O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch innavatsion universiteti tarix 22/11-guruh talabasi Rustamova Marjona Tarbiya fanidan
Download 41.46 Kb.
|
16. Rustamova Marjona - VATANPARVARLIK MANFAOTDORLIK VA KÓZBÓYAMACHILIK EMAS. VATAN TAQDIRIMIZ. — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lajak olima
Bir go‘zal namunaga e'tibor beraylik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy nozil bo‘lganda Xadicha onamiz roziyallohu anho u zotni Varaqa ibn Navfalning oldiga olib borganlar. Keksayib, ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan bu inson Tavrotdan, Injildan xabardor zot edi, oxirzamon payg‘ambarining alomatlarini biladigan, u zotning kelishini kutib yurgan ziyrak, zakovatli zot edi. Varaqa ibn Navfal Payg‘ambar alayhissalomni gaplarini eshitib, «Qavmingiz sizni yolg‘onchiga chiqaradi, sizga aziyat beradi, tug‘ilib-o‘sgan yurtingizdan chiqarib yuborishadi», deydi.Bir go‘zal namunaga e'tibor beraylik. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy nozil bo‘lganda Xadicha onamiz roziyallohu anho u zotni Varaqa ibn Navfalning oldiga olib borganlar. Keksayib, ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan bu inson Tavrotdan, Injildan xabardor zot edi, oxirzamon payg‘ambarining alomatlarini biladigan, u zotning kelishini kutib yurgan ziyrak, zakovatli zot edi. Varaqa ibn Navfal Payg‘ambar alayhissalomni gaplarini eshitib, «Qavmingiz sizni yolg‘onchiga chiqaradi, sizga aziyat beradi, tug‘ilib-o‘sgan yurtingizdan chiqarib yuborishadi», deydi. Inson hayoti uchun qon qanchalar muhim bo‘lsa, millat yashashi uchun yoshlar shunchalar muhimdir. Ularni mustaqil fikrli shaxs etib tarbiyalash, ayniqsa aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadigan O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun «Kamolot» YoIHning IV qurultoyida «Yoshlar ittifoqi»ni tashkil etish va bu kunni yoshlar kuni deb e'lon qilishni taklif etgan edi. Tashkilot o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalash uchun bir qancha loyiha va tanlovlar orqali yoshlarni bir g‘oya atrofiga birlashtira boshladi. Ijtimoiy faol yoshlar bilan birgalikda, erta tongdan (tadbirlarga qatnashmasdan) kundalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan, Yoshlar Ittifoqi ta'biri bilan aytganda «uyushmagan yoshlar» ham bor. Ular mening do‘stim, sizning ukangiz, qo‘shnining qizi, umuman olganda har kim bo‘lishi mumkin. Ularning ham o‘z orzulari, intilishlari, maqsadlari bor. Eng muhimi ular vatanni bizdan kam sevishmaydi. Mana shunday yoshlardan biri — Abror (24 yosh, ishchi). U yangi uy qurishda oilasiga yordam berish maqsadida ayni paytda Rossiyada ishlamoqda. Abror o‘zga yurtda ilojsizlikdan yurganini ta'kidlar ekan, «Necha yoshga kirishimdan qat'i nazar universitetda o‘qib, bolalarga ta'lim beraman. Ular biz ko‘rgan kunlarni ko‘rmasin» deb orzu qiladi. Bo‘lajak olima 18 yoshli abituriyent Marjona esa o‘zbek tilining «Izohli lug‘ati»ni qayta ishlab chiqib, o‘zbek tilini xorijiy talabalarga ingliz tilida o‘qitishni xohlaydi. Marjona bilan suhbatlashish jarayonida o‘zidan bir necha barobar og‘irroq yukni ko‘tarib, dadil odimlayotgan chumoli ko‘z oldingizga keladi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi sizga ham yuqishni boshlaydi. «O‘n yildan keyin, O‘zbekiston dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoridan joy oladi. Buning uchun universitetni tamomlab xorijga ketish emas, olgan bilimini shu yerni rivojlantirish uchun sarflash kerak. Shunda chet elliklar bizga kelib ishlashadi», — deydi u. Download 41.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling