O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti biologiya (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi Bekchonova Roxilaning


Download 119.43 Kb.
bet2/5
Sana09.11.2023
Hajmi119.43 Kb.
#1760053
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fosforli moddalar va energiya almashinuvidagi ahamiyati

I. АDАBIYOTLАR SHАRXI
Fosfor jadal oksidlovchi bulganligi tufayli tabiatda erkin xolda uchramaydi, mikdori 5 -35% gacha yetadi. Fosfitlar tabiiy fosfitlar tarkibidagi fosfor Kozogiston , Sankt – Peterburg, Moskva va Koluga viloyatlarida, Аmerikaning Florida shtatida, Jazoir Tunisda va boshka mamlakatlarda kup tarkalgan.
Ftorapatit 2 Sa5(PO4)3F, xlorapatit 2 Sa5(RO4)3 Sl deb ataladigan fosforitlar fosforli oʼgʼit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Ildizidan organik kislota ajratuvchi oʼsimliklar (grechixa, lyupin) fosforit tarkibidagi fosforni oʼzlashtirganligi D. I. Pryanishnikov va P. S. Kossovich tajribalarida tasdiqlangan. Ye. I. Ratner va O. Ya. Samoylova (1958), Mengdel va Veysfolьg (1953) tajribalaridan maʼlum boʼlishicha, glitserofosfat va glyukozafosfat kabi organik birikmalar oʼsimliklar ildizidan ajralib chiqadigan fosfataza fermenti taʼsirida parchalanadi. Bunda ajralgan fosforni oʼsimliklar yaxshi oʼzlashtiradi.
Oksidlanish bilan fosforlanish protsessini oʼzaro bogʼlovchi energiyaga boy boʼlgan nomaʼlum birikmalar ajratib olinmaganligini va ularning mavjudligini isbotlovchi dalillar yoʼqligini hamda bu protsess faqat strukturasb buzilmagan membranalarda sodir boʼlishini hisobga olib, ing-liz olimi I. Mitchel oʼzining xemiosmotik bogʼlanish gipotezasini yaratdi. Bu gipotezaga koʼra, oksidlanish va fosforlanish protsessi mitoxondriyning ichki membranasida hosil boʼladigan vodorod ionlarining elektroximiyaviy potentsiali orqali bir - biri bilan bogʼlangandir. Mitchel sxemasi boʼyicha nafas olish zanjiridagi vodorod atomining tarkibiy qismi hisoblangan proton va elektronning taqdiri turlicha boʼlib, N+ ionlari membrananing tashqi tomonida qoladi, elektronlar esa zanjir boʼylab membrananing ichki qismiga koʼchadi. Natijada membrananing tashqi qismi musbat zaryadga va ich-ki qismi manfiy zaryadga ega boʼlib, membrananing ikki yuzasida elektr potentsiallari farqi vujudga keladi. Shunday qilib, nafas olish zanjiridagi oksidlanish reaktsiyalarida ajralib chiqadigan ximiyaviy energiya elektr energiyaga aylanib, membrana potentsiali sifatida toʼplanadi. Fosforlanish protsessida elektroximiyaviy potentsial АDF va fosfat kislotadan АTF hosil boʼlishini taʼminlaydi. Mitchel gipotezasi ham oksidlanish va fosforlanish sistemasidagi energiyaga boy boʼlgan X~U birikma mavjudligini inkor etmaydi. Biroq bu sxemada X ~ U vazifasini qandaydir nomaʼlum birikma emas, balki vodorod ionlarining elektroximiyaviy potentsiali bajaradi. Membranalarda hosil boʼladigan bu potentsial X ~ U moddaga xos boʼlgan barcha xususiyatlarga ega.
Oksidlanish va fosforlanish mexanizmining barcha muammolarini xemiosmotik gipoteza yordamida hal qilish mumkin ekanligini sovet olimi V. P. Skulachev oʼzining bir qator tajribalarida isbotladi.



Download 119.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling