O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 495.44 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi495.44 Kb.
#1132005
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti jamshidbek

O‘quv- o‘qitish ishlari
6,7,8-sinflarga algebra va geometriya fanidan darslarni reja asosida olib bordim. Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni o‘tdim.
Maktabda amaliyot paytimda maktabning kutubxonasiga kirib kerakli kitoblarni olib foydalandim. Amaliyot paytimda maktab jamoasi bilan yaqindan tanishib malakali kadrlardan o‘zimga kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib bordim. Sh.Jumaniyozov, A.Madraximov, va boshqa o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlarini kuzatib bordim va o‘zimga kerakli bo‘lgan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Ularning dars o‘tish metodikalarini o‘rganib bordim. Shu bilan birga ulardan o‘zimga kerakli bo‘ladigan bilimlarni ta’lim texnologiyalarini o‘rganib oldim. Har kungi dars jarayonlarini o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga munosabatlarini intilish va qiziqishlarini o‘rgandim. O‘qituvchilarning darsga tayyorlanib kelishi va dars mashg‘ulotlarini qiziqarli o‘tishlari meni qiziqtirdi. Ayniqsa matematika o‘qituvchisi A.Madraximov matematika darslarida har xil qiziqarli o‘yinlar, tarqatma materiallar va elektron darsliklardan ko‘plab foydalanib o‘quvchilarni fanga qiziqishini orttirib matematika fanini o‘quvchilarga tushunishi va o‘rganishida ijobiy va samarali metodlardan foydalandi.
Men algebra va geometriya darslarini o‘tishda maktabdagi o‘qituvchilarni maslahatlariga tayanib qiziqarli dars o‘qitish metodlarini o‘rgandim va amalda foydalandim. O‘quvchilarni matematika fanidan qanday bilim o‘zlashtirishganini bilib olish uchun har darsda 5-7 daqiqa qisqa savol javob o‘yinlarini o‘tkazdim.
Dars mashg‘ulotlaridan keyin o‘zlashitirshi pastroq o‘quvchilar bilan to‘garaklar olib bordim. To‘garak jarayonida o‘quvchilarga boshlang‘ich tushunchalardan boshladim. Arifmetika, kasrlar, EKUB va EKUK, tenglamalarni yechishning sodda usullari, funksiyalar, triginometriya, planimetriya boblarini qiziqarli tarzda o‘quvchilarga o‘tib berdim. Dars mashgulotlarini o‘tishda maktab matematika o‘qituvchisi tavsiyalariga asoslanib, o‘quvchilar tushunishlari uchun soddaroq va murakkab bo‘lmagan misollardan foydalandim.
O‘qituvchilar talablariga ko‘ra menga berkitilgan 7-sinflarga algebra fanidan ochiq dars o‘tkazdim. Maktabdagi katta o‘qituvchilar ochiq darsimga kirib yutuq va kamchililarimni aytishdi. Ularning fikrlarini maslahatlariga quloq solib keyingi darslarimni yangicha usullarda olib borishga harakat qildim. ‘6’-sinfga matematika fanidan “Butun sonlarni qo‘shish’’mavzusida ochiq dars o‘tkazdim. Ochiq darsimda maktab matematika fani o‘qituvchilari Sh.Jumaniyozov, A.Madraximov va U.Xo’janiyazov qatnashishdi. Darsni noan’anaviy tarzda olib bordim va darsda ko‘pgina yutuqlarga erishdim.
Pedagogik amaliyotning oxirgi haftasida dars mashg’ulotlarini o‘tish bo‘yicha yaxshigina tajribaga ega bo‘ldim. O‘quvchilarga ham ko‘nikib ketdim. Shuningdek past o‘zlashtiruvchi, ya’ni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanish maqsadida ular uchun alohida to‘garak tashkil qildim.
Maktabdagi matematika fanidan olimpiadalar va musobaqalarga qatnashadigan o‘quvchilar bilan darslardan keyin haftada ikki kun qo‘shimcha darslar olib bordim. Geometriya fanining turli qiyinchikdagi masalalarini o‘rgatdim. Maktab ma’muriyati ijodiy ishlarimni va o‘quvchilar bilan qayta o‘zlashtirish uchun o‘tilgan qo‘shimcha darslarimni ma’qullashdi va ijobiy baho berishdi va keying ishlarimda bundanda shijoat bilan ishlashimni tavsiya etishdi. Shu tariqa 2023yil 14-yanvargacha dars mashg‘ulotlarini olib bordim.


Download 495.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling