O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


Download 1.25 Mb.
bet4/15
Sana13.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1352305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )

2.1 1-rasm Ustilago tritici Jens
Endogen sporalar askospora,ekzogen sporalar esa ba’zi diosporalardeb yuritiladi. Zamburug‘larning rivojlanishssiklida jinsiy va jinssiz sporalarninghosil bo‘lishi qonuniy ravishda almashinadi va jinsiy sporalar hosil bo‘lishi rivojlanishssiklining oxiri hisoblanadi. Zamburug‘lar chirigan to‘nkalarda, o‘simlik qoldiklarida, tuprokda, yog‘och ko‘priklar va nam yog‘och qurilmalarda uchraydi. Ular chirindi moddalarga boy bo‘lgan nam tuproklarda, organik moddalarni minerallashishida aktiv qatnashadi. Zamburug‘larning bir yillik va ikki yillik hamda ko‘p yillik turlari mavjud. Ko‘p yillik parazit zamburug‘lar butun umri davomida xo‘jayin o‘simlikka bog‘liq holda yashaydi, uni kasallantiradi, chiritadi va xo‘jayin o‘simlik kuriganda ham oziqlanishning saprofit stadiyasiga o‘tib, uning chirigan qismlarida hayot kechiradi. Parazit zambururlarning aksariyat qismi o‘simlik va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi.
Parazit zamburug‘larning xo‘jayin o‘simlik nobud bo‘lgandan so‘ng saprofit oziqlanishga o‘tadigan turlari fakultativ parazitlardeyiladi. Faqat parazitlik yo‘li bilan oziqlanuvchi zamburug‘lar esa obligat parazitlardeb yuritiladi. Zamburug‘larning ko‘pincha o‘simliklarda parazitlik qilishining asosiy sababi, ularda o‘simlik uglevodlari va hujayra qobig‘ini parchalaydigan fermentlarning bo‘lishi va nordon reaksiyali muhitning ular uchun qulayligidir. Oqsilga boy hayvon organizmida zamburug‘lar bakteriyalar konkurensiyasiga chidash berolmaydi, chunki bakteriyalar tez ko‘payib hayvon organizmida ishqoriy muhitni vujudga keltiradi.
Jinsiy ko‘payish energiyasiga ko‘ra zamburug‘lar barcha tuban o‘simliklardan ustun, ayrim zamburug‘larning meva tanasi 1—7 mln spora hosil qiladi.
Zamburug‘larni kelib chiqishi to‘g‘risida aniq bir fikr yo‘zang Shubhasiz zamburug‘lar eng qadimiy o‘simliklardan hisoblanadi. Ayrim botanik olimlarning taxminiga ko‘ra zamburug‘lar suv o‘tlaridan kelib chiqqan va keyinchalik tarixiy taraqqiyot davomida xlorofilini yo‘qotgan. Ularning ipsimon shaklidagi vakillari, spora va sporangiy- larning tuzilishi jinsiy bir hujayrasi mahsulotining ikkinchisiga qo‘shilishi kabilar suv o‘tlariga yaqinligidan dalolat beradi. Boshqa olimlar zamburug‘larning ilk ajdodlari hujayrasiz sodda hayvonlar deb taxmin qilishadi.
Zamburug‘larda xlorofillning bo‘lmasligi ham turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra dastlab zamburug‘lar suv o‘tlaridan kelib chiqqan, ammotarixiy taraqqiyot jarayonida oziqlanishi bilan bog‘liq holda xlorofilini yo‘qotib parazit va saprofitlik bilan hayot kechirishga o‘tgan. Botanik olimlarning boshqa bir guruhi zamburug‘lar uzoq tarixiy taraqqiyotning boshida ham xlorofillsiz bo‘lgan va ular xivchinlilardan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Zamburug‘lar evolyusiyasida suvdan quruqlikka chiqishda o‘zgara borgan va tarixiy taraqqiyot jarayonida zoospora (harakatchan spora) hosil qilishi kamaya borib, asosan harakatsiz sporalar hosil qilishga o‘tgan. Zamburug‘larning rivoj topishi yopiq urug‘li o‘simliklar bilan uzviy bog‘lizang Aniqlanishicha, zamburug‘larning aksariyat qismi yopiq urug‘lilarda parazitlik qilish va saprofitlik yo‘li bilan ularni parchalash asosida hayot kechiradi.
Zamburug‘lar bo‘limi chuqur, har tomonlama va ko‘p martalab o‘rganilishiga karamasdan, uning aniq ko‘pchilikni qanoatlantiradigan klassifikatsiyasi bor, deb bo‘lmaydi. Shartli ravishda bu o‘simliklar dunyosining o‘ziga xos bo‘limini tuban va yuksak zamburug‘larga bo‘lib o‘rganish tavsiya qilinadi. Ular o‘z navbatida tegishli sinflarga ajratiladi. Biz quyida zamburug‘larning quyidagi 5 ajdodga bo‘lib o‘rganishni ma’qul deb topdik.Ular o’z navbatida tegishli sinflarga ajratiladi. Biz quyida zamburug’larning quyidagi 5 sinfga bo’lib o’rganishning ma’qul topdik.
Arxemersitsimonlar - Archimycetes
Fikomitsetsimonlar - Phycomycetes
Askomitsetsimonlar - Ascomycetes
Bazidiomitsetsimonlar - Basidiomycetes
Takomillashmagan zamburug’lar – Fugi imperfecti
Bazidiyali zamburug‘lar turlarining soniga ko‘ra ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi va u 23 000— 30 000 zamburug‘ turini o‘zida birlashtiradi. Bu zamburug‘larning mitseliysi ham xaltali zamburug‘lar singari ko‘p hujayrali, lekin jinsiy ko‘payish natijasida vujudga keladigan sporalari ekzogen ravishda bir hujayrali yoki to‘rt hujayrali bazidiyalarining uchki yoki yon tomonlarida hosil bo‘ladi. Bu ajdod vakillari jinssiz konidial spora hosil qilishi unchalik keng tarqalmagan.Bazidiya boshlang‘ich davrda xaltaga o‘xshash, lekin bazidiyali zamburug‘larda maxsus jinsiy organlar yo‘zang Har xil jinsli mitseliylar bir-biri bilan yaqinlashganda qarama-qarshi jinslar osonlik bilan juftlashib ularning yadrolari juft-juft dikarionlar hosil qiladi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling