O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti fanidan oraliq ish tuzuvchi: ro’zmetova n. Tekshirdi: M


Javoblar: Ergash gaplar va ularni ajratish tamoyillari


Download 105.12 Kb.
bet2/7
Sana07.02.2023
Hajmi105.12 Kb.
#1172407
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 KURS RO\'ZMETOVA NODIRA ONA TILI va BOLALAR ADABIYOTI ORALIQ

Javoblar:

  1. Ergash gaplar va ularni ajratish tamoyillari.



Ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlab, ergash va bosh gaplarning tagiga tegishlicha chizing va bog‘lovchi vositalarni alohida belgilang.
1. Ko‘zlari ich-ichiga tortib, rangi ham bir oz siniqqan edi. (J.Abd.)
2. Baxtiyor odam o‘z baxtini sezmaganday, sen ham hayotda tutgan mavqeingni sezmayapsan, shekilli. (J.Abd.) 3. Dadam o‘sha Alibekni ham qattiqroq tergasa, oyim darrov tarafini olib taltaytirar edi.(P.Q.) 4. Fosiq afandi mojarodan xabardor bo‘lsa kerak, turqida hech qanday ajablanish alomatlari yo‘q edi.(M.Ism.) 5. Abror bir narsa deguncha bo‘lmay, Vazira qizini yana jerkidi.(P.Q.) 6. Bu oqpadar o‘g‘il bilmaydiki, o‘zi jerkib, erga urayotgan kishisi - otasi! (M.Ism.)
O‘qing. To‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling.
1. Murodxo‘ja domlaga shunday kishi uchradiki, unga o‘qish uchun emas, faqat ishlash uchun sharoit kerak.(A.Q.) 2. Bilasanmi, qancha erim bor? (S.Ahm.) 3. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘‘tabar bo‘lsin.(O.) 4. Kim mendan sir yashirsa, o‘shanga qiziqaveraman.(T.Malik) 5. Aql tabiatning insonga bergan bebaho in’omiki, u bilan hayotning hamma chigalliklari echiladi.(Gippokrat)
6. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar.(O.) 7. Bu shunday bir madrasa bo‘ladiki, ro‘yi zaminda uning tengi topilmaydi. (Mirm.) 8. Nodon o‘ylamabdiki, uyida u yo‘q bu yo‘qligiga eri aybdor emas.(M.Ism.) Ko‘rib turibsizki, u ertak kio‘imi emas, shu zamonda yashab turgan bir o‘smir.(M.Ism.) 9. Ishq-muhabbat moddiy narsa emaski, tarozida tortib yo metrda o‘lchab ko‘rsak.(M.Ism.) 10.Haqiqatan ham, biron xalq yo‘qki, uning tili madaniy saviyasidan past bo‘lsin.(M.Ism.) 11. YAxshi fazilat shunday ulug‘ narsaki, uni odam hayotining ma’naviy xazinasi desa bo‘ladi.(M.Ism.)
Payt va o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling.
1. U shunday xayollar bilan band ekan, pastki so‘qmoqda giyoh shitirlagandek bo‘ldi.(S.Ahm.) 3. Qaerda bo‘lsa, xotini uning yonida edi.(S.Ahm.) 4. Muharrir hozir keltirilgan choydan ikki ho‘plab endi bizga qaragan edi, eshikdan birov kirib keldi.(A.Q.) 5. Ehson sheriklaridan ayrilib kelar ekan, Saidiyni sababi o‘ziga ham aniq bo‘lmagan yana bir vahima bosdi.(A.Q.) 6. SHu kundan boshlab Soraxon har kirganida, Saidiy yangi bir narsa kashf qila boshladi.(A.Q.) 7. Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to‘rt qadam bosgandi hamki, orqadan haligi qizning ovozi eshitildi.(J.Abd.) 8. Yuqoriga chiqib qarasam, hamma dong qotib yotibdi.(A.Nesin) 9. Hamma o‘rnidan qo‘zg‘alib, ta’zim bajo keltirib turarkan, Husayn Boyqaro asta mag‘rur yurib, boshqa xonaga o‘tib ketdi.(O.) 10. O‘sha guzar tamom bo‘lgach, ko‘cha sharqdan g‘arbga buriladi.(S.A.) 11. Hali stolni yasatib ulgurmagan ham ediki, cho‘pon yigit “Moskvich”da to‘rxalta to‘la baliq olib keldi.(S.Ahm.) 12. U artinib ulgurmay, deraza qattiq taraqladi.(J.Abd.)

Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling