Shunday ekan, Alloh subhanahu va taolodan xalqimizning porloq kelajagi, davlatimizning ravnaqini so‘rar ekanmiz, ayni paytda qurolli kuchlarning salohiyatini ham so‘rashimiz lozim.
Shunday ekan, Alloh subhanahu va taolodan xalqimizning porloq kelajagi, davlatimizning ravnaqini so‘rar ekanmiz, ayni paytda qurolli kuchlarning salohiyatini ham so‘rashimiz lozim.
Alhamdulillah, yurtimizda istiqlol shamoli esa boshlagandan buyon chorak asr davomida hayotimizning har bir jabhasi bosqichma-bosqich rivoj topib bormoqda. Xususan, ijtimoiy sohada, dinu diyonat, ilm-ma'rifat borasida ham juda ko‘p xayrli ishlar amalga oshmoqda. Jamoatga to‘lib-toshayotgan xonaqohlarimiz, yangi-yangi qurilayotgan va ta'mirlanayotgan muhtasham masjidlarimiz bunga yorqin misoldir. Alloh taolo bu dorilomon kunlarda yashashimizga nimani sabab qildi? Avvalo yurtimizga ato etilgan tinchlik-xotirjamlikni, barqarorlikni sabab qilib berdi.
Bu tinchlik, barqarorlik esa Vatan sarhadlarini qo‘riqlab turgan, tinchligimizni ta'minlab turgan, toat-ibodatlarimizni emin-erkin ado etishimizni kafolatlab turgan qurolli kuchlarimizning, tinchlik posbonlarimizning kechani kecha, kunduzni kunduz demay, sergaklik bilan, hushyorlik bilan qilayotgan xizmatlarining samarasidir.

Ammo yoshlarimiz bunday fidokorona xizmat qilishi uchun, Vatanga sodiq bo‘lishi uchun biz mo‘min-musulmonlar, yurt fuqarolari nima qilishimiz kerak? Bizning vazifamiz – yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga Vatanga muhabbat hissini, shu jannatmakon yurtda tug‘ilib-o‘sganidan faxrlanish tuyg‘usini singdirishimiz kerak. Shuning uchun bugungi suhbatimizda dinimizda Vatanga munosabat qanday bo‘lishi lozimligi haqida so‘z yuritmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |