O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar


Download 495.44 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi495.44 Kb.
#1132005
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti jamshidbek

Guruhdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar.
Haftaning har juma kunlari sinf soatlarini kuzatib keyinroq esa, o’zim ham sinf soatlarini o’zimga biriktirilgan ma’sul o’qituvchi bilan o’tdim. Har bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin alohida shug‘ullandim va har kuni qo‘shimcha topshiriqlar berib nazorat qilib bordim. Tarbiya darslarini o‘tkazishda butun dunyodagi va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan o‘quvchilarni tanishtirib bordim.
Har kungi dars jadvali bo‘yicha 7-sinfga o‘qituvchilarning darslariga kirdim va har bir dars jarayonini diqqat bilan kuzatdim. O‘quvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish uchun qanday metodlardan foydalanish kerakligini o‘rganib shaxsiy kundaligimga yozib bordim.
Maktabda har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklariga bag‘ishlangan tadbirlarni kuzatib bordim. O‘quvchilarning iqtidorlarini bilgan ustozlar har xil qiziqarli va o‘yin kulgiga boy tadbirlarni uyushtirishdi. Bundan tashqari o‘qituvchilarning har bir guruhda o‘tkazgan ochiq darslariga kirib kuzatdim. Boshqa o‘qituvchilarning o‘zlashtirishi pastroq bo‘lgan o‘quvchilar bilan shug‘ullanadigan qo‘shimcha to‘garaklariga kirdim. Bunday to‘garaklarning o‘quvchilarga bilim olishlari uchun yana bir imkoniyat ekanligi va fanni yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun juda samarali ekanligini bilib oldim.
Men pedagogik amaliyot jarayonida shu kungacha universitetda o‘rgangan bilimlarni amaliyotda qanday tadbiq qilish kerakligini, xato va kamchiliklarimni maktabdagi ustozlarning ko‘rsatma va amallariga quloq solib o‘rganib bordim. Guruh rahbarining tarbiya soatlari darslarini qanday o‘tishligini, guruhdagi jurnal va boshqa xujjatlarni qanday yuritish kerakligini va bu xujjatlarning o‘z vaqtida yuritish zarurligini o‘rgandim. O‘quvchilarning maktabdagi o‘qishlari, odob ahloqi bo‘yicha har chorak yakunida ota-onalar bilan yig‘ilishlar olib borilar ekan. Har bir o‘quvchining ota-onasi bilan alohida farzandlarining odobi o‘zlashtrishlari va maktabga o‘z vaqtida maktab formasida kelishligi aytilib tushuntirilib o‘tildi.
Menga berkitilgan 7-sinfda jami 28 nafar o‘quvchi bor. Guruh faollari har kuni darsdan oldin guruh tozaligiga e’tibor bilan qarab, o‘qituvchi darsga kirishidan oldin hammasi dars mashg‘ulotlariga qatnashar ekan. Bu guruhda online o‘qiydigan o‘quvchilar yo‘q va 28 nafar o‘quvchi ham dars mashg‘ulotlariga va qo‘shimcha to‘garaklarga o‘z vaqtida qatnashadi. Men bu guruhdagi o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib turli xil tushunmagan savollariga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berishga harakat qildim. Guruhdagi o‘quvchilarning hammasi bilan yaxshi kelishib ketdim va o‘quvchilarning darslardagi tushunmagan joylarini qo‘shimcha qilib tushuntirib berdim.
Har hafta juma kuni universitetga amaliyotdan keyin menga berkitilgan amaliyot rahbari yoniga borib amaliyot bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar olib bordim.
Maktab psixologi bilan har bir o‘quvchining psixologik xarakterlarini o‘rganib oldim. Har chorakda o‘quvchilarning psixologik bilimlarini bilish uchun turli xil testlar olib borildi. Natijalarga ko‘ra fikrlashida va ongida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan guruh rahbari va psixologlar tushuntirishlar va ularning ota onasiga farzandi tarbiyasiga oid tushuntirishlar berib borishdi. Maktabda asosiy narsa o‘quvchilarning psixologiyasini bilish va ularning yot narsalarga aralashib o‘qishlarida uzilish bo‘lmasligi uchun tez-tez o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borish zarurligini maktab psixologidan o‘rganib oldim va uning tavsiyalariga quloq soldim.
Guruh rahbari bilan maslahatlashib va maktab ma’muriyatining ruhsati bilan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini bekor o‘tkazmaslik uchun kompyuter savodxonligi va badiiy kitob mutolaasi darslarini yo‘lga qo‘ydirdim. Bu to‘garaklarga maktabning turli guruh o‘quvchilari kelishdi. Ota-onalar farzandlarining bo‘sh vaqtlarini bilim o‘rganishga sarflayotganini ko‘rib maktab ma’muriyatgiga minnatdorchilik bildirishdi.



Download 495.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling