O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti


Download 18.22 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi18.22 Kb.
#1102118
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
11-mavzu


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

<
> fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

Maktabgacha tarbiya fanidan


REFERAT


Mavzu: Bola shaxsini rivojlanish omillari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sport musobaqalarini o’tkazish.

Bajarildi: 223 Masharipova Sh.
Qabul qildi: dots. Z.Adilov

Urganch 2022
Bola shaxsini rivojlanish omillari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sport musobaqalarini o’tkazish
REJA:
1.Bolani shakllarntiruvchi uch omil.
2.Bola shaxsi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
3.Bolani shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish.

Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.


Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. 
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri 
sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.


Jismoniy rivojlanish buyicha o’sishi, vazinning kuchini ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, xarakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir.
Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak- atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o’zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattlar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo’lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo’ladigan faoliyat, o’yin, oddiy mehnat va o’quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o’zlashtirib olmaydigan, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanida asos bo’lib xizmat qiladi. M: kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki xarakat va tasavvurlar, tasurotlar shakllana boshlaydi.
Xarakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan xarakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo’l bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatning o’ziga xos tomonlarini egallab boradi.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o’yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o’z-o’zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.

Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o`zaro bog`liqligi muhim muammolardan bo`lib, u ko`p munozaralarga sabab bo`ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko`plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro`yobga chiqadi.


Inson hayot ekan, butun umri davomida o`sib, rivojlanib, o`zgarib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uniig shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog`liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsiy ma'lum ijtimoiy tuzumniig mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga buysunadi.
Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog`ligi biologik omilga bolg`liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo`lgan irsiyatning, ya'ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e'tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug`ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug`ilgandan so`ng unda shaxs bo`lib shakllanishi, yetuk inson bo`lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo`ladi. Bola o`zining avlod-ajdodlaridan ko`pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o`tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga kam ta'sir ko`rsagadi. Shunday ekan, sog`lom ota-onadan sog`lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Tarbiya shaxsni rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o`zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantirunchi omil bo`lmog`i uchun tarbiyalanunchi jamiyatning tarbiya oldiga qo`ygan talablarini, shaxsning o`ziga xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchilikni e'tirof etish bilan birga ularniig o`zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi.
Bolalarni o`qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati pedagoglarning har xil yoshdagi bolalar o`rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog`liqdir. Shunday ekan, 
Download 18.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling