O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana28.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

1 – mavzuning bayoni 
Reja: 
1.Hisoblash texnikasining yaratilish va rivojlanish tarixi.  
2.EHM avlodlari haqida. 
3.Xozirgi kunda yangi avlod EHM lari ustida olib borilayotgan ishlar. 
Tayanch tushunchalar: 
Mexanik  davr,  elektromexanik  davr,  birka,  avak,  Neper  tayoqchalari,  logarifmik 
lineyka, elektron lampa, integral mikrosxema.  
 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi shartli ravishda 3 boosqichga bo`linadi.  
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr 
Mexanik va elektromexanik mashinalar davri 
Elektron hisoblash mashinalari davri 
            Qadim  zamonlardan  boshlab  insonlar  hisoblash  ishlarini  yengillashtirishga  harakat 
qilishgan.  Ular  dastlab  hisoblash quroli  sifatida  qo'l  varmoqlaridan  foydalanishgan.  Bular  tabiiy 
hisoblash vositalaridir. Dastlabki va eng sodda sun‘iy hisob asboblaridan biri birka bo`lgan. Birka 
10  yoki  12  ta  tayoqchadan  iborat  bo`lib,  tayoqchalar  turli  –  tuman  shakllar  bilab  o`yilgandir. 
So`ngra extiyoj tufayli hozirgi cho`tni eslatuvchi avak asbobi paydo bo`ldi.  
            Dastlabki hisob aasboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat 
bo`lib, shotlandiyalik olim Jon Neper nomi bilan atalgan. Neper tayoqchalari yordamida qo`shish, 
ayirish  va  ko`paytirish  amallari  bajarilgan.  Keyinroq  bu  asbob  takomillashtirlib  logarifmik 
chizg`ich  yaratilgan.Hisoblash  texnikasida  mexaniq  mashinalar  davrini  boshlab  bergan 
mashinalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yili yaratilgan. Biroq bu borada 
birinchi  ixtirochi  1645 yili  arifmometr  yasagan  franso‘z matematigi  Blez Paskal deb hisoblanib 
kelingan. 
            Paskalning mashinasi bo`yi 30-40, eni 15, valandligi 10 sm ga ega bo`lgan jez qutichadan 
iborat bo`lgan. Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnitsni 
ham ixtirochilikka undadi. U 4 ala amalni  bajara oladigan mashinani 1673 yili yaratdi va uni Parij 
akademiyasiga  taqdim  qildi.  XVII  asrda  logarifmlar  kashf  etildi  va  shundan  keyin  yangi 
hisoblash  asbobi—logarifmik  lineyka  yaratildi.  Shu  bi-lan  bir  vaqtda  Shikkard,  Paskal  va 
Leybnitslarning  hisoblash  mashinalari  dunyoga  keldi.  Franso‘z  olimi  Blez  Paskal  to-
monidan  1642-yilda  yaratilgan  jamlash  mashinasi  birinchi  hisoblash  mashinasi  deb 
hisoblanadi.  Ayni  shu  paytda,  Shtut-gart  shahri  arxivida  professor  V.Shikkard  1623-yilda 
kashf etgan  hisoblash  mashinasining chizmasi  topilgan. Chamasi  bu  mashina  tor doiradagi 
kishilarga ma'lum bo'lgan. U uch qismdan: jamlash qurilmasi, ko'paytirish qurilmasi va oraliq 
natijalarini qayd etish mexanizmidan to‘zilgan edi. V. Shikkard qurilmasi bevosita qo'shish va 
ayirish amallarini bajargan.Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan 
harakatga    keltirilar  edi.  Endi  mana  shu  vazifani  elektr  energiyasi  yordamida  amalgam 
oshiruvchi  hisoblash mashinalari paydo bo`la boshladi. Shuning  uchunn bunday mashinalar 
elektromexaniq mashinalar deyiladi.  
            Taniqli  ingliz  olimi  CH.Bebbidj  tomonidan  yaratilgan  mexaniq  arifmometr  XIX 
asrning yana bir kashfiyoti bo'ldi. Bu mashina murakkab masalalarni yechadigan matematik 
mashinalarning  paydo  bo'lishiga  asos  soldi.  Bu  mashinaning  xotirasi  sanoq  g'ildiraqlari 
to'plami  tarzida to‘zilgan, dasturni  esa perfokartalarda kiritish ko'zda tutilgan. O'sha davrda 
yyetarli  darajada  texnika  rivojlanmaganligi  bois  Bebbidj  bu  ajoyib  mashina  yaratilishini 

 
34 
oxirigacha yetkazishga muyassar bo'la olmadi. Lekin uning g'oyasi XX asrda elektron hisob-
lash  mashinalarida o'zining  amaliy yechimini topdi.Bu esa o'z navvatida avvalgi hisoblash 
mashinalaridan  tubdan  farq  qiluvchi  elektron  hisoblash  mashinalari  (EHM)  ni  yaratish 
imkonini berdi. 
            1940-yilda amerikalik muhandis G. Eytken yaratgan hisoblash mashinasi arifmometr bilan 
ishlaydigan  20  ta  operator  o'rnini  bosa  oladigan  bo'lib,  katta  zalga  joylashgan  va  ko'p 
miqdorda  elektr  energiyasi  iste'mol  qilar  edi.  Bu  mashina  bilan  elektromagnit  elementlar 
vazasida mashinalar yaratish imkoniyati uzil-kesil hal bo'lgan edi. 
            Hisoblash texnikasining keyingi taraqqiyoti elektron lampalar qo'llanilishiga asoslanadi. 
Elektron  hisoblash  mashinalarini  yaratishga  birinchi  marta  amerikalik  muhandis  J. 
Atanasov  ikkinchi  jahon  urushi  arafasida  urinib  ko'rgan.  Pensilvaniya  universiteti  olimlari 
J.Mouchli  va  J.Presner  Ekkert  loyihasi  asosida  1946-yilda  "ENIAK"  EHMi  yaratishdi.  Bu 
tarixda eng katta  elektron hisoblash  mashinasi bo'lib, og'irligi  30 tonnani  tashqil qilgan,  150 
kvadrat  metr  maydonni  egallagan  va  18000  vakuum  idishlarini  o'zida saqlab, o'sha davr 
narxi  bo'yicha  2,8  mln.  dollarga  vaholangan.  "ENIAK"  EHMlari  vallistik  jadvallarni 
hisoblash, atom  energetikasi  va  koinot  hisob-kitoblari  uchun  qo'llanilgan.  Bu  mashinaning 
konstruksiyasini  tahlil  qilish  asosida  1946  yilda  amerikalik  matematik  J.Fon  Neyman  EHM 
yasashning  asosiy  prinsiplarini,  jumladan,  ikkilik  sanoq  sistemasidan  foydalanish  va  dasturni 
joriy xotirada saqlash usullari g'oyasini  ilgari surdi. Bu g'oya asosida  yaratilgan  mashinalarda 
hisoblash jarayoni insonning ishtirokisiz amalga oshirila boshlandi. 
            Keyinroq AQShda va Buyuk Britaniyada "EDVAK", "EDSAK", "SEAK", "UNIVAK" va 
boshqa  turdagi  EHMlar  yaratildi.  Bu  turdagi  mashinalar  hisoblash  texnikasi  taraqqiyotida 
yangi bir davrni boshlab berdi. 
           Sobiq  ittifoqda  birinchi  elektron  hisoblash  mashinasi  aka-demik  S.A.Lebedev 
rahvarligida  1951-yili  Ukraina  FA  elektron  institutida  yaratildi  va  "MESM"  (Malaya 
elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron hisoblash mashinasi deb nom oldi. 1954 – yili 
aniq  mexaniqa  va  hisoblash  texnikasi  institutida  S.A.Lebedev  rahvarligida  "BESM" 
(Bolshaya elektronno-schetnaya mashina) katta elektron hisoblash mashinasi yaratildi, u 2048 
ta  xotira  yacheykasiga  ega  bo'lib  sekundiga  9  ming  amalni  bajarar  edi.  O'sha  vaqtda  u 
jahondagi eng tezkor mashina edi. 
EHMning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish qabul qilingan bo'lib, ularning har 
biri  elementlarining  tayyorlanish  texnologiyasi  va  jihozlarining  parametrlari,  shuningdek,  hal 
etiladigan masalalar va dasturi bilan ajralib turadi. 
            Birinchi avlod mashinalari 50-yillarda ishlab chiqarilgan bo'lib, asosiy komponentlari 
elektron lampalardan iborat bo'lgan.  Bu  EHM  lardagi  minglab  lampalar  elektr  energiyani 
ko'p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda  issiqlik ajratib  chiqargan  va  ko'p joyni  egallagan. 
Bu  mashinalarning amallarning bajarish  tezligi past,  xotira sig'imi  kichik  va  tez-tez  ishdan 
chiqib to‘rgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi o'zi xotira yacheykasini 
dastur orqali taqsimlagan. Bu avlod EHM lariga EDVAC, UNIVAC, IBM 700, MESM, BESM-1, 
BESM -2, Strela va boshqalar misol bo`ladi 
            60  –  yillarning  boshlarida  elektron  lampalari  o'rniga  yarim  o'tkazgichlar  vazasida 
yaratilgan  tranzistorlar  ishlatila  boshlanadi,  bu  esa  mashinaning  massasi,  o'lchamlari  va 
iste'mol  qiladigan  energiyani,  issiqlik  ajralishini  keskin  kamaytirish  imkonini  berdi.  Yarim 
o'tkazgichli  mashinalar  EHMning  ikkinchi  avlodi  bo'ldi  va  ularning  ishlash  ishonchliligi  va 
tezligi ancha oshdi.Bu avlodga mansub mashinalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularning 

 
35 
qo'llanish sohasi bo'yicha ixtisoslashtirili-shidir. Bu mashinalarda qo'yilgan masalalarni yechish 
uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi. (MINSK-2, Razdan -3, BESM -6). 
            Ishonchlilik,  ixchamlik,  ishlatishga  qulaylik  masalalari  EHM  elementlari  vazasini 
tayyorlashning mutlaqo yangi texnologiyasi  yaratilishiga olib  keldi.  Elektron  apparatlarning 
standart  sxemalari  va  bloklari  murakkab  strukturali  yarim  o'tkazgichli  monolit  kristallar 
shaklida tayyorlana boshlandi va ular integral mikrosxemalar nomini oldi. 
Apparatlar bloklari—mujassamlangan  integral sxemalar-ning sanoatda  ishlab chiqarilishi  60-
yillarning oxirida uchinchi avlod EHMlarining yaratilishiga olib keldi. Sobiq Ittifoqda yaratilgan 
katta  va o'rtacha  EHMlar  (Ural-11,  Ural-12, Ural-15  va  yagona  tizimli  ES  EHMlari)  va 
SM seriyali  EHMlar  shular  jumlasiga  kiradi.  Bu  mashinalardan  eng  quvvatlisi  hisoblangan 
ES—1060  sekundiga  1,5  mln.  amalni  bajarar  edi.  ESning  joriy  xotirasi  yuzlab  kilobayt  va 
megabayt  bilan  o'lchanadi.  Uchinchi  avlod  EHMlarini  joylashtirish  uchun  maxsus 
jihozlangan  mashina  zallari  talab qilinar  edi.Katta  integral sxemalarning paydo bo'lishi sonli 
axborotlarni  qayta  ishlab  chiqadigan  dastur  asosida  boshqariladigan  qurilmalar—
mikroprotsessorlarning  yaratilishiga  olib  keldi.  Sanoatda  70-yillarda  mikroprotsessorlar 
asosida to'rtinchi aviod mashinalari – mikro EHM ishlab chiqarila boshlandi. To'rtinchi avlod 
mashinalari  tarkibiga  sobiq  Ittifoqda  yaratilgan  ELBRUS-2,  M-10  EHMlari  va  hozirgi 
zamon shaxsiy kompyuterlari ham mansub. Mikrokompyuterlar qurilmalarining boshqarish 
qurilmasi  bitta  katta  integral  sxemalar  tarzida  ishlanganligi  uchun  ularning  tashqi 
qurilmalari  uncha  katta  emasligi,  ishlash  tezligi  va  vahosi  arzonligi  bilan  ajralib 
turadi.Mikroelektronikaning  yutuqlari  asosida  shaxsiy  elektron  hisoblash  mashinalari 
(SHEHM)  yaratildi.  Arzon,  kichik  hajmdagi  avtonom  mikroprotsessorli  hisoblash  tizimi, 
SHEHMlarning  ommaviy  qo'llanilishi  ko'plab  dasturli  vositalar,  ya'ni  amaliy  dasturlar 
majmuasi  (paketi),  operatsion  tizim-lar,  translyatorlar  va  boshqalarning  yaratilishiga  olib 
keldi. 
           Ayni  vaqtda  beshinchi  avlod  EHMlari  ustida  ish  olib  borilayapti.  Ushbu  avlod 
mashinalari oddiy so'zni "tushunadigan", chizma, rasmlarni "ko'ra oladigan", tovushlarni "eshita 
oladigan", sekundiga 1  mlrd.  atrofida amal bajara oladigan  va katta hajmdagi xotiraga  ega 
bo'lgan  holda  ixcham bo'lishi kerak.Elektron  hisoblash  mashinasi  hisoblashlarni  ko'p  karra 
takrorlash,  ko'p  sonli  variantlar  orasidan  berilgan  alomatlar  bo'yicha  eng yaxshisini tanlash, 
amalda cheklanmagan  hajmdagi  axborotni saqlash va  ular orasidan keraqli  ma'lumotlarni  tez 
topish  xususiyatiga  ega.  Bularning  hammasi  katta  hajmdagi  hisoblash  bilan  bog'liq  bo'lgan 
murakkab ilmiy-texnik masalalarni hal etish, istalgan ko'lamdagi boshqarishni amalga oshirish, 
axborot-izlash  tizimlarni  yaratish  imkonini  beradi.Zamonaviy  kompyuterlar  kasalliklarga 
diagnoz qo'yishga, o'quvchilarni o'qitish va tegishli konsultatsiyalar berishga,  matn  va  har 
xil hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishga yordam beradi. 
            Xozirgi kunda turli xil yumushlarni bajara oladigan robotlar  yaratilmoqda. Ular ma‘lum 
bir sohalarga mo`ljallangan bo`lib, ular o`z sohasiga tegishli bo`lgan ayrim amal va buyruqlarni 
―tushunadilar‖, ―eshitadilar‖ hamda ―bajaradilar‖ 
Dastlabki  EHMlarning  yaratilishi  davrida  ,mashhur    matematik    Jon  Fon  Neyman 
1945  yildayoq  kompyuter  qurilmalari  ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  uchun  qanday 
tarzda  universal va maqbul bo‘lishi kerakligini aytib o‘tgan edi. 
       Shu  bois  kompyuter    to‘zilishining  asoslari  fon  Neyman  prinsipi  deb 
yuritiladi.Deyarli  barcha  zamonaviy  kompyuterlar  mazkur    prinsip  asosida 

 
36 
ishlaydi.Fon  Neyman  prinsipiga  ko‘ra  kompyuter  quyidagi  qurilmalardan  tashqil 
topgan bo‘ishi kerak.( 1-rasm) 
 
1-rasm 
 
 
Arifmetik-mantiqiy  qurilma-arifmetik  va  mantiqiy  amallarni  bajaradi.  
Arifmеtik-mantiqiy  qurilma  (AMQ)  —  sonli  va  bеlgili  axborot  ustida  barcha 
arifmеtik  va  mantiqiy  amallarni  bajarish  uchun  mo‘ljallangan  (ShK  larning  ba'zi 
modеllarida  amallarni  bajarilishini  tеzlashtirish  uchun  qo‘shimcha  matеmatik 
soprotsеssor ulanadi). 
Boshqarish qurilmasi-dastur bajarilish jarayonini tashqil qiladi.  
 
Boshqarish  qurilmasi  (BQ):  mashinani  hamma  bloklariga  kеrakli  vaqtda  aniq 
boshqarish  signallarini  shakllantiradi  va  uzatadi  (boshqaruvchi  impulslarni),  bu 
signallar  bajarilayotgan  amal  xususiyati  va  oldingi  amallar  natijalari  bilan 
bеlgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yachеykalari adrеslarini shakllan-
tiradi  va  bu  adrеslarni  EHM  ni  mos  bloklariga  uzatadi;  boshqarish  qurilmasi 
impulslarning tayanchli kеtma-kеtligini taktli impulslar gеnеratoridan oladi. 
Yodda  saqlash  qurilmasi  yoki  joriy  xotira  –  ma‘lumot  yoki  dasturlarni  o‘zida 
saqlaydi. 
Tashqi qurilmalar-ma‘lumotlarni ma‘lumotlarni kiritish va chiqarishni ta‘minlaydi.  
        Хоzirda,  zamоnaviy    infоrmatikani    kоmpyutеrli    infоrmatika  dеb  хam  atash 
mumkin. 
AQSHda  kоmpyutеr    ishlab    chiqaruvchi    yеtakchi    IBM    firmasi  bоr.  IBM  rusumi 
International  Bussiness  Mashines  Corporation  dеgan  firmaning  nоmidan  kеlib 
chiqqan.  PC  rusumi  Personal  Computer  so‘zlaridan  kеlib  chiqqan  bo‘lib,  shaхsiy  
kоmpyutеr    dеgan    ma‘nоni    bildiradi.  Kоmpyutеr  lоtincha  computeo-sanayman, 
hisоblayman  dеgan  so‘zlaridan  оlingan.      Birinchi  IBM    PC  (ay-bi-em  pi-si) 
kоmpyutеri 1981 yil  avgust оyida kеng оmmaga taqdim etilgan. Hоzirgi kunda IBM 
PC  kоmpyutеrlari dunyoning   ko‘p mamlakatlarida  ishlab chiqarilmоqda. AQSHda 
ishlab  chiqarilgan  IBM  PC  kоmpyutеrlari  оq    kоmpyutеrlar    (bеlое  prоizvоdstvо), 
sоbiq Sоvеt   Ittifоqiga    kirgan  mamlakatlarda (Rоssiya va bоshqa davlatlar)  ishlab 
chiqarilgan  IBM  PC  kоmpyutеrlari  qizil    kоmpyutеrlar  (krasnое  prоizvоdstvо), 
SHarkiy-janubiy  Оsiyo  mamlaktlarida  (Janubiy  Kоrеya,  Singapur,  Yapоniya)  ishlab  
chiqarilgan  IBM    PC    kоmpyutеrlari    sariq    kоmpyutеrlar    dеyiladi  (jеltое 
prоizvоdstvо). 
      
 
 
Boshqarish qurilmasi 
Arifmetik-manti qi y 
qurilma 
Joriy xotira 
Tashqi quril ma 

 
37 
2-ma‟ruza 
Mavzu:  Informatsiya turlari: uzluksiz va diskret informatsiya.  
Maqsad:  Informatsiya  turlari:  uzluksiz  va  diskret  informatsiya  haqida  tushuncha 
hosil qilish 
 
Mashg‟ulot metodi: Uzaytirilgan ma‘ruza, «Aqliy xujum» 
 
 
Mashg‟ulot turi: Ma‘ruza 
 
Mashg‟ulot  jihozi:  Proyektor,  ma‘ruza  prezentatsiyasi,  Slaydlar,  tarqatma  matn 
materiallari, vatman, Markerlar 
 
Ajratilgan vaqt:  80 minut 
 
Mashg‟ulot borishi: 
  
 
 
 
 
Ish 
bosqichlari  va 
mazmuni  
O‘qituvchi faoliyati 
Talabalar faoliyati 
Kutilayotgan 
natijalar 
1-bosqich. 
Tayyorlov 
 
 
5 minut 
 Mavzuni  e‘lon  qiladi 
―Aqliy 
hujum‖ 
metodining  mohiytini 
aniqlashtiradi. 
       Oldingi 
o‘tilgan 
mavzular 
bo‘yicha 
savollar 
yozib 
qo‘yiladi. 
   Yangi  mavzu  matni 
tarqatiladi.Yangi 
mavzu 
tayanadigan 
tushunchalar  bo‘yicha 
savollar beriladi. 
Talabalar  mustaqil 
ravishda  savollarni 
tahlil 
qiladi 
va 
javoblarga  
tayyorla-nishadi. 
Talabalarda 
keltiriladigan 
o‘quv 
axborotlarga 
nisbatan  kuchli 
motivatsiyani 
shakllantirish. 
2- bosqich. 
Kirish. 
―Aqliy 
hujum‖ 
Yangi  mavzu 
tayanadigan 
tushunchalar 
bo‘yicha  
 
 
5 minut 
Tahlil  qilinishi  lozim 
bo‘lgan ―Aqliy hujum‖ 
texnologiyasini  amalda 
qo‘llash. 
Uning  
o‘quvchilar  tomonidan 
o‘quv 
axborotlarini 
o‘zlashtirib  olish  va 
o‘quv  matnlari  ustida 
muvaffaqiyatli  ishlash 
jarayonidagi 
axamiyatini  tushuntirib 
beradi.  
Muammoning 
mohiyatini  tushunib 
oladilar, 
zarur 
hollarda 
o‘qituvchiga 
savollar 
bilan 
murojaat 
qilishlariga 
erishiladi. 
Talabalarda  
«Aqliy  hujum» 
tex-nologiyasini 
amaliy 
faoliyatda 
muvaffa-qiyatli 
qo‘llash 
ma-
lakalarini  tarkib 
toptirish,  ularda 
xamkorlikda 
ijodiy 
mexnat 
qilish, 
mus-
taqillikni, 
kasbiy 
mahoratni 
shakllan-tirish. 
3-bosqich. 
Ma‘ruza  yangi 
Uzaytirilgan  ma‘ruza 
texnologiyasi 
Talabalar 
diqqat 
bilan 
eshitadi. 
    Yangi 
tushun-chaga 

 
38 
mavzu bayoni  
15 minut 
bo‘yicha 
yangi 
mavzuni 
1-qismi 
bayon etiladi. 
Tahlil qilib boradi. 
 
ega bo‘li-shadi. 
4- bosqich. 
―Aqliy 
hujum‖  
 
 
5  minut 
 
Yangi 
mavzu 
tayanadigan 
tushunchalar  bo‘yicha 
savollar 
beriladi. 
Bunda 
tayanch 
tushunchlar 
oldingi 
bosqichdagi 
ma‘ruzadan 
ham 
beriladi. 
Fikrlarning 
talabalar 
tоmоnidan 
kiritilishini 
tashkil 
qiladi,  ular  faоliyatini 
kuzatadi, 
zarur 
хоllarda 
to‘g‘ri 
yo‘nalish bеrib bоradi. 
Mavzu 
bo‘yicha 
sanoq 
sistemalari 
ularning 
turlari, 
matematik 
mantiqning 
informatikadagi 
roli,    uzluksiz  va 
diskret  informatsiya  
tushunchalarini 
yana 
bir 
bora 
takrorlab 
mustahkamlab 
olishadi. 
Talabalarni 
muammoni 
o‘rganish  jara-
yonida 
faolligini 
oshirish, 
ularning 
mustaqil 
fikrlash 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish, 
dunyoqarashini 
kengaytirish, 
xamkorlikda 
ish-lashga 
o‘rgatish. 
Kasbiy 
faoliyatga 
mukammal 
tayyorlash. 
5- bosqich. 
Ma‘ruza 
yangi 
mavzu 
2-qismi  bayon 
etiladi 
20 
minutgacha  
Yangi mavzu 
 2-qismi bayon etiladi. 
Talabalar 
diqqat 
bilan 
eshitadi. 
Tahlil qilib boradi. 
 
Yangi 
tushunchaga 
ega bo‘lishadi. 
6- bosqich. 
Aqliy hujum 
 
 
5 minut 
Yangi 
mavzu 
tayanadigan 
tushunchalar  bo‘yicha 
savollar beriladi Bunda 
tayanch 
tushunchlar 
oldingi 
bosqichdagi 
ma‘ruzadan 
ham 
beriladi. 
Fikrlarning 
talabalar 
tо-mоnidan 
kiritilishini 
tashkil 
qiladi,  ular  faоliyatini 
kuzatadi, 
zarur 
хоllarda 
to‘g‘ri 
yo‘nalish bеrib bоradi. 
Mavzu 
bo‘yicha 
sanoq  sistemalari 
va  ularning  turlari 
uzluksiz axborot va 
diskret 
axborot 
tushunchalarini 
egallab olishadi. 
Talabalarni 
muam-mоni 
o‘rganish  jara-
yonida 
faоlligini 
оshirish, 
ularning 
mustaqil          
fikrlash 
qоbiliyatlarini 
rivоjlantirish, 
dun-
yoqarashini 
kеngaytirish, 
hamkоrlikda 

 
39 
ishlashga 
o‘rgatish. 
 
7-bosqich. 
Ma‘ruza  yangi 
mavzu 3-qismi 
bayon etiladi 
15 minut 
Yangi  mavzu  3-  qismi 
bayon etiladi 
 
 
 Talabalar 
diqqat 
bilan 
eshitadi. 
Tahlil qilib boradi. 
   Yangi 
tushunchaga 
ega bo‘lishadi. 
8- bosqich. 
Yakuniy qism 
 
 
10 
minutgacha 
 Talabalar  tomonidan 
berilgan 
savollarga 
javob 
beradi. 
Talabalar  tomoni-dan 
amalgam 
oshirilgan 
faoliyatni  taxlil  qiladi, 
mashg‘ulotga  yakun 
yasaydi. 
 
 O‘z 
faoliyatlariga 
baho  beradilar,  eng 
maqbul 
fikr 
variantlarini 
ko‘rsatadilar, fikrlar 
ximoyasi 
yu-
zasidan 
qo‘shimchalar, 
aniqliklarni 
kiritadilar  va  ularni 
isbotlaydilar. 
Talabalarda 
musta-qillik, 
faollik, 
ijod-
korlik, 
mas‘uliyatlilik, 
vatanparvarlik, 
tashabbuskorli
k  xissini  tarkib 
toptirish 
va 
rivojlantirish. 
 
1. Саноқ системалари. 
 
ЭҲМ ─ бу электрон рақамли қурилмадир. Электрон қурилма дейилишига 
сабаб  ҳар  қандай  маълумотлар  ЭҲМ  да  электр  сигналлари  орқали  қайта 
ишланади.  Рақамли  дейилишига  сабаб  ЭҲМ  да  ҳар  қандай  маълумот  сонлар 
ѐрдамида тасвирланади.  
Сонларни  ѐзиш  усулига  саноқ  системаси  деб  аталади.  Сонларни  ѐзиш 
учун  ҳар  бир  саноқ  системасида  ўзига  хос  турли  белгилар  тўпламидан 
фойдаланилади.  Фойдаланилган  тўпламдаги  белгилар  уларнинг  сони,  саноқ 
системасини  ҳарактерловчи  асосий  катталиклардир.  Саноқ  системасида 
фойдаланиладиган  белгилар сони саноқ  системасининг  асосини  ташкил  этади. 
Берилган  саноқ  системасида  сонларни  ѐзишдаги  фойдаланилган  белгилар 
сонига  қараб,  ўнлик,  иккилик,  саккизлик,  ўн  олтилик  ва  бошқа  саноқ 
системаларни киритиш мумкин. Шу билан бирга саноқ системаларини позицион 
ва  нопозицион  турларга  ажратиш  мумкин.  Позицион  саноқ  системасида 
берилган соннинг  қиймати  сонни  тасвирловчи  рақамларнинг  эгаллаган  ўрнига 
боғлиқ  бўлади.  Мисол  сифатида,  0,1,2,3,.  .  .  ,9  араб  рақамларидан  ташкил 
топган  ўнлик  саноқ  системани  қараш  мумкин.  Нопозицион  саноқ 
системаларида, белгининг қиймати унинг эгаллаган ўрнига боғлиқ эмас. Мисол 
сифатида  рим  рақамлари  саноқ  системасини  келтириш  мумкин.  Масалан  ХХ 
сонида Х рақами, қаерда жойлашганига қарамасдан ўнлик саноқ системасидаги 
10 қийматини англатади. 
Қуйидаги  жадвалда  ўнлик  саноқ  системасида  берилган  1  дан  16  гача 
сонларнинг  иккилик,  саккизлик  ва  ўн  олтилик  саноқ  системаларидаги 
кўриниши келтирилган. 

 
40 
13    2
12    6     2     
1    6     3     2
0     2     1     2
1     0     0 

-
-
-
-
13    2
12    6     2     
1    6     3     2
0     2     1     2
1     0     0 

-
-
-
-
 
 
САНОК СИСТЕМАЛАРИ 






10 
16 
















10 







11 
10 






100 
11 
10 





101 
12 
11 
10 




110 
20 
12 
11 
10 



111 
21 
13 
12 
11 



1000 
22 
20 
13 
12 
10 


1001 
100 
21 
14 
13 
11 


1010 
101 
22 
20 
14 
12 
10 
А 
1011 
102 
23 
21 
15 
13 
11 
В 
1100 
110 
30 
22 
20 
14 
12 
С 
1101 
111 
31 
23 
21 
15 
13 
Д 
1110 
112 
32 
24 
22 
16 
14 
Е 
1111 
120 
33 
30 
23 
17 
15 

10000 
121 
100 
31 
24 
20 
16 
10 
 
 
Бу жадвал бўйича бир саноқ систамасидан иккинчисига ўтиш масаласини 
кўриб  ўтайлик.  Масалан:  10  лик  саноқ  системасидаги  13  сонига  8  лик  саноқ 
системасида 15 сони мос келади ва у 13 ни 8 га бўлинганда ҳосил бўлган бутун 
сон 1 ва колдиқ 5 лардан ташкил топган. Худди шунингдек 13 ни 6 га бўлганда 
ҳосил бўлувчи бутун сон 2 ва қолдиқ 1 лар 21 сонини ҳосил қилади. Бу сон 13 
сонининг 6 лик саноқ системасидаги қийматидир.  
Одатда  бирор  Х  сонининг  қайси  саноқ  системасига  тегишлилигини 
кўрсатиш  учун  унинг  пастида  индекс  сифатида  зарур  саноқ  системасининг 
асоси кўрсатилади. 
Масалан,  Х
6
  –  Х  сонининг  6  лик  саноқ  ситемасига  тегишли  эканлигини 
кўрсатади.  
13
X
10
  сонининг  Х
2
-иккилик  саноқ  системасидаги  кўринишини 
топайлик.  Юқоридагидек,  13  ни  кетма-кет  2  га  бўламиз  ва  бўлишни  то  бутун 
қисмида ноль ҳосил бўлгунча давом эттирамиз. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
41 
175   12
12     14   12
55   12     1
50     2 
5
-
-
-
175   12
12     14   12
55   12     1
50     2 
5
-
-
-
 
Ўнгдан  чапга  тартибида  ѐзилган  қолдиқлар,  яъни  1101  сони 
10
10
13
X
 
сонининг иккилик саноқ системасидаги кўриниши бўлади.  
Энди  8  лик  саноқ  системасидан  10  лик  саноқ  системасига  бўлиш  йўли 
билан ўтишга доир мисоллар кўрайлик. Масалан, жадвал бўйича 15
8
 га 13
10
 мос 
келади.  Энди  уни  топиб  курайлик,  бунинг  учун  15
8
  ни  10  лик  саноқ 
системасининг  асоси–10  нинг  8  лик  саноқ  системасидаги  кўриниш  –  12  га 
бўлиш керак бўлади. 15
8
 ни 12
8
 га бўлса бутун қисмида 1 ва қолдиқда 3, яъни 
13
10
 – ҳосил бўлади. Бунга жадвал орқали ишонч ҳосил қилиш ҳам мумкин.  
Иккинчи  мисол:  175
8
  сонини  10  лик  саноқ  системасидаги  кўринишини 
топиш  талаб  қилинган  бўлсин.  Худди  юқоридагидек  175
8
  ни  12
8
  га  кетма-кет 
бўламиз.  Эслатиб  ўтамиз,  бўлиш  амали  8  сонлик  саноқ  системасида  олиб 
борилади. (Жадвалга қаралсин) 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-қоида,  Р  саноқ  системасида  берилган  сонни  Q  саноқ  системасига 
ўтказиш  учун, Р саноқ системасидаги  Х  сони  Q  саноқ системасининг  асосига, 
яъни Q га кетма-кет, то бутун қисмида 0 ҳосил бўлгунча давом эттириш керак. 
Қолдиқлар ўнгдан чапга караб кетма-кет ѐзилса, Р саноқ системасида берилган 
Х
р
 сонининг Q саноқ системасидаги Х
q
 кўриниши ҳосил бўлади. Бўлиш амали 
берилган Р саноқ системасида амалга оширилади. 
Баъзи  бир  саноқ  системаларидан  иккинчисига  қулайроқ,  осонроқ  ҳолда 
ўтиш имкониятлари мавжуд. Хусусий ҳолда, 2 га каррали сонларнинг биридан 
2 иккинчисига ўтиш қоидасини кўриб ўтамиз.  
Масалан,  8  лик  саноқ  системасида  берилган 
5361
X
8
  сонидан  Х
2
  га 
бўлиш учун, Х
8
 нинг ҳар бир рақамини 2 ликдаги кўриниши-триадалар (
8
2
3

билан 
алмаштириб 
чиқамиз: 
                                             
1
6
3
5
001
110
011
101
2
X
 
16
2
8A
D
 ни 2 лик саноқ системасига ўтказиш учун унинг ҳар бир рақамини 
2 лик саноқ системасидаги тўртликлар-тетрадалар билан алмаштирамиз: 
2
8
0010
1010
1000
1101
2
A
D
X
 
Иккилик  саноқ  системасида  берилган  сондан  8  лик  саноқ  системасига 
ўтиш  учун,  унинг  ўнг  томонидан бошлаб  ҳар  бир  учликларни  (триадаларни)  8 
ликдаги мос рақамлар билан алмаштирамиз. Масалан  
5
2
2
1
1225
101
010
010
001
8
2
X
 

 
42 
Юқоридаги Х
2
 сонини 16 лик саноқ системасига ўтказиш учун Х
2
 ни ўнг 
томондан бошлаб тўртликлар (тетрадалар) билан алмаштирамиз. 
5
9
2
295
0101
1001
0010
16
2
X
 
Энди, ихтиѐрий саноқ системасидан ўнлик саноқ системасига  ўтишнинг 
хусусий қоидасини кўриб ўтамиз. 
Саккизлик  саноқ  системасида  берилган  соннинг  175
8
  ўнлик  саноқ 
системасидаги  кўринишини  Х
10
  топиш  талаб  этилсин.  Бунинг  учун    берилган 
соннинг 8 лик саноқ системасидаги ѐйилмасини ѐзиб оламиз. 
8
0
1
2
8
8
)
10
5
10
7
10
1
(
175
X
 
ва 8 лик саноқ системасида 
8
10
8
 эканлигини ҳисобга олиб топамиз. 
10
10
0
1
2
8
125
)
5
56
64
(
)
8
5
8
7
8
1
(
X
 
Худди, юқоридагилардек қуйидаги мисолларни ҳам қуриш мумкин. 
10
10
10
0
1
16
0
1
16
16
171
)
11
160
(
)
16
11
16
10
(
)
10
B
10
A
(
AB
X
 
10
10
0
1
2
6
0
1
2
6
6
70
)
6
4
6
5
6
1
(
)
10
4
10
5
10
1
(
154
X
 
Шу  пайтгача  биз  бутун  сонларни  бир  саноқ  системасидан  бошқасига 
ўтказиш  билан  шуғулландик.  Каср  сонларни  бир  саноқ  системасидан 
иккинчисига  ўтказиш  учун,  унинг  бутун  қисми  юқорида  келтирилган  қоида, 
яъни бўлиш асосида амалга оширилади. Каср қисмини Р саноқ системасидан Q 
саноқ  системасига  ўтказиш  учун  каср  сонни  Q  га  кетма-кет  кўпайтиришда 
ҳосил  бўлган  соннинг  бутун  кисмлари  кетма-кетлиги,  берилган  сон  каср 
қисмининг Q саноқ системасидаги кўринишини ҳосил қилади. Мисол сифатида 
ўнлик  саноқ  системасида  берилган 
205
,
25
X
10
  сонини  8  лик  саноқ 
системасига  ўтказайлик.  Берилган  соннинг  бутун  қисми-25
10
  саккизлик  саноқ 
системасида  41
8
  га  тенг.  Энди  каср  қисми  0,205  ни  8  лик  саноқ  системасига 
ўтказамиз. Бунинг учун уни кетма-кет 8 га кўпайтирамиз ва ҳосил бўлган бутун 
қисмини чизиқнинг чап томонига ўтказамиз. 
 
 
0    0.205
8
1
0,640
8
5
0,040 
8
0    0,320
8
2    0,560
0    0.205
8
1
0,640
8
5
0,040 
8
0    0,320
8
2    0,560
 

 
43 
0,205  ни  8  га  кўпайтирганимизда  1,640  ҳосил  бўлади  ва  унинг  бутун 
қисмини чизиқнинг чап томонига ўтказамиз. Кейин 0,640 яна 8 га кўпайтирамиз 
ва  ҳосил  бўлган  5,040  сонининг  бутун  қисмини  чизиқнинг  чап  томонига 
ўтказамиз. Кўпайтиришни шу тарзда давом эттирамиз натижада 0,1502
8
 сонини 
ҳосил  қиламиз  ва  бутун  қисмини  41
8
  ни  ҳисобга  олиб,  берилган 
205
,
25
X
10
сонининг  8  лик  саноқ  системасидаги  кўринишини  топамиз: 
...
1502
,
41
8
X
 
Шундай қилиб, каср сонни бирор Р саноқ системасидан иккинчи Q саноқ 
системасига ўтказиш учун каср қисмини Q саноқ системасининг асосига кетма-
кет кўпайтириш керак ва бутун қисмида пайдо бўлган рақамлар кетма-кетлиги 
берилган  сон  каср  қисмининг  Q  саноқ  системасидаги  кўринишини  ҳосил 
қилади.  Бутун  қисми,  юқорида  зикр  этилганидек,  бўлиш  ѐрдамида  ҳосил 
қилинади. 
Саноқ системаларида арифметик амалларга доир мисоллар келтирамиз. 
Қўшиш ва айириш 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
44 
101,0111
2      
1001,01
2
1110,1011
2
625,07
8
177,24
8
1024,33
8
11,01
2
10,1
2
1101
0000
1101
1000,001
2
1000,001  10,100
10100     11,01
0011001
10100
0010100
10100
0    
1110,1011
2
101,0111
2
1001,0100
2
1024,33
8
177,24
8
625,07
8
Купайтириш
:
125
8
47
8
1123
524
6363
8
6363
8   
47
8
47       125
8
146
116
0303
303
0
булиш
:
+
+
х
х
-
-
-
-
-
-
-
-
101,0111
2      
1001,01
2
1110,1011
2
625,07
8
177,24
8
1024,33
8
11,01
2
10,1
2
1101
0000
1101
1000,001
2
1000,001  10,100
10100     11,01
0011001
10100
0010100
10100
0    
1110,1011
2
101,0111
2
1001,0100
2
1024,33
8
177,24
8
625,07
8
Купайтириш
:
125
8
47
8
1123
524
6363
8
6363
8   
47
8
47       125
8
146
116
0303
303
0
булиш
:
+
+
х
х
-
-
-
-
-
-
-
-

 
45 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling