O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH INNAVATSION UNIVERSITETI
Tarix 22/11-guruh talabasi
Rustamova Marjona
Tarbiya fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Vatanparvarlik manfaatdorlik va ko’zbo’yamachilik emas. Vatan taqdirimiz.
Qabul qildi: ________________________________
Topshirdi: ________________________________
Urganch-2023
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
Vatan onamiz kabi muqaddasdir.
Inson hayotida Vatan tushunchasining o`rni.
Vatanni ulug`lash iymondandir.
Adabiyotlar.
Sizu bizga bu jannatmakon diyorni, buyuk allomalar yurtini Vatan qilib bergan Parvardigorimizga hamdu sanolar, shukronalar bo‘lsin!
Sizu bizga bu jannatmakon diyorni, buyuk allomalar yurtini Vatan qilib bergan Parvardigorimizga hamdu sanolar, shukronalar bo‘lsin!
Sizu bizga Vatanni sevishni, o‘z xalqiga, tug‘ilgan ona yurtiga, diniga sodiq bo‘lishni o‘rgatgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlarimiz bo‘lsin!
Barchamizga ma'lumki, mustaqil respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1992 yil 14 yanvardan e'tiboran mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qismlar, barcha harbiy muassasalar davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Ana shu kun Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilinib, mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Vatanparvarlik haqida so‘z borar ekan, har bir mo‘min-musulmon inson avvalo bu borada payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning Vatanga bo‘lgan munosabatlarini bilishi lozim. Shu e'tibordan bugun Islom ummatining Vatanga munosabati qanday bo‘lishi kerakligini u zot alayhissalomning namunalarida o‘rganishga harakat qilamiz.

Suhbatimizning avvalida Alloh subhanahu va taolodan notinch dunyoimizga tinchlik so‘raymiz, aziz Vatanimizning gullab-yashnashini so‘raymiz, xususan, qurolli kuchlarimizga ham salohiyat so‘raymiz. Zero, Vatanni himoya qilish, o‘z xalqini, oilasini himoya qilish erkak kishining erkakligini, yigitligini sinaydigan sharafli burchdir. Vatanimizda tug‘ilib-o‘sgan har bir er yigitning qurolli kuchlar safida xizmat qilishi Vatan himoyasining ramzidir. Chegarani qo‘riqlash Vatanni qo‘riqlashdir, bunga doim tayyor turish har bir Vatan o‘g‘lonining qalbiga singib ketgan hissiyot bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |