O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 495.44 Kb.
|
Amaliyot Hisoboti jamshidbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazgan pedagogik amaliyot yakuni yuzasidan yozgan HISOBOTI Urganch-2023 Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 5130200-Amaliy matematikava informatika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 193-amaliy guruhi talabasi Jumanazarov Jamshidbek 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazgan pedagogik amaliyot yakuni yuzasidan yozgan HISOBOTI Urganch-2023 Kirish Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Biz ham olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo‘llab ko‘rish maqsadida o‘quv rejasiga asosan 2022-yil 1-noyabrdandan 2023-yil 14-yanvargacha 9 hafta maboynida pedagogik amaliyotda bo‘ldik. Pedagogik amaliyotga ketishdan oldin 2022-yil 1-noyabr kuni Fizika-matematika fakultetida 4-kurs talabalarini pedagogik amaliyotga yuborish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada dastlab fakultetimiz o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari I.Nafasov fizika-matematika fakulteti pedagogik amaliyot rahbari M.Halillayev, “Matematik tahlil” kafedrasi mudiri R.A.Sharipov, “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri B.Bobojanov, “Fizika” kafedrasi mudiri U.Qutliyev va fakultet professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Ular bizga pedagogik amaliyot davrida nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi haqida ma’lumot berdilar. So‘zga chiqqan ustozlar bizga o‘qituvchilik murakkab kasb ekanligini va sharafli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Shundan keyin hamma talabalar berkitilgan metodisti bilan maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarga ketishdi. Amaliyot rahbari qilib, “Amaliy matematik va matematik fizika ” kafedrasi o‘qituvchisi M.Xasanov amaliyot rahbari qilib berkitildi. Shu kuni men pedagogik amaliyot o‘tash uchun Yangiariq tumani 6-son maktabga bordim. U yerda meni maktabning direktori va matematika o‘qituvchisi Sh.Jumaniyozov va A.Madraximovlar kutib olishdi va meni maktab jamoasi bilan tanishtirishdi. Maktabdan menga matematika o‘qituvchisi A.Madraximov berkitildi. U meni bir qancha hujjatlar bilan bilan tanishtirdi. Menga maktabda 6,7,8-sinflar berkitildi. Amaliyotni boshlashdan oldin shaxsiy ish rejamni tuzib oldim. Reja asosida amaliyotning dastlabki haftasi me’yoriy xujjatlarni o‘rganish, kuzatish haftasi bo‘lib bunda faqat darslarga kuzatish uchun kirdim. Keyingi haftadan boshlab dars jadvali asosida menga berkitilgan guruhlarga darslarga kirdim. Pedagogik amaliyot davrida har kungi ishlarimni reja asosida olib bordim va qilgan ishlarimni va o‘qituvchilar darslarini qanday metodlarda olib borilganini har kuni shaxsiy kundalik daftarga yozib bordim. Download 495.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling