O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti


Download 380.54 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi380.54 Kb.
#114192
Bog'liq
2 sinfda takrorlash umumlashtirish darslarini tashkil etish metodikasi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Urganch Davlat Universiteti

KURS ISHI

Mavzu:2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasi





Topshirdi:

Qabul qildi:













Urganch-2020







Mundarija:

I.Kirish

II. Amaliy qism


1.Boshlang`ich sinf darslarini tashkil etishda pеdagogik hamkorlik

2.Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari

3.O’qish fanida umumlashtirishtiruvchi darslarni tashkil etish va uning vazifalari

4. Umumlashtiruvchi dasrlar va ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish……..



5. 2-sinf matematika fanidan takrorlash darsi ishlanmasi

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi asosida sog’lom avlodni tarbiyalashga, ma’naviy yetuk, axloqan pok, intelektual qobilyati kuchli, bilimdon jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlarni amalga oshirilmoqda. 2010-yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi shular jumlasidandir. Bu yilga aynan shunday javob berishining sabablarini isbotlab berish, o’ylaymizki, qiyin emas.
“Barkamol avlod yili” davlat dasturida “Mamlakatimiz sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart – sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish” asosiy maqsad qilib belgilangan. Taraqqiyotning omili ma’naviyatli xalq, ma’naviyatli millat, ma’naviyatli shaxs, ma’naviy yetuk inson qo’lida bo’lishi lozimligi bugungi hayot tarzi va uning rivoji ko’rsatib turibdi. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyamiz hisoblanib, bu
g’oyani ma’naviy yetuk, barkamol insonlargina amalga oshiradi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasini ma’vaviy jihatdan rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bo’layotgan tub islohatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.
Mustaqillik sharofati bilan ta’lim tizimida katta o’zganishlar sodir bo’ldi. Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida jumladan boshlang’ich sinflarda o’quv tarbiya jarayonini samarali tashkil t etish dars turlaridan unumli foydalanish yangicha pedagogik va axborot texnologiyalari o’qitishning interfaol usullarini o’zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan bo’lib turibdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullari dars turlari ulardan samarali foydalanish oila va maktab hamkorligi muommolari ustida bir qancha kurs ishilar ish olib bormoqdalar. Sharq xalqlari taraqqiyotida yoshlarga bilim berish, ularni halol mehnat qilishga da’vat qilish, turli davralarda yashagan donishmandlarni asarlarda va boshqa turli manbalarda keng bayon etilgan. Al Xorazmiy, Al Farg’oniy, Al Marg’iloniy, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy,
Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ko’plab donishmand mutafakkirlar asarlarida ham yoshlarning odobi, ahloqi hamda bilim va ko’nikmalarini shakllantirish to’g’risida qimmatli fikr-muloxazalar bildirilgan.
Kurs ishining maqsadi:
2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasini o’rganishdan iborat.

Kurs ishi ob’ekti: 2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasini pedagogik hamkorlikni asoslab tashkil qilish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: 2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish jarayoni vositalari, shakllari, metodlari.
Kurs ishi vazifalari: 2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasini mavjud holatini o’rganish.
Kurs ishi metodlari: mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish, tahlil etish hamda umumlashtirish.



Boshlang`ich sinf darslarini tashkil etishda pеdagogik hamkorlik

Maktab oldidagi ma’suliyotni chuqur anglaydigan ahloqan pok, jismonan baquvvat, vatanga fidoyi, izlanuvchan, tashabbuskor sog’lom avlodni shakllantirish ta’lim jarayoninig bosh maqsadlaridan biridir. Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan 2005 yilning “Sihat salomatlik yili” deb e’lon qilinishi ushbu muommoning ilmiy yechimini taminlash borasida izlanishlarini olib borish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatmoqda.O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham barkamol shaxs va malakali mutahassislarni tarbiyalab yetishtirishning milliy modeli hamda uning mohiyati keng yoritib berilgan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” :


“Uzluksiz ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy marifiy, huquqiy iqtisodiy ekologik tarbiyasini takomillashtirish nazarda tutadi” deb e’tiqodli yoshlarni tarbiyalashga bo’lgan e’tiborini har qachongidan ham kuchaytirish zarurligini uqtirib o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2000 yil 15 fevralda “Sog’lom avlod” va 2001-yil 5 fevralda “Ona va bola” davlat dasturlarining qabul qilinganligi, shu nomdagi orden hamda “Sog’lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg’armasining ta’sis etilishi. O’zbekistonda vujudga kelgan demakratik jarayonlar va sog’lom turmush vaziyatning o’ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Maktabning tarixan rivojlanishi davrida ta’limning tashkil etish shakllari turlicha bo’lgan. Ta’limning tashkil etish shakllari ma’lim ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga xos holda shakllangan. XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y.A.Komenskiy (1592-1670) tarixida birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratadi. Uning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari nir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqalgan va ta’limni tashkil qilishning birdan bir shakli deb e’tirof etildi. O’zbek maktablari oktabr to’ntarilishidan keyin sinf dars tizimiga o’tdi. Davlat tomonidan 1932 yil 25 avgustda “Boshlang’ich va o’rta maktabning o’quv dasturlari va rejimi to’g’risida” qaror qabul qilindi. Bu qarorda “Boshlang’ich va o’rta maktabda o’quv ishini uyushtirishning asosiy shakli ma’lum guruh o’quvchilari nilan qat’iy mashg’ulot jadvaliga muvofiq dars olib borish lozim. Bunda bir guruh o’quvchilar sostavi sira o’zgarmasligi kerak, o’quv ishining bu shakli o’qituvchining rahbarligi ostida, butun guruhni birlashtirib ishlashi, brigadalarga bo’linib ishlash va har bir o’quvchining individual ishlashni o’z ichiga olishi; o’qitishning xilma-xil usullarini qo’llanishi kerak deb ko’rsatib qo’yiladi.
Endilikda mustaqil jumhuruyatimiz xalq ta’limi oldiga qo’ygan talab va ehtiyojlardan
kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil qilishning yangi shakllari yaratilmoqda. Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sinf yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Pedagogik adabiyotlarda dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi”deb takidlaydi.Dars-o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, o’quv ishlarining markaziy qismidir.
Maktablarimiz bosib o’tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil qilish shakllari o’zgaradi, rivojanadi. Hozir maktablarimizda qo’llanayotgan sinf dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi.
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhga ega
bo’ladi.
2. Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shakilda olib boriladi.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beriladi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda maktablarimizda talimni tashkil etish shakllari ikki turda olib borilmoqda:

1. sinf – dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.

2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Sinf dars shaklida olib boriladgan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishini,xilma-xil usullardan foydalanishi, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi. Amaliy va tajriba ishlari shaklida oilib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi tajriba maydonchalari va qishloq xo’jaligi ekin maydonlarida ishlash, sayoxatlar o’kazish yo’li bilan olib boriladi. Hozirgi zamon didaktikasi ko’p yillar davomida to’plangan o’qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg’or tajribalar asosida boyib bormoqda deyishga asos bor.

Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsni tashkil etishning bir necha turlaridan foydalanildi. Ammo, ularning har birini tuzilishi o’ziga xos bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Ularning tuzilishi asosan darsdan ko’zlangan maqsadga bog’liq. Ta’limiy maqsad va vazifalar esa dars turning nomlanishidan ko’rinib turibdi. Masalan: yangi mavzuni bayon qilish mustahkamlash, takroriy umumlashtiruvchi, aralash, nazorat dars turlari. Ular bosqichma bosqich bir-birini to’ldirib boradi. Ya’ni, dastlab yangi mavzu haqida bilim beriladi, keyingi darsda o’quvchilar bilimlari


amaliy ko’nima va malakalar bilan mustahkamlanadi. Navbatdagi dars turida egallagab bilim va ko’nikmalar takroriy umumlashtiriladi. Aralash dars turida o’quvchilar turli faoliyatlar bilan shug’ullanadilar, nazorat darsida esa o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikmalar tekshiriladi va baholanadi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini boshlang’ich sinflarda takroriy umumlashtirubchi dars turining tuzilishi quyidagicha: 1. Darsning tashkiliy qismi

2. darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish.

3. O’quv materiallarini umumlashtirish va tizimlashtirish.

4. Dars yakuni va uyga vazifa.


Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini bu dars turini tashkil etishning o’ziga xos va murakkablik jihati shundaki, unda o’quv materiallarning chegaralari aniq belgilab olinishi, asosiy g’oya, tushuncha, qoida, unga mos mashq topshiriqlarini ajratib olish lozim. Masalan: darsda nutqning ega, kesim, ikkinchi darajali bo’laklari qaytariladi. Vaqtning chegaralanganligi sababli ularning har biri ustida to’xtalib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tanlangan mashq va topshiriqlarda nutqning tarkibiy qismlari o’zaro aloqador shaklida bo’lmog’i lozim.
Qaytarish jarayonida darsning tarbiyviy jihatiga e’tibor kuchaytiriladi. Bunda o’quv materiallari ko’proq qiziqarli hodisa, voqea dalillar bilan bog’liq bo’ladi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini tizimlashtirish va umumlashtirish darsining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, o’qituvchining o’zi qamrab tushuntirib, aksincha o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqaradi. Boshlang’ich sinflarda o’quv materiallarini tizimlashtirish asosan amaliy o’quv faoliyatida amalgam oshiriladi. Yuqori sinflarda esa e’tibor nazariy tahlilga qaratiladi. Bu esa o’quvchilar tomonidan umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga va mabtiqiy to’g’ri fikrlash qobilyatlarining rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, har bir o’quv predmeti, undagi materiallar boblarga, qismlarga, bo’laklarga
alohida mavzularga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtiruvchi darslar esa tarkibiy qismlarga bo’lib, o’rganilgan materiallarni umumlashtirishga, ular o’rtasidagi aloqadorlikni, yaxlitlikni anglab yetishga yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda har bir fan o’ziga xos tarlibiy qismlardan iborat bo’lganligi sababli umumlashtiruvchi darslar o’qub yili, choraklarining turi bosqichlari davriga to’g’ri keladi. Asosan o’quv predmentining ma’lum bir qismi, bobi o’tib bo’lingan davrda choraklar, o’quv yili yakuniy davrlarida ko’proq qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishda pedagogic hamkorlik natijasida o’quvchilar umumlashgan holdagi tasavvurga ega bo’ladilar. Tushuncha va
kategoriyalar o’rtasidagi aloqadorliklari anglab yetadilar, bilimlarini tartibga tizimga soladilar. Ularda idrok, tasavvur, mantiqiy tafakur rivojlanadi, dunyoqarashi kengayadi, murakkab topshiriqlarni bajara olish ko’nikmalari tarkib topadi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikni turini to’g’ri tashkil etishning maqsad va vazifalarini9 chuqur tushungan holda didaktik qoidalarga rioya qilshi lozim.U eng avvalo darsning asosiy vazifalariga rioya qilishi lozim.
Ta’lim jarayoning ta’limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 3 ta asosiy vazifalari bo’lib, har bir darsda ta’limning ushbu funksiyalari amalga oshirilishi shart xisoblanadi. Darsning ta’limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarining turlari, shuningdek
ularni amalga oshirish usullarini izlash boshlang’ich ta’lim metodikasi va amaliyotning takomillashuviga yordam beradi. O’qituvchining o’qitish jarayonida ta’lim tarbiya va rivojlantiruvchi funksiyalarini amalga oshirish yo’llarini bilish, ijodkorlik va pedagogik mahoratni talab qiladi. Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida o’quvchilarni tegishli
bilim,ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish ta’limiy vazifadir.
Boshlang’ich siniflarda darslarni tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini har bir darsda ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar u yoki bu darajada amalga oshirishga
qaratilsa u o’qituvchining bilish faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bunday holda o’qitishning boshqa vazifalari hamda ularga muvofiq topshiriqlar mazkur darsdagi o’quv jarayoning yordamchi komponenti xisoblanadi.


Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari
Ta`lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta`lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O'qituvchi darsda boshqaruvchi o'quvchilar esa, ishtirokchiga
aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko'p qirrali samara keltiradi. Boshlang'ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo'g'ini bo'lgani sababli ana shu jarayonda o'quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko'proq e`tibor berish lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining
mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo'ygan o'quvchilarni maktab hayotiga ko'niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo'l ochib beradilar. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang'ich sinf o'qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko'rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning
o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.
Boshlang'ich sinfda ta`lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o'qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda ko'proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish
qobiliyatini, mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini
orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
"Baliq skeleti" texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model
chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o'quvchilar o'rtaga tashlangan
muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo'lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo'llari yozib boriladi. Masalan, yo'l harakati darslarida "Yo'l qoidalari" mavzusida "Svetofor nima uchun kerak?"muammosi
qo'yilsa, bolalar o'z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.

O’qish fanida umumlashtirishtiruvchi darslarni tashkil etish va uning

vazifalari
Yangi dastur va metodik qo'llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o'qish darsida o'qilgan asar haqidagi o'quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi.
O'qishdan o'tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o'quvchilar bilimini sistemaga solish, o'rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi.
Umumlashtiruvchi dars, odatda, o'qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o'tkaziladi.
Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo'limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. Bunday darslarda o'quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o'quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda
o'qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo'shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o'qilganlarning mazmunini
o'quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o'qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo'ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag'ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o'quvchilarning kuzatishlari,
ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog'lashdir.
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo'lib, o'qilganlar, ko'rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko'rsatish va tahlil qilish, o'quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o'qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og'zaki hikoya qilishi kabilardan
fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta'minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo'yiladi. O'quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o'qiganlari, ko'rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o'z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo'lsinlar. Masalan, ma'lum bir mavzuni yakunlab o'tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o'qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o'z fikrlarini
aytadilar, zarur bo'lsa, o'qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilar bilan ekskursiya o'tkazilgan bo'lsa, ular ekskursiyadan ko'rganlaridan nimalar qiziqarlibo'lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o'qituvchi yordam beradi. Bular o'quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o'rgatadi, o'stiruvchi ta'limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O'qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to'g'ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta'limda muhim ahamiyatga ega. Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga
o'qituvchining qanday tayyorgarlik ko'rishiga bog'liq. Bunday darsda juda ko'p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo'lmaydi;

bu darsda ko'p material yuklash o'quvchilar diqqatini chalg'itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O'qituvchi umumlashtiruvchi darsda o'quvchilardan nimalarni so'rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o'ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta'sir etadigan ish shakllaridan

foydalanishni rejalashtiradi. Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o'rganilgandan so'ng o'tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo'lim materiallari o'rganilgandan keyin o'tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi
darslarda ko'rgazma qo'llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o'rganish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi kundalik mashg'ulotlarda foydalanilgan juda ko'p
materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o'quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o'z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o'quvchilar o'zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo'lsa) o'qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan
rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko'zdan kechirib, qiziqarli o'rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim.


Umumlashtiruvchi dasrlar va ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar

asosida tashkil etish

Boshlang’ich ta’limda umumlashtiruvchi darslar o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Jumladan, 2-sinfda o’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini bir tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda o’qisg darsidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars darslikning butun bir bo’limini yakunlashga ham xizmat qilishi mumkin.

2-sinfda o’tkazilgan umumlashiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi.Bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarning sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid qo’shimcha materillar ham berishi mumkin.

2-sinfda umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlar mazmunini o’quvchilar yodida qayta tikash emas, balki umumlashtiruvchi harakterda bo’lish, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan bunday darslar uchun kitobdan o’qiganlargina emas, balki bolalrning kuzatishlari natijasida bevosita tabiatdagi predmet va xodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila mavzusi yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bog’liq hisoblanadi.

Umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi.

Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi.

O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini sistemaga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o’qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.

Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir.

Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi.

O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

O’qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega.

Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi.

Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko’rgazma qo’llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o’rganish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o’quvchilar o’zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim.



2-sinf matematika fanidan takrorlash darsi ishlanmasi

Fan: Matematika

Sana:2-noyabr

Mavzu: O’tilganlarni mustahkamlash.

Maqsad:Ta’limiy maqsad O’quvchilarni o’tilgan mavzular yuzasidan egallasgan bilimlarini mustahkamlash.Ikki xonali sondan bir xonali sonni ayirishga doir bilimlarini takrorlash.

Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ,yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.O’zaro hurmat ,o’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ikki xonali sondan bir xonali sonni o’nlikdan o’tib ayirish va qo’shishga doir ko’nikmalarini yuqori darajaga olib chiqish.

Tayanch kampitensiya:O’quvchilarni matematikaga oidatamalarni to’g’ri talaffuz qilish,berilgan shakllarni nomini to’g’ri ayta olishi, burchaklarini, tomonlarini, uchlarini to’g’ri aniqlay olishiga doir ,masalani shartini o’qib qisqa yozuvini tuza olish.

Dars turi: Mustahkamlovchi

Dars uslubi:Tushuntirish, savol javob .guruhlarda ishlash, o’yin.

Dars jihozi: 2-sinf matematika darsligi, ko’rgazma, tarqatma, AKT,rag’bat kartichkalar.

Darsning borishi:

Darsni tashkil qilish:Sinf xonalari tozaligi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi, davomati, o’quv qurollari nazorat qilinadi.

Uyga vazifani so’rash: o’tgan darsda berilgan 6-7- misol va masalalar to’g’ri yechilganligi nazorat qilinadi.O’quvchilar bilimi baholanadi va rag’batlantiriladi.

O’tigan mavzu misollar yordamida mustahkamlanadi.
1-guruh 2-guruh 3-guruh

13-6=7 12-3=9 15-3=12

13-8=5 18-0=18 15-6=9

14-7=7 17-3=14 14-5=9

16-9=7 14-3=11 15-3=12

17-8=9 18-3=15 17-8=9

16-8=8 19-9=10 15-3=12
Yangi mavzu bayoni.

1-misolni yeching.Jadvaldan foydalanib bir xil misollarni toping.


17-9=8 9+5=14 15-6=9 8+4=12

7+5=12 14-6=8 8+6=14 18-9=9

15-8=7 8+8=16 13-6=7 9+7=16
2-masala.Kutubxonada 18 ta “Bilimdon” jurnali bor edi.Kutubxonachi bir necha jurnal o’quvchilarga o’qish uchun berilgandan keyin 8 ta jurnal qoldi. Kutubxonada nechta jurnal tarqatgan?

Sharti:


Jami-18 ta jurnal

Tarqatildi-? Ta jurnal

Qoldi- 8 ta jurnal

Yechim:


18-8=10 javob 10 ta jurnaltarqatilgan.

3-misollarni tushuntirish bilan yechish.O’rin almashtirish usulidan foydalanib. ( a+b=b+a )

9+7=16 8+3=11 9+8=17

7+9=16 3+8=11 9+8=17

16-7=9 11-8=3 17-9=8

16-9=7 11-3=8 17-8=9

4.Boshqotirmani yechsangiz ,sevimli diuoringizning nomini bilib olasiz.

15-7=8 E

9+4=13 I I

16-7=9 K


12-5=7 B

8+7=15 T


8+6=14 S



15-9-6





























































Z

11-9=2 O’

8+8=16 O

9+8=17 N

Sonlarni o’sish tartibida joylashtirsangiz sevimli diyoringizning nomi kelib chiqadi.


2

6

7

8

9

13

14

15

16

17

O’

Z

B

E

K

I

S

T

O

N


Dam olish daqiqada 5-misolda berilgan shakllarni taqqoslab ko’ramiz.O’xshash shakllarni topib nomlarini aytamiz.







5














O’quvchilarni bilimlari baholanadi va rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: 6-7-misol vamasalalar.

6-masala.Bir bog’lamda35 ta, ikkinchi bog’lamda esa 20 ta daftar bor.ikkinchi bog’lamda birinchi bog’lamdagidan neshta kam daftar bor?

Sharti:

1-bog’lamda - 35 ta daftar



2-bog’lamda- 20 ta daftar

2-bog’lamda 1-bog’lamdagidan qancha kam-?

Yechim:

35-20=15 Javob 15 ta kam daftar.


7-misol
14-7=7 11-3=8 8+7=15

13-9=4 15-6=9 6+6=12

18-9=9 16-8=8 8+8=16

7+7-4=10 7+7-3=11 7+8-5=10



Mustaqil O'zbekistonimiz dunyoda hech bir sohada o'z tengdoshlaridan orqada qolmasdan ulkan yutuqlarni zabt etadigan yuksak salohiyatli, iqtidorli va qobiliyatli yosh avlodni tarbiyalab jamiyatimizga yetkazib eng muhim masalasidir.
Kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartining qabul qilingan davlatimiz tomonidan ta'lim tizimini takomillashtirishga bo'lgan e'tibor, qolaversa bu ulug' xalqimiz, kelajagimiz va ertangi kunimizga bo'lgan e'tiborning yaqqol namunasidir.
O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati mamlakatlari qatoridan munosib o'rin egallashi, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishi, xalqaro munosabatlarni tashkil etishda demokratik vainsonparvarlik tamoillarining ustivor bo'lishiga erishishi qat'iy ma'naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan, kasbiy faoliyatida
yutuqlarga erisha oladigan yangi kelajakning tayyorlanishiga bog'liq. Respublikamiz xalq ta'limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog'lom, qobiliyatli, o'z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug' maqsadni ro'yobga chiqarish xalq ta'limi tizimida
faoliyat ko'rsatayotgan barcha o'qituvchilarning o'z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksaksamaradorlikka erishish zamonaviy pedagogik usullarni qo'llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. Qolaversa, boshlang'ich ta'lim yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, uning bolalar psixologiyasi
va ma'lumot darajasi hamda hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini yaxshi bilishi ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. standarti va amaldagi maktab dasturlarida o'quvchi egallashi lozim bo'lgan materiallar ancha murakkab bo'lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini,kengaytirib
va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi va ta'lim tizimi biz boshlabg'ich sinf o'qituvchilari oldiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o'tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida yoshlar tarbiyasi to'g'risida: farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash,
ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko'taramiz.
Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal
qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar:
"Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq". Qarang, qanday bebaho,
oltinga teng so'zlar! Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odamsavdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini
hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda. Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi,
buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar,

jamoatchilik, mahalla-ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy


ko'mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy
merosiga tayanamiz.

Respublikamiz xalq ta'limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog'lom, qobiliyatli, o'z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug' maqsadni ro'yobga chiqarish xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha o'qituvchilarning o'z ishiga ijodiy


yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish zamonaviy pedagogik usullarni qo'llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. O'quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg'ulotlarni dars jarayoniga
singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha, boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma'lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o'zlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida o'zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar.
Chunki o'quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko'rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko'plab o'quv materiallarini hayolidan o'tkazadi. O'xshash hodisalarni taqqoslaydi. O'zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O'qituvchilarning tayyor holda bergan ma'lumotida esa o'quvchi fikrlash faoliyati
to'la ishga kirishmasdan to'g'ri javobni o'zlashtirib oladi. O'xshash hodisalarga duch kelishi bilan o'qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta'lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o'quvchi egallashi lozim bo'lgan materiallar ancha murakkab bo'lib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi Davlat ta'lim standarti va ta'lim tizimi biz boshlabg'ich sinf o'qituvchilari oldiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o'tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik
texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir daqiqadan unumli foydalanishi zarur. Mashg'ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o'quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo'lgan bilimlar hajmini, o'zida hosil qiladigan ko'nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu o'z navbatida o'quvchining
mashg'ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o'quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur.
O'yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo'lish, jasur, qat`iyatli bo'lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.Bola kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi yumushlarni o'yin orqali bajarishga intiladi. Garchi bolalar o'yinlari mazmunan kattalar faoliyatining bir
ko'rishini bo'lsa-da, uning o'ziga xos jihatlari bor. Birinchidan, bola o'yinni o'z xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. Bu o'yinlar emotsional bo'lib, bolani o'ziga rom qilib oladi. Bola o'yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, o'rtoqlik hissi kuchayadi. Bolalar o'yinlari mazmuniga ko'ra o'yinchoqli, harakatli va didaktik turlarga bo'linadi.
Bu o'yinlarning barchasi bolalarni faoliyat yuritishga chorlaydi. Didaktik o'yinlar esa bolaga ta'lim berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Pedagogik texnologiyalar asosida darslarning tashkil etilishgi boshlang'ich sinf o'quvchilarni o'zibajarayotgan
mashg'ulotga nisbatan ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. O'quvchi har bir mashg'ulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi, darsda ilg'orlikka, g'alaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida juda muhim o'rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit, jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha o'yin bilan band bo'lib, erkin faoliyat ko'rsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonunqoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg'ulotlarga o'z vaqtida qatnashishi oson kechmaydi. Shu
tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar o'yin bilan bog'liq darslarda juda faol qatnashadi. Biz o'qituvchilar buni hisobga olib, darslarga o'yin elementlarini kiritishimiz va undan ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali
foydalanishimiz lozim. Bugun maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchining kechagi mashg'uloti o'yin edi. Bolada boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan materiallarni o'zlashtirib olishga yordam beradigan epchillik, hozirjavoblik, voqealarni
bir-biriga taqqoslash, sinchkovlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanish davri bo'ladi. Boshlang'ichsinf o'quvchilariga mo'ljallangan bilimlarning o'zlashtirib olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim. Bu o'rinda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni va ahamiyati juda kattadir. "Tasavvur

qiling, bola ma'lum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin maktab o'quvchisi bo'ladi. Uning vazifasio'zgaradi. Bir kecha - kunduzda o'rtacha 4 soat ta'lim oladi. Kechagi o'yinqaroq bola bugun 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir joyga joylab o'qituvchi bilan muloqatda bo'ladi. O'quv axborotini qabul qiladi va idrok etadi. Ana shu vaqtda o'qituvchi loqayd, mas'uliyatsizlik qilsa, uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang bo'lib qolsa, ota-ona ham yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga "vaqti yo'q" bo'lsa, o'sha o'quvchilar bo'sh o'zlashtiruvchi, tartibsiz yomon o'quvchilarga aylanadilar. O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan fidokor o'qituvchi ana shu paytda o'quvchilarni qo'lga oladi, ularning mehrini, ishonchini qozonadi va o'quv mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otadi. Shunday fidokorlik ko'rsata olgan ustozlar qo'lida ta'lim-tarbiya olgan o'quvchilar kelajakda jamiyatimiz taraqqiyotiga o'z xissasasini qo'sha oladigan insonlar bo'lib etisha oladi.




1-sinf matematikadan o’tilganlarni takrorlash dars ishlanma

Fan nomi: Matematika

Dars mavzusi: O’tilganlarni takrorlash

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash


  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga ekologik tarbiya berish va matematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: mustahkamlash

Dars uslubi: aqliy hujum, interfaol

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar

Matematika – fanlar ichra shoh,

Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Ibn Sino

Dars jarayoni va texnologiyasi



Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism



Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.

O’tilganlarni takrorlash va misollar yechish

Rasmlar asosida masala tuzish va uni yechishni bajarish


Tushuntirish, izlanish

musobaqa


30 minut

4-bosqich Mustahkamlash

O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Dam olish daqiqasi

Muammoli izlanish

7 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

Uyga vazifa

11- misol

izlanish

1 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzular yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi.


  1. 60 bilan 15 ning ayirmasi nechaga teng?

  2. 55 bilan 20 ning ayirmasi nechaga teng?

  3. 80 sonidan 20 ni ayirsak, necha son hosil bo’ladi?

O’quvchilarning bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish

Mavzu rasm va ko’rgazmalar asosida tushuntiriladi.

7-misol. Rasm bo’yicha masala tuzing va uni yeching

Yechish 1) 10 + 6 = 16 ta

2) 36 – 16 = 20 ta Javob: 3 tarelkada 20 ta qulupnay bor

8-masala. Ikkita kesma chizing: birinchi kesmaning uzunligi 9 sm, ikkinchi kesma birinchi kesmadan 4 sm qisqa bo’lsin.

_____________________ 9sm

____________ 5 sm

9 – 4 = 5 sm Javob 5 sm

9-misol. Hisoblang:

28 + 10 = 38 68 – 20 = 40 68 – 30 = 38

56 – 6 = 50 25 +50 = 75 25 + 65 = 90

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

10-masala. Uydan non do’koniga yo’lka orqali yoki ko’prikdan o’tib borish mumkin. Qaysi yo’l qisqa va qancha qisqa?

Yechish.



  1. 21 + 7 = 28 m 2) 28 – 24 = 4 m

  2. Yo’lka orqali borish 4 m qisqa.

V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa. 11-misol.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'paytirish amalinio'tish jarayonida o'quvchilar biroz qiynalishlari ko'p kuzatiladi.Oldingi mavzular oson bo'lganligi sababli endi o'zlashtirishi yuqori bo'lgan o'quvchilarning ham o'zlashtirishi biroz pasayishi uchrab turadi. Buning quyidagi sabablari bor:
1. O'quvchi uchun ko'p xonali sonlarni ko'paytirish qiyinchilik tug'diradi.
2. O'quvchi bitta misolni ishlash jarayonida ko'p amallarni bajarishi unga zerikarli bo'ladi.
3. O'quvchiga misollarning berilishini o'ziyoq qiyindek tuyuladi.
4. Bir nechta xato urinishlardan keyin o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchi pasayadi va bu uning fanga bo'lgan qiziqishini pasayishiga sabab bo'ladi.
Bu va bunga o'xshash muammolarni chetlab o'tish uchun o'quvchilarga doimiy an'anaviy usullardan tashqari boshqa no'annaviy usularni qo'llab turish yaxshi natija beradi. Bundan ko'zlangan maqsad esa o'quvchi faqat ko'paytirmasdan ham ko'paytirish amalini bajarish mumkunligini ko'rsatish, lekin asl maqsad baribir
saqlanib qoladi. Bu usularning kamchiligi ham mavjud bo'lib, buusullar yordamida faqat ayrim sonlarnigina ko'paytirish mumkin.
Yutug'lari esa o'quvchilar an'anaviy usullardan chalg'itgan holdao datiy ko'paytirish usuliga qaytarishdir.Eng asosiy jihati esa o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirib, ularda kreativ fikrlashni o'rgatadi, bu bilan ta'limimizdagi kichik kamchilik hisoblangan o'quvchilarni bir qolipga tushib qolishidan chiqgan bo'lamiz. Bu aynan biz tafsiya qilgan usullar bo'lishi shart emas, o'qituvchi va padagoglar o'z tajribasi va izlanuvchanligidan kelib chiqib turli noananaviy usullarni tanlab olishlari mumkun. Biz namuna sifatida bir nechta usullarni taklif qilamiz:
1. Oxiri 5 raqami bilan tugagan sonlarni kvadratini hisoblash:
Bu usulning qulayligi sonlarning kvadrati tushunchasini kiritib o'tish mumkunligida.Demak shuday tushuntiramiz:

15*15; 5ning kvadrati doimo 25 bo'ladi, 5 raqmidan oldingi sonni olamiz va o'sha son bilan shu songa 1 raqamini qo'shib ko'paytiramiz natijani bitta son kabi yozamiz: 15*15=(1*(1+1))25=225


25*25=(2*(2+1))25=625
35*35=(3*(3+1))25=1225
45*45=(4*(4+1))25=2025
----------------------------------
Qolgan sonlarni o'quvchilarga mustaqil ravishda bajarishni tavsiya qilish orqalib u o'rganilgan metod mustahkamlanadi.

2. Sonlarni 1001 ga ko'paytirish: bu usulni yalqov sonlar usuli deyish mumkun sababi bunda biz ko'paytirmaymiz balki shunchaki yozamiz holos:


1001*358=358358 yani shu soni ketma-ket ikki marta yozdik.
1001*815=815815
1001*918=918918
-------------------------------------------
3. Sonlarni 11 ga ko'paytirish: bu usul juda qulay,11*15; ikkinchi ko'paytuvchini orasida joy tashlab yozib olamiz va tashlagan joyimizga shu ko'paytuvchining raqamlari yig'indisini yozib qo'yamiz
11*15=1(1+5)5=165
11*36=1(3+6)6=196
11*44=4(4+4)4=484
--------------------------------------
Bu kabi usullarni o'zingiz ham yaratib olishingiz mumkun. Bu orqali darsingizni qiziqarli va noananaviyligi
erishasiz.

Xulosa

2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasi mazmunida ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish , uning asosiy shakli bo’lgan dars tizimini tashkil etishda pedagogik hamkorlikni turi va uning o’ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil etib va amaliy tajribalarga tayangan holda quydagi xulosalarga keladi. 1. 2-sinflarda takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishning bir necha shakllari,dars turlaridan foydalanish mumkin bo’lib,ularning har biri o’z xususiyatlariga ega.Ulardan o’qituvchi maqsadli foydalanishi zarur bo’ladi. 2. Darslarni tashkil etishda pedagogik hamkorlikning turi bo’shlang’ich siniflarda alohida ahamiyatga ega bo’lib,uning o’z maqsadi va vazifalari bor.Boshqa dars turlari singari umumlashturuvchi darslarga ham bir qator talablar qo’yiladi. 3. Boshlang’ich sinf darslarini ta’shkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmuni,o’quvchilarning tayorlanishlari uchun vaqt berilishi,oldingi materiallar yuzasidan


savollar berib qo’yilishi,foydalanish lozim bo’lgan adabiyotllarning ro’yxati berilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 4. O’qituvchi shuni alohida hisobga olishi kerakki,darslarni tashkil etishda pedagogik hamhorlikning turida o’quv materiallarining chegarallari aniq belgilab olinadi,asosan g’oya tushuncha , qoida unga mos mashq topshiriqlar ajratib olinadi. 5. Dars samaradorligini amalga oshirishda o’quv materiallarini qaytarish jarayonida nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy jihatdan ham alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:



  1. I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma’naviyat” 2009.

  2. “Barkamol avlod yili ” davlat dasturi. Toshkent. “O’zbekiston” 2010.

  3. Maxmudov M. "Maktabda muammoli ta'limni tashkil qilish" Toshkent-"O`qituvchi" 1998 y.

  4. www.Ziyonet.uz

Download 380.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling