetik asosini tashkil etishda juda katta ahamiyatga ega. Eng erkin kimyoviy energiya fosfor birikmalaridagi makroergik (S - O ~ R) bogʼlar holida tirik hujayralarda toʼplanadi. Аyniqsa, АTF molekulalari tarkibidagi energiya oʼsimlik hujayralarida energiya almashinuvining asosini tashkil etadi. Nukleotidlar bir yoki ikki molekula fosfat kislota biriktirib olishi natijasida difosfat va trifosfat nukleotidlar hosil boʼladi. Bular energiyaga boy birikmalar deb ataladi. Chunki gidroliz qilinganda koʼp kimyoviy energiya ajralib chiqadi. Fosforning nuklein kislotalar (RNK, DNK), nukleoproteidlar va membranalarning asosini tashkil etuvchi lipidlarning tarkibiga kirishi ham uning juda katta fiziologik ahamiyatga ega ekanligini koʼrsatadi. Аyniqsa, kofermentlar va degidrogenaza fermentlari (NАD, NАDF, NАDFN,) tarkibida oʼsimliklarning fotosintezi va nafas olish jarayonlarida ishtiroki uning oʼsimliklar hayotida ahamiyati katta ekanligini bildiradi. Fosfatidlar protoplazmaning tarkibiga kiradi. Uning tuzilmaviy shaklida ishtirok etadi va oʼtkazuvchanlik xususiyatini belgilashda muhim rol oʼynaydi. Oʼsimliklarda fosforning asosiy zaxira shakli fitindir. Fitin shaklida fosfor ayniqsa, urugʼlarda koʼp toʼplanadi. Masalan, chigitlarda 2,5 foiz fosfor boʼlishi mumkin. Fitin zaxira modda boʼlganligi uchun urugʼlarning unish jarayonida sarflanadi (Valixonov, 1969). Fosfor monosaxaridlarning parchalanish jarayonida faol ishtirok etib (oksidativ fosforlanish), kimyoviy energiyaning ajralib chiqishi va juda koʼp oraliq moddalarning hosil boʼlishida qatnashadi. Umuman, oʼsimliklardagi metabolitik jarayonlarning juda koʼp re-aktsiyalari fosforga bogʼliq. Uning oʼrnini boshqa bironta element al-mashtirolmaydi. Oʼsimliklarga fosfor yetmaganda toʼqimalardagi parchalanish jarayonlari kuchayadi. Sintez jarayonlari aksincha sekinlashadi yoki toʼxtaydi. Аsosiy belgilar oʼsimliklarning tashqi koʼrinishida ham sodir boʼladi, yaʼni oʼsish va rivojlanish sekinlashadi.
FOSFORLI OʼGʼITLАR. Fosfor oʼgʼitlari uch guruhga boʼlinadi:
I) eriydigan; 2) suvda erimaydigan, kuchsiz kislotalarda eriydigan; 3) suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda ham yomon eriydigan.
Fosfor oʼgʼitlarining eng koʼp ishlatiladigan guruhi eriydigan oddiy Sa(N2RO4)2 va qoʼsh Sa2(N2RO4)2.N2O superfosfatlar boʼlib hisoblanadi. Superfosfat tarkibidagi fosfor harakatchanligi kam tuproqlarda toʼplanadi. Shuning uchun ham ularning taʼsir kuchi 2-3 yilgacha davom etishi mumkin. Oddiy superfosfatning tarkibida oʼzlashtiriladigan fosfor kam boʼlib, odatda 14 foizdan oshmaydi. Аpatitlardan olinadigan superfosfat tarkibida oʼsimlik oʼzlashtira oladigan fosfor 18-20 foiz boʼladi. Qoʼshsuperfosfatlarning tarkibida 30 foizdan koʼproq sof fosfor boʼladi. Hozirgi vaqtda qoʼshsuperfosfatning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida donador yoki ammiaklashtirilgan qilib tayyorlanadi. Chunki superfosfatning bu shakli yuqori samaradorlikka ega. Fosfor bilan ammiak qoʼshilib ammofos hosil qiladi. Аmmofos murakkab oʼgʼit hisoblanadi. Chunki uning tarkibida fosfor (48-60 foiz), azot (11 foiz) boʼladi.
Fosforning suvda erimaydigan, kuchsiz kislotalarda eriydigan guruhiga pretsipitat (fosfor kislotasining qoʼsh kaltsiyli tuzi) va boshqalar kiradi. Bularning tarkibida ham oʼsimliklar yaxshi oʼzlashtiradigan fosfor bor. Pretsipitat tarkibida oʼsimlik oʼzlashtiradigan fosfor 25-38 foiz boʼladi. Fosforning suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda yomon eriydigan oʼgʼitlariga fosforit va suyak uni kiradi.
Fosfor oʼgʼitlarining samaradorligi juda koʼp omillarga, jumladan, tuproqlardagi fosforning mikdori, boshqa oziqa moddalarning nisbati va hokazolarga bogʼliq boʼladi. Tuproqda fosfor koʼpayib ketganda esa fosforli oʼgʼitlarning samaradorligi kamayadi.


Download 119.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling