O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Download 1.25 Mb.
|
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )
2.2 3-rasm Tilletia triticoides
Zamburug‘ning hayotiy sikli 5 ta bosqichda o‘tadi: bahorda — 0- spermogoniy va I etsidiy bosqichi, yozda — II uredo bosqichi, qishda — III teleyto bosqichi va nihoyat, IV-bazidiosporalardagibazidiyning hosil bo‘lishi.Bir xo‘jayinli parazitlarga Melampspora Lini Desm — kanop zangi misol bo‘ladi. Hayot jarayoni ikkita o‘simlikda o‘tadigan turlargaPuccinia graminis Pers misol bo‘lib, 0 va I bosqich qandim o‘simligida, II, III, IV bosqichlar g‘alla donli ekinlar va begona o‘tlarda o‘tadi.Uredinales tartibi Pucciniaceae va Melampsporaceae oilalariga bo‘linadi.Pucciniaceae oilasi vakillarining telitosporalari bir hujayrali, ikki va ko‘p hujayrali, oyoqchada joylashgan bo‘lib, g‘alladonli ekinlarni kasallantiradi. Teleysporalar morfologik xususiyatiga ko‘ra Uromyces, Puccinia, Gymnosporangium, Phagmidium turkumlariga bo‘linadi.Melampsoraceae oilasi vakillari parazit bo‘lib paporatniklar, nina barglilar va ikki uyli o‘simliklarni kasallantiradi. Bu oilaga Melampsora, Cronartium, Coleosporium turkumlari kiradi.Deyteromitsitlaryoki takomillashmagan zamburug‘lar sinfi – DeuteromycetesBu zamburug‘lar ko‘p hujayrali mitseliyga ega bo‘lib, gaploidbosqichidan keyin rivojlanadi. Jinssiz ko‘payish natijasida hosil bo‘lgan konidiyalar vositasida tabiatda tarqaladi va tuproqda saqlanadi. Takomillashmagan zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi xaltachali, bazidiyali yo‘l bilan bo‘lsa-da, ular tabiatda hayot davomida kam kuzatiladigan jarayon hisoblanadi. Bu zamburug‘larning ayrim vakillari spora hosil qilmasdan, faqat sterilmitseliy hisobiga ham ko‘payadi.Takomillashmagan zamburug‘lar qishloq xo‘jalik ekinlaridaturli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kasallangano‘simliklarda chirish, dog‘lanish, so‘lish belgilari namoyonbo‘ladi. Zamburug‘larning konidiyalari hosil bo‘lishi, tuzilishi va o‘lchamiga ko‘ra har xil bo‘lib, ular tarqalishida, o‘simliklarni kasallantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Konidiyalar hosil qilish usuliga ko‘ra takomillashmagan zamburug‘lar quyidagi uchta t a r t i b g a b o ‘ l i n a d i : g i f o m i t s e t l a r , m e l a n k o n l i l a r va peknidiyalilar.Gifomitsetlar tartibi - Hyphomycetales. Gifomitsetlarning konidiya hosil bo‘lishi kasallantirilgan o‘simlik organlarining tashqarisiga chiqqan mitselial stromada yoki mog‘orda hosil bo‘ladi. Konidiya bandlari qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir hujayrali, ko‘p hujayrali, ovalsimon, elli pissimon, ipsimon,rangsiz yoki rangli bo‘ladi. Gifomitsetlar tabiatda, tuproqda, suvda, havoda keng tarqalgan bo‘lib, turli qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasalliklar keltirib chiqaradi.Botrytis turkumi vakillari shoxlangan konidiya bandlari hosilqilib, konidiyasi bir hujayrali, dumaloq, konidiya bandi oxirida boshcha hosil qiladi. Botrytis turkumi vakillaridan B. cinerea va B.allii turlari karam, sabzi, uzum, qulupnayda qo‘ng‘ir chirish kasalligini keltirib chiqaradi.Verticillium turkumi vakillari mutovkasimon, shoxlangan, konidiya bandlarini hosil qilib, kopidiyasi bir hujayrali, elli pssimon, rangsiz, keyinchalik jigarrangda bo‘ladi. Bu turkum vakillari 400 dan ortiq turdagi o‘simliklarda so‘lish kasalligini keltirib chiqaradi Fusarium turkumining tabiatda 29 ta tur, 27 ta tur xillarimavjud bo‘lib, konidiyalari elli pssimon, o‘roqsimon,limonsimon shakldagi makro va mikrokonidiyalar hosil qiladi.Konidiyalar ko‘p hujayrali, rangsiz, 3 — 5 — 8 ta to‘siqchalibo‘ladi. Bu turkum vakillari Respublikamiz sharoitida 57 ta turdagi madaniy o‘simliklar va begona o‘tlarda fuzarioz kasalligini keltiribchiqaradi.Cladosporium turkumi vakillarining konidiya bandlari kamshoxlangan, rangli, to‘siqchali, konidiyalari bir hujayrali, birto‘siqchalidir. Cl. fulvum pomidor bargida qo‘ng‘ir dog‘lanish, Cl. cucumerinum bodring bargida qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini keltirib chiqaradi.Alternaria turkumi vakillari konidiya bandlari oddiy yoki noto‘g‘ri shoxlangan bo‘lib, unda konidiyalar, bittadan yoki to‘p bo‘lib joylashadi. Konidiyasining shakli to‘g‘nog‘ichsimon, teskari to‘g‘nog‘ichsimon, tuxumsimon shaklda bo‘lib, ko‘ndalang to‘siqchalar hosil qiladi. Alternaria brassicae karam urug‘ining qora dog‘lanishi, A.radicina sabzining qora chirish kasalligini keltirib chiqaradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling