Xulosa va takliflar.
Men pedagogik amaliyotning har bir haftasida shaxsiy ish rejamga qo‘shimchalar kiritib bordim. Bu rejalarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilimlarini oshirishga va kelajakda o‘zlari to‘g‘ri kasbni tanlashlari uchun qaratildi.
Men pedagogik amaliyot davrida eng avvalo mutaxassisligimga oid nazariy va amaliy bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishim va ularni tadbiq qila olishim kerakligi, maktab o‘quvchilarining psixologik xarakterlari va fikrlashlarini o‘rganishni, ularni fanga qiziqtirishni eng asosiy deb bildim. Bu qisqa amaliyot davri kelgusidagi ish faoliyatim uchun juda katta dars bo‘ldi. Amaliyotda o‘rganganlarim, xato va kamchililarimni bilib, universitetga borib o‘z ustimda ko‘proq ishlashim kerakligini bilib, shaxsiy reja tuzib oldim. Men maktabdagi ustozlarning o‘gitlari, tavsiyalarini olib universitet professor-o‘qituvchilari bilan o‘z ustimda qayta ishlashni maqsad qildim.
Pedagogik amaliyotning so‘ngi haftasida amaliyot bo‘yicha erishgan yutuqlarim, dars o‘qitishdagi metodlarim, pedagogik va psixologik mahoratlarimni maktab ma’muriyatiga va psixologga baholatdim. Litseyo‘qituvchilari qilgan mehnatlarimni yuqori baholab kelgusidagi ishlarimga rivoj tilashdi.
Pedagogik amaliyotining oxirgi kuni ya’ni 14-yanvar kuni UrDUga yig‘ildik. U yerda fizika-matematika fakultetining 4-kurs amaliyotchi talabalariga konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada fizika-matematika fakulteti dekani dotsent J.Xo‘jamov, “Matematik tahlil” kafedra mudiri R.ASharipov, “Matematik tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Ahmedovlar qatnashdi. Ular so‘zga chiqib amaliyotchilarning ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Men o‘zimning amaliyot davridagi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarim va erishgan yutuqlarim haqida so‘zlab berdim. Konferensiya so‘ngida barcha o‘qituvchilar talabalarga kelgusida o‘qish va ishlariga omad tiladilar.
Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi
193-amaliy matematika va informatika guruhi talabasi Jumanazarov Jamshidbek
Pedagogik amaliyot davridan foto lavhalar
Do'stlaringiz bilan baham: |