O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Download 1.25 Mb.
|
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda boshoqli don ekinlari kasalliklarishng turlari, ularning tarqalish va rivojlanish darajalari
2.3 Zang zamburugi va kasalliklari
Zang — zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Asosan, boshokli ekinlar kasallanib, qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Zararlangan boshoq, roʻvak, soʻta, poya, barg va ildiz boʻyinlari qora sporali massaga aylanadi. Quyidagi turlari koʻp uchraydi va ayniqsa, zararli: bugʻdoy va jav-darning qattiq (badboʻy) zangsi oʻsimlik tugunchasini yemiradi va "zang xaltachalari" yoki alohida spora holida urugʻlarda saklanadi. Zararlangan dondan nam havoda badboʻy hid keladi; arpa va sulining qattiq (tosh) zangsi sporalari tugunchani zararlaydi, lekin roʻvak va boshoqlar zararlanmaydi, sporaning qattiq qora massasi boshoq qobigʻini teshib oʻtadi; bugʻdoy, arpa, suli, va makkajoʻxorining chang zangsi boshoq, roʻvak, soʻtalarni zararlaydi; javdar va bugʻdoyning poya zangsi poya (hamma qismlari va barglari)ni zararlaydi; makkajoʻxorining pufakchali holdagi zangsi oʻsimlikning turli qismida qobiqli va spora bilan toʻlgan gʻudsalar hosil qiladi. Zang zamburugʻlari sholi, qoʻnoq, oq joʻxori, chumiza kabi donli ekinlarda ham parazitlik qiladi. Kasallik natijasida gʻalla ekinlari hosildorligi 20— 30% kamayib ketadi. O‘zbekistonda boshoqli don ekinlari kasalliklarishng turlari, ularning tarqalish va rivojlanish darajalari
*Kasalliklar tarqalishi: +++ keng tarqalgan; ++ o‘rtacha tarqalgan; + kam yoki juda kam uchraydi; *Kasalliklar rivojlanishi: +++ kuchli yoki juda kuchli darajada rivojlanadi; ++ o‘rtacha darajada rivojlanadi; + rivojlanish darajasi past yoki juda past. Bug‘doyda 4 xil zang: qattiq, chang, poya va karlik zang kasalliklari uchraydi. Bu g‘allagulli va boshqa ba’zi ekinlarning eng ko‘p tarqalgan hamda eng zararli kasalligidir. Zang kasalligining biror xili bilan zararlanmaydigan birorta ham madaniy yoki yovvoyi g‘allagulli o‘simlik yo‘q desa bo‘ladi. Yangi nav ekinlarini yetishtirish tarixi shuni ko‘rsatadiki, biror g‘allagulli o‘simlik ekilishi bilan uning zang kasalligi ham paydo bo‘ladi. Zang kasalliklarini bazidiyali zamburug‘lar sinfining Phragmobasidinaekenja sinfiga kiruvchi zamburug‘lar – parazitlar qo‘zg‘atadi. Zang zamburug‘larining tanasi ko‘zga ko‘rinmay, o‘simlik ichida rivojlanadi va dastlabki davrlarda o‘simlikka u qadar zarar yetkazmaydi. Zararlangan o‘simliklar o‘sish davrining oxirida zamburug‘ xlamidosporalar hosil qiladi. Zang zamburug‘larining bu stadiyasi o‘zi hosil bo‘lgan organga zararli ta’sir etadi. Xlamidosporalar ko‘pincha to‘pgullarda, ya’ni rivojlanayotgan ro‘vak va boshoqlarda paydo bo‘ladi, ularni yemiradi va changga aylanuvchi yoki qattikroq qora massa hosil qiladi, bu massa ko‘pincha zang changi deyiladi. Yetkazilgan zararni tashqi ko‘rinishi, zararlanish darajasi va xlamidosporalarning hosil bo‘lish xarakteriga qarab g‘allagullilarning zang kasalligi bir necha xilga bo‘linadi: 1.Chang holdagi zang. Bu kasallikda g‘allagullilarning ro‘vagi yoki boshog‘i butunlay qora changga aylanib, har tomonga to‘zib ketadi. 2.Qattiq zang. Bu kasalliqda donning faqat mag‘zi qora changga aylanadi, don po‘sti esa saqlanib qoladi. Shuning uchun qora chang zararlangan donning po‘sti yorilganda tashqariga chiqadi. Z.Poya zangsi. Bunda g‘allagullilar poyasi yoriladi, undan qora chang chiqadi. 4. Pufakcha holdagi zang. Zang kasalligining bu xilida g‘allagulli o‘simliklarning har xil organlarida changga to‘lgan oq-kulrang tusli pufakcha holida paydo bo‘ladi. G‘allagulli o‘simliklarda zang kasalligining yuqoridagilardan tashqari yana bir necha xili uchraydi. Bir xil g‘allagulli o‘simliklar zang kasalligining turli tip va turlari bilan (har xil vaqtda) zararlanishi mumkin. Masalan, bug‘doy qattiq, chang holdagi va poya zangsi bilan kasallanadi. Zang zamburug‘larining hamma turlari ham ma’lum ekinlardagina bo‘ladi. Bu zamburug‘larning sporalari ularning tarqalish va tinim davridir: ular qishlab chiqqandan so‘ng zamburug‘ rivojlanishini davom ettiradi va o‘simliklarga tushadi. Ba’zi zang zamburug‘lari spora hosil qilmaydi, g‘allagullilar donida zamburug‘ tanasi holida qishlaydi. Zangning bir necha tipi va zang zamburug‘larining juda ko‘p turi bo‘lishiga qaramay g‘allagulli o‘simliklarning zang kasalliklari fakat 3 xil usulda tarqaladi: Birinchi usul. Bunda zamburug‘larning xlamidosporalari hosilni yig‘ishtirish va yanchish vaqtida tashqariga chiqadi. Ular sog‘lom donlar sirtiga yopishadi va shu holda qishlaydi. Urug‘ ekilgandan so‘ng sog‘lom donlar unayotgan vaqtda ulardagi (yoki tuproqqa ilgaridan tushib qolgan) xlamidosporalar ham unadi va bazidiosporali fragmabazidiyalar hosil qiladi. Zamburug‘ tanasi esa don nishiga kirib u bilan birga o‘sadi. Demak, zang kasalligi tarqalishining birinchi usulida urug‘lar sirtdan, o‘simlik esa urug‘lar unish vaqtida zararlanadi. Tubandagi zang kasalliklari birinchi usulda tarqaladi: 1. bug‘doyning qattiq zangsi; 2. bug‘doyning poya zangsi; 3. arpaning tosh zangsi; 4. suli zangsi; 5. tarik zangsi; 6. makkajo‘xorining chang holdagi zangsi; 7. oq jo‘xorining chang holdagi zangsi; 8. oq jo‘xorining pufak zangsi. Ikkinchi usul. Bug‘doy o‘simligining chang holdagi zang kasalligi tarqalishi. Bug‘doyda zang kasalligining bu turi o‘simlik boshoq chiqarayotgan vaqtda ko‘rinadi. Zararlangan o‘simlik, odatda, sog‘lom o‘simlikdan ilgari boshoq chiqaradi, kasal o‘simlikning boshog‘i bug‘doy gullayotgan vaqtda qora changga aylanadi, va undan xlamidosporalar tarqaladi, ular sog‘lom o‘simlik gullariga tushib, qulay sharoitda unib chiqadi. Xlamidosporalar nishi gulning tumshuqchasi orqali tugunchaga o‘tadi, bu yerda zamburug‘ tanasiga aylanadi. Ammo donda taraqqiy etmaydi, balki murtak holida kelgusi yilgacha saklanadi. Zararlangan don tashqi ko‘rinishidan sog‘lom dondan hech farq qilmaydi va ekilganda normal unib chikadi. O‘simlik bilan bir vaqtda uning ichidagi zamburug‘ tanasi ham o‘sadi va rivojlanayotgan boshoqka yetib, uni yemiradi, hamda sporalarning changlanuvchi qora massasini hosil kiladi. Demak, gallagullilarda zang kasalligi tarqalishining 2 - usulida o‘simlik gullash vaqtida, don esa ichidan zararlanadi. Misol: bug‘doy va arpaning chang zang kasalligi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling