O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


-rasm. Bug‘doyning chang zang kasalligi


Download 1.25 Mb.
bet10/15
Sana13.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1352305
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )

2.3 1-rasm. Bug‘doyning chang zang kasalligi

Uchinchi usul. Makkajo‘xorining pufak zang kasalligi. Bu kasallikda makkajo‘xorining har xil organlarida qora changlar (zamburug‘ xlamidasporalari) bilan to‘lgan oqish - kul rang pufakchalar hosil bo‘ladi. Ular asta sekin quriydi, yoriladi va xlamidosporalar tuproq betiga tushib, shu joyda qishlaydi, bahorda esa unib chiqib, bazidiosporalar hosil qiladi. Bazidiosporalar o‘sib, kurtaklanuvchi sporidiylar beradi, ular esa havo orqali tarqalib, makkajo‘xori poyasining har xil qismiga tushadi va qulay sharoitda o‘sadi. Zamburug‘ sporidiysining o‘simtasi o‘simlikning o‘suv davridagi to‘qimasiga kiradi, shunga ko‘ra zamburug‘ o‘sishining umumiy davri anchaga cho‘ziladi va makkajo‘xori butun o‘suv davrida yangidan zararlanib turadi. Ayni holda zamburug‘ xlamidosporalari tuproq betida va o‘simlik qoldiqlarida qishlab chiqqanligi uchun g‘allagulli o‘simliklarni uchinchi usulda tarqaladigan zang kasalligiga qarshi kurashning asosiy tadbiri hosil yig‘ib olingandan keyingi hamma o‘simlik qoldiqlarini yaxshilab yig‘ishtirib olish va g‘alla ekiladigan yerlarni kuzda chuqur shudgor qilishdir.


Makkajo‘xorining pufak zang kasalligi shu usulda tarqaladi.
Bug‘doyning qattiq zang kasalligi
Tilletia tritici, Tilletia levis, Tilletia caries, Tilletia triticoides ва
Tilletia intermedia
Bug‘doyning bu kasalligi mamlakatimizning hamma joyida keng tarqalgan.
Kasallik alomatlari bug‘doy boshog‘idagi donning sutli pishish davrida ko‘rinadi, bunda kasallangan boshoq ancha yalpoqlangan bo‘ladi, doimo tikka turadi (don og‘irligidan egilmay) va kichikroq bo‘ladi. Kasallangan don ko‘kish-yashil rangli, shishgan yumalok shaklda bo‘ladi. Donning mag‘zi qobiq bilan o‘ralgan juda ko‘p sporalardan iborat bo‘ladi. Bunday donlarga «zang xaltachalari» deyiladi. Har bir xaltacha ichida 2-12 mln.tagacha xlamidospora bo‘ladi Agarda don (kasallangan boshoqdagi) sutli pishish davrida ezilsa undan sarg‘ish rangli suyuqlik chiqadi - bu suyuqlik trimetilaminning hidini beradi, xuddi tuzlangan ho‘l baliqni hidi keladi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling