O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch innavatsion universiteti tarix 22/11-guruh talabasi Karimova Mahfuza Jahon tarixi fanidan


Download 44.93 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi44.93 Kb.
#1282542
  1   2
Bog'liq
4. KARIMOVA MAHFUZA - XETT


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

URGANCH INNAVATSION UNIVERSITETI


Tarix 22/11-guruh talabasi
Karimova Mahfuza
Jahon tarixi fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Xett davlati diplomatsiyasi va tashqi siyosati.


Qabul qildi: ________________________________

Topshirdi: ________________________________

Urganch-2023




Reja:

  1. Kirish.



  1. Asosiy qism:



  1. Xett davlati.

  2. Xett davlati tarixi va uning shakllanishi.

  3. Xett davlati diplomatiyasi.



  1. Adabiyotlar.

“Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fani Jahon tarixining eng qadimgi davrlaridan to bugungi kunga qadar bo’lgan davriy chegara oralig’ida mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixini o’rganadi. Turli davrlarda mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlar va elchilik aloqalari tarixini yoritish kursning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ma’lumki, iqtisodiy asosi qulchilik munosabatlarini o’z ichiga olgan qadimgi dunyoda diplomatiya davlatlarning tashqi siyosatga doir masalalarini hal etuvchi muhim omilga aylangan. Quldorlik tuzumi taraqqiyotdan to’xtab qolmagan. U bosqichma-bosqich bir nechta jarayonlarni boshdan kechirgan. Urug’-qabilaviy munosabatlardan butkul qutilib ulgurmagan ilk quldorlik jamiyatlari Qadimgi Misr, Ossuriya, Xett podsholigi, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston kabi davlatlarning shakllanishiga muhim turtki berdi. Ushbu diniyharbiy boshqaruvga asoslangan davlatlarning tashqi siyosati asosan bosqinchilik xarakteriga ega edi. Yangi yerlarni bosib olish, qullar va chorva mollarini qo’lga kiritish, boyliklarni talash maqsadida tez-tez urushlar sodir bo’lar edi. Bunday urushlar xalqaro masalalarni hal etishning yagona yo’li hisoblangan. Quldorlik tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o’rtasida diplomatik munosabatlarga ehtiyoj sezilgan. Qadimgi Sharqning yirik hukmdorlari ba’zi o’zaro masalalarni diplomatik yo’l bilan hal etishga alohida e’tibor qarata boshlaganlar. Nikoh diplomatiyasi xalqaro munosabatlarda o’z o’rniga ega bo’lib bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga yechim topishda asosiy vosita bo’lib qolavergan. Tovar-pul munosabatlariga asoslanuvchi rivojlangan quldorlik jamiyatlari – Qadimgi Yunoniston va Rimda xalqaro munosabatlar hamda diplomatiya yangi bosqichga qadam qo’ygan. O’z yerlarini kengaytirish, qullarni qo’lga kiritish, bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o’z maqsadlariga erishishi yo’lida ittifoqlar tuzganlar, turli siyosiy diplomatik o’yinlarni amalga oshirganlar.


Xett podsholigi — Kichik Osiyodagi qad. davlat (mil. av. 18—12-asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxminan 18-asr)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas sh.larini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qad. xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (17-asr oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shimolidagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan.sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (17-asr oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-asrlarda Xett podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-asr boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shim. Finikiyadagi qad. shahardavlat)ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr oxiri — 12-asr boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. X.P.ning oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-asr oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.

Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Er. avv. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to`g`risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o`tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo`lganini ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bug`ozqoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishadi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o`n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett-Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga keladi. Natijada Xett davlati tarixini o`rganish kuchayib ketadi. Olim A.Getse 1933 yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari A. Getse 1933 yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etadi. Muallif Xett davlatining harbiy va sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratadi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o`xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta`rifladi. Lingvist va arxeologlar Xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlar, xurrit qabilalarini o`rnini ko`rsatadigan dalillarni topdilar.
Kichik Osiyo davlatchiligida bevosita Xettdan keyin Yunon tasiri kuchayib, Troya davlati tashkil topib o‘z davrning qudratli davlatiga aylanadi. Qadim Troyani tadqiq 1870 yildan etgan nemis olimi G. SHliman aynan Turrkiyaning shimoliy – g’arbiy xududlarida eramizdan avvalgi 2 min yillikning oxirlarida o‘ziga hos davlatchilik bosqichi bo‘lganligini aniqladi1.
Qadimgi Xett podsholigi (er. avv. XVIII-er. avv. XVI asrlar). Er. avv. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi. Eng avvalo, metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga oshiriladi. Bu davrda Sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilyatsiya qiladilar.
Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er. avv. XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlarning birini hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko`ligacha bo`lgan hududlarni egallab, bepoyon davlatni barpo qiladi.
Xettlar poytaxti bo’lgan Xattusa shahri arxivlaridan topilgan mixxat bilan yozilgan sopol parchalari ushbu podsholik diplomatiyasi tarixiga oid asosiy manbalar hisoblanadi. Xett podsholarining solnomalarida ham qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Xett hukmdorlari asosan harbiy kuch tufayli erishgan tashqi siyosiy muvaffaqiyatiarini diplomatik shartnomalar orqali mustahkamlashga intilganlar. Shartnomalarda davlatlar o’rtasidagi chegaralar kelishib olingan. Qaram podshoga boshqa davlatlar bilan separat bitim imzolash va ittifoqlarga a’zo bo’lish qat’iyan ma’n etilgan. Xett podshosi urushga kirgan paytda u bilan shartnoma tuzgan tomon majburiy tarzda o’z qo’shinlarini urushga safarbar etishi shart bo’lgan. “Betaraflik” yoki xettlar dushmani bilan maxfiy aloqada bo’lish g’animlik 10 harakati deb baholangan. Shartnomalarning ko’plab moddalari ichki va tashqi dushmanlarning har qanday tajovuzlariga qarshi birgalikda kurashishga bag’ishlangan bo’lib, uning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taaluqli bo’lishi mumkin edi. Shartnomada ko’zda tutilgan shartlarning to’liq bajarilishi ustidan nazorat qilish asosan guvoh - xudolar zimmasiga yuklatilgan. Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muhim o’rin egallagan. Xett podsholarining qizlari boshqa davlatga uzatilgan vaqtda ularga bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolatlovchi shartlar ilgari surilargan. Xett manbalarida diplomatik elchilik vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs, “aso odami” (gerold) haqida ma’lumotlar uchraydi. Ushbu daraja oddiy elchi yoki vakil darajasidan ancha yuqori hisoblangan, chunki “aso odami” unvoni ko’p hollarda podsho urug’iga mansub kishilarga berilgan. Hukmdorlarning diplomatik munosabatlarida mirzalar (kotiblar) muhim rol o’ynagan. Ular o’z hukmdorining ko’rsatmalariga, xettlarning o’zida shakllangan mezonlarga tayanib, shartnomalar va xatlarning matnlarini tayyorlaganlar. Xett jamiyatining talabalaridan kelib chiqib, mirzalar bir necha tillarni bilishlari lozim bo’lgan. Ular maxsus mirzolar maktablarida ta’lim olganlar.
Qadimgi Xett davlatida urug`-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo`lgan. Xett podsholari o`z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol ko`tarishga qobiliyatli bo`lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yig`ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvida faol qatnashib, o`zlarining kuchli tayanchi bo`lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yig`iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o`ynaganlar.
Qadimgi Xett an’anasiga ko`ra, podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Ko`pincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining o`g`illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko`ra, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot etsa, malika o`z unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bo`lish uchun, sobiq podshoning bevasi-malikaning o`limini kutib turgan. Anita vafotidan keyin, er. avv. XVII asr oxirida boshqa Xett urug`i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr tog` tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini “dengizdan-dengizgacha” kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta`sirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o`zlariga unvon sifatida qabul qildilar.
Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o`g`li Xattusilini o`z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko`chiradi (Shu voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda “Xett” deb atala boshlanadi).
Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yo`ldagi asosiy savdo markazi bo`lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga ko`pgina da’vogarlar bo`lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo`ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida o`zaro kelishmovchiliklar boshlanadi.
O`zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek qo`yadi. Uning davrida faqat podshoning o`g`li taxtga chiqish huquqiga ega bo`ladi. Agar podshoning o`g`illari bo`lmasa, uning singlisining o`g`li va eng so`nggida podshoning kuyovlari taxtga davogar bo`lish qoidasi o`rnatiladi. Taxt vorisligining bunday tartibi qat’iy bo`lib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» o`z huquqini saqlab qoladi. Pankusning yuqori pog`onasi bo`lgan «tuliya» hal qiluvchi rol o`ynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo`lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o`lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Tadqiqotchilar, bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisoblaydilar.
Telepin va uning o`g`li hukmronligidan so`ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr O`rta Xett podsholigi davri (er. avv. XV asr ) deb nom oladi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana og`irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati go`yoki tushkunlikni boshdan kechiradi.
Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. Yangi Xett davrining xo`jalik va ijtimoiy munosabatlarini tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. Xo`jalikning asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (metallurgiya va metallardan mehnat qurollari tayyorlash, kulolchilik, quruvchilik ishlari va h.k) tashkil qilgan. Dehqonchilikda sun’iy sug`orish sezilarli bo`lmagan. Sun’iy sug`orish inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan. Xo`jalikda savdo ham muhim o`rin tutgan. Yer egaligi podsho yerlari, ibodatxona yerlari, jamoa yerlaridan iborat bo`lgan. Davlat yerlariga egalik qilish va foydalanish natural (saxan)va mehnat (lussi) majburiyatlarini o`tash bilan bog`langan. Saxan va lussidan ibodatxona yerlari ozod qilingan. Podsho xizmatida bo`lgan xususiy kishilarning yerlari, podshodan hadyaga olingan yerlar ham saxan va lussi bilan bog`langan majburiyatlardan ozod qilinishi mumkin bo`lgan. Davlatning diniy markazlari bo`lgan Arinna, Nerika va Siplanda shaharlarining kohinlari, to`quvchilari, xizmatchilari majburiyatlarni o`tashdan ozod qilinganlar.
Hunarmandchilikning rivojlangani to`g`risida ma`lumot beradigan qonunlar va boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. Mehnat qurollari va harbiy qurol-aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo dastlab mis, keyinchalik qalay bo`lgan. Temirdan faqat diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz miqdorda foydalanilgan.
Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh kohin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ishlovchilar o`z yerlariga biriktiribqo`yilib, turli soliq va majburiyatlarni o`taganlar. Xett davlati ma’muriyati qarori bilan ekin yerlari ishlovchilar bilan birga o`z foydasiga soliq yig`ish huquqi bilan podsho amaldorlari va ibodatxonalar ixtiyoriga berilganlar. Ayrim ibodatxonalar umumdavlat soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet yorliqlarini olgan. Davlat va ibodatxona yerlaridan tashqari, boshqa yerlar xususiy mulk bo`lib, oldi-sotdi qilingan.
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo`lingan: soliq to`lovlari va boshqa majburiyatlarni o`tovchi (podsho, ibodatxona yoki xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo`lmagan mavqega ega bo`lib, kamsitilganlar. To`la ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. Xett davlati ma`muriyati tomonidan bosib olgan hududlarni boshqarmagan, balki ulardan faqat xiroj olish bilan cheklagan. Qaram hududlar, davlatlarni o`z mahalliy hokimlari boshqargan. Lekin ular turli to`lov va majburiyatlarni o`tashga majbur bo`lgan.
Shaharlarning aholi yashash markazlari sifatida vujudga kelishi dunyo tarixidagi eng uzoqqa cho`zilgan bo`linishni yuzaga keltirdi: shahar va qishloqning bo`linishi. Daryo bo`yida joylashgan shaharlarda odamlar ixtisoslashgan mehnatga va mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan hayot tarziga o`tishdi. Bunga farqli ravishda, qishloq aholisi o`z yerlari bilan qolishdi, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugùllanishdi, lekin ular donli va chorva mahsulotlarini shahar markazlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ayirboshladilar. Shu sabab ushbu bo`linish ajralishni yuzaga keltirmadi, chunki ikkala hayot tarsi o`zaro bog`liq edi. Shahar va qishloqning bo`linishiga qaramasdan , ikkala dunyo o`rtasidagi aloqa saqlanib qoldi oilaviy rishtalar, savdo, siyosat, va din orqali. Shaharlashuvning rivojlanishi intellektual siljishlarga zamin yaratdi. Ulkan siljishlardan biri yozuv tizimining kashf etilishi, u odamlarga tovushlar va so`zlarni tasviriy belgilar orqali ifodalash va yozib qoldirish imkonini berdi. So`zlar va fikrlarning ramziy belgilar bilan ifodalanishi misli ko`rilmagan madaniy inqilob bo`lib, odamlarning muloqot darajasi va xotirasini kengaytirdi: ulamolar og`zaki gaplarni, oxir –oqibat esa hattoki daryo havzalaridagi yashash hududlari haqidagi dostonlarni ham yozuvga aylantirish yo`llarini topishdi.
Xett madaniyati. Xett jamiyatining o`z madaniy tarqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett madaniyatida, ayniqsa, xurritlarning ta’siri kuchli bo`lgan.
Xett dini o`ziga xos belgilarga ega bo`lgan. Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to`g`risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig`inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi bo`lgan. U bilan birga, xurritlarning chaqmoq xudosi Tesubga ham sig`inilgan. Xattusida quyosh, hosildorlik xudosi Telepinga va mahalliy Kilikiya hosil xudosi Sandanga e’tiqod qilingan. Podsho quyoshga o`xshatilib ilohiylashtirilgan. Shu sababli, xettlar o`z podsholarini «quyoshim» deb sig`inganlar.
Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning «tarjimai hollari» juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan. Ularda yorqin obrazlar, chuqur kechinmalar va o`ziga xos axloqiy qarashlar seziladi. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo`lishga urinish yaqqol ko`zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to`g`risida ma’lumotlar ham mavjud.
O`rta va Yangi Xett podsholiklari davrida Xett adabiyotida duolar alohida o`rin tutadi. Jahon adabiyotidagi eng birinchi yozilgan tarjimai hol Xattusili III ning tarjimai holi matni hisoblanadi. Qadimgi xett dafn qo`shig`i xett poeziyasining yagona namunasidir.
Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasining mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yodgorlik-uch tilli shumer-bobil-xett lug`atlarining tuzilishidir. Bizgacha Xett podshosining bosh otboqari Kikkuli ismli kishi tuzgan yilqichilik to`g`risidagi ajoyib qo`llanma yetib kelgan. Qo`llanma qadimgi Xett davlati iqtisodiy hayotida yilqichilik muhim o`rin tutganligidan dalolat beradi. Ushbu qo`llanma dunyo tarixida yilqichilik sohasi bo`yicha ilk yaratilgan asardir.
Xett haykal va rel`eflari vazmin va ulug`vorligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari, qal’a devorlari qurish yuqori darajada bo`lgan. Xett madaniyati ko`p asrlik Shimoliy Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o`zida aks ettirgan va boshqa madaniyatlarga ham o`z ta’sirini o`tkazgan. Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham xettlarning madaniy merosi boshqa qo`shni mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o`tkazdi.

Xett diplomatiyasi. Xettlarning tashqi siyosatida diplomatiya muhim o`rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va Old Osiyoning ko`p davlatlari bilan diplomatik aloqalar o`rnatganlar. Bu aloqalar ko`p hollarda maxsus shartnomalar bilan mustahkamlangan. Xett arxivlarida Old Osiyoning boshqa mamlakatlari arxivlariga qaraganda, bir necha marta ko`p miqdorda diplomatik hujjatlar saqlanib qolgan. Xettlar boshqa mamlakatlar bilan davriy ravishda elchilar orqali maktublar, sovg`a-salomlar almashib turganlar. Davlatlar o`rtasidagi aloqalar sulolaviy nikoh shartnomalari bilan mustahkamlangan.


Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muassasa rahbarlik qilgan. Bu yerda elchilar, tarjimonlar, mirzolar ishlagan va shartnomalar matnlari tuzilgan. Shartnomalar odatda ikki tilda: biri xett tili, ikkinchisi akkat tilida tuzilgan. Davlatlararo shartnomalar matnlari podsho oldidagi kengashda muhokama qilingan. Shartnomalarga podsholar muhrlari tushirilgan. Matnlar loy, metall (kumush, jez, temir) taxtachalarga bitilgan. Shartnomalar matnlari yozilgan taxtachalar mamlakatning oliy xudolari haykallari oldida saqlangan. Chunki xudolar shartnomaning bosh guvohlari sifatida kim uni buzsa, jazolash huquqiga ega bo`lganlar.
Xettlarning xalqaro shartnomalarning ko`pchiligida Xett qo`shinlarining harbiy g`alabalari mustahkamlangan. Shu sababli, ularda ko`p hollarda tomonlarning o`zaro munosabatlarning teng huquqda bo`lmagani ko`rinadi. Xett podsholari ko`pincha qaram davlatni o`lpon to`lashga majbur qilganlar. O`lpon to`lovchilar har yili Xett podshosi oldiga kelishga, qaram davlat hududida joylashtirilgan Xett garnizonlariga g`amxo`rlik qilishga, birinchi chaqiriq bilan Xett hukmdoriga qo`shin bilan yordamga kelishga majbur qilinganlar.
Qaram davlat har yili (ba`zida yilida uch marta) shartnomani o`qishlari majbur bo`lgan. Qaram mamlakat hukmdori o`g`illari, nevaralari va evaralari shartnomaga rioya qilishlari shart qilib qo`yilgan. Xett diplomatik amaliyotining o`ziga xos xususiyatlaridan biri xettlarning sulolaviy nikohlariga jiddiy e`tibor berganlaridir. Xett podsholari o`z qizlari va opa-singillarini boshqa podsholarning nikohiga berishga harakat qilganlar. Bu nikohlar har ikki tomonning o`zaro munosabatlarini barqaror bo`lishini ta`minlagan. Xettlar Xett malikalari turmushga chiqqanda albatta bosh rafiqa bo`lishi shartnomada alohida qayt qilingan. Bunday nikohlar vositasida Xett podsholari boshqa davlatlarda o`z ta`sirlarini mustahkamlaganlar. Bundan tashqari, chet davlat taxtining qonuniy vorislari hukmdorni bosh rafiqasining o`g`illari bo`lgan.


Download 44.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling