2.2 1-rasm Zanglar--Ustilaginales
Zang zamburug‘larining 900 dan ortiq turi o‘simliklarda
kasallik keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘lar mitseliysining hosil
bo‘lishiga qarab gaploid va diploid turlarga bo‘linadi. Zamburug‘
mitseliysi o‘simlik ildizida, poyasida, mevasida parazitlik qiladi.
Sporalar o‘rniga xlamidosporalar hosil qiladi. Ular o‘lchami
4—30 mkm kattalikda bo‘lib, don ichida 8—10 mln donaspora hosil qiladi. Sporalar hosil bo‘lgandan unishi yoki 7—8
yil davomida tuproqda saqlanishi mumkin.
Qulay sharoit bo‘lganda sporaning o‘sishidan bazidiya hosil
bo‘lib, undan bittadan baziodiosporalar yetiladi. Respublikamiz
sharoitida zang kasalligi g‘alla ekinlariga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi. Bu kasallik bilan kasallangan bug‘doy, arpa, begona
o‘tlardan ajriq va bag‘doyiqlarning hosildorligi keskin kamayib,
mahsulot sifati yomonlashadi.
Tartib Zanglar -Uredinales.
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari: Basidiomycetes — Bazidiomitsetlar
sinfi, Uredinales — Zang zamburug‘lari tartibi Puccinia —
Putsiniyalar turkumi Puccinia graminis Pers. f. tritici Eriks. Et
Henn.— bug‘doyning chiziqli zang turi.
2.2 2-rasm Zangning sporalari va rivojlanishi
Bu zamburug‘larga 7 ming turdagi vakillar kirib, ular ikki
xo‘jayinli — bug‘doy va zirkda tekinxo‘rlik bilan hayot
kechiruvchi parazitlardir. Ular bahorgi, yozgi, qishgi taraqqiyot
j a r a y o n i g a e g a b o ‘ l i b , s p e r m a t s i y l a r , e t s i d i o s p o r a l a r ,urediniosporalar, teliosporalar, bazidiosporalar shaklidagi
sporalarni hosil qiladi.Kasallangan o‘simliklarda yostiqchalarni hosil qiladi. Yozgiyostiqchalar — uredosporalar bug‘doyning vegetatsiyasi
davomida bir necha nasl berib, bir hujayrali sariq, qizg‘ishsariqyoki qizil rangda bo‘ladi.Qishgi yostiqchalar o‘simlik poyasida, bargida, barg qo‘ltig‘ida yoz faslining oxirida hosil bo‘lgan teliosporalarzamburug‘ning qishda saqlanishi uchun xizmat qiladi.Teliosporalar bahor faslida unib, to‘rttadan bazidiosporaga egabo‘lgan bazidiyaga aylanadi.
Bazidiosporalar oraliq xo‘jayin —zirkni kasallantirib, bargning yuza qismida spermatsiyalispermogoniyni, bargning ostki yuzasida etsidiylar yetiladiganetsiosporani hosil qiladi.Zamburug‘ning meva tanalari o‘simlik epidermisi ostida
joylashgan di ploid mitseliydan hosil bo‘lgan teleytosporadan yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |