O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Download 1.25 Mb.
|
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )
II-BOB ASOSIY QISIM.
2.1. Zamburug’‘lar va ularning tuzilishi, ko’payishi, klassifikatsiyasi. Zamburug‘lar bo‘limi — Myxcophyta Zamburug‘lar 100 mingdan ortiq turni birlashtirgan tuban o‘simliklarning o‘ziga xos bo‘limi hisoblanadi. Suvo‘tlardan vegetativ tanasining rangsizligi va xlorofillning yo‘qligi bilan, bakteriyalardan esa, tipik yadrosining borligi bilan farq qiladi. Ularning vegetativ tanasi gifa deb ataluvchi iplardan iborat.Giflar o‘z navbatida birlashib, mitseliylarni hosil qiladi. Mitseliy bir yoki ko‘p xujayrali; bir, ikki va ko‘p yadroli substrat ichida tuproqda, o‘simlik qoldiqlari, tirik o‘simliklarning hujayra va to‘qimalari ichida, hayvon organizmida joylashgan; tashqariga esa ularning faqat meva tanasi spora hosil qiluvchi organlari chiqadi. Mitseliy juda katta osmotik bosimli suv va suvda erigan oziqni shimish (so‘rish) qobiliyatiga ega bo‘lgan sathga ega. Tuban zamburug‘larda mitseliy yo‘zang Uning vegetativ tanasi, mikroskopik mayda, yalang‘och yoki po‘stli protoplazma parchasidan iborat ko‘p yadroli, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yashil suvo‘tlarga mansub sifonlilarga o‘xshash. Yuksak zamburug‘lar mitseliysi ko‘ndalangiga to‘siqlar bilan ajralgan bir ikki yadroli hujayralarga bo‘lingan iplardan iborat. Ularning ayrim vakillaridagina hujayra po‘stlog‘idassellyuloza, aksariyat qismini po‘sti polisaxaridlardan iborat. Hujayralar o‘rtasidagi ko‘ndalang to‘siqlarda sporalar mavjud. Protoplazmasi hujayra devori bo‘ylab joylashgan. Bularda xromatofor va plastidlar yo‘zang Zapas mahsuloti yog‘ va glikogen. Ayrim turlarida valyutin ham uchraydi. Zamburug‘larning rangi hujayra po‘stida,ssitoplazmada, vakuoladagi pigmentlarning rangiga bog‘lizang Yangi hujayraning hosil bo‘lishi va mitseliyning o‘sishi, odatda, tallomining uchlarida joylashgan hujayralar hisobiga bo‘ladi. Zamburug‘lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishda mitseliy ayrim qismlarining uzilishi, kurtaklanishi, xlamidosporalar va sklerotsiylar hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishda mitseliyning maxsus novdalirida endogen va ekzogensporalar hosil bo‘lib, ular bir, ikki yoki bir nechta rangli yoki rangsiz hujayralardan iborat bo‘ladi. Endogen sporalar tuban zamburug‘lar uchun xarakterli bo‘lib, ixtisoslashgan va asosiy giflardan to‘siq orkali ajralib turadigan maxsus hujayra ichida hosil bo‘ladi. Bu hujayralarda zamburug‘ning turiga qarab harakatchan zoosporalar va harakatsiz sporalar shakllanadi. Jinssiz ko‘payishning ekzogen sporalari ko‘pincha konidiylardeb yuritiladi. Konidiylar bittadan yoki zanjir shaklida mitseliyning maxsus gifalari uchida, yon tomonida, oddiy, shoxlangan, substratdan ancha ko‘tariluvchi konidiy hosil qiladi. Konidiylar kuruq muhitga moslashgan yuksak zamburug‘lar uchun xos. Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi nihoyatda turli- tuman. Tuban zamburug‘larda xologamiya, izogamiya ko‘rinishida ancha murakkab tuzilgan, vakillari va yuksak zamburug‘larda jinsiy ko‘payish oogamiya, zigogamiya va konyugatsiya shaklida o‘tadi. Zigotasi ma’lum tinim davrini o‘taydi, reduksion bo‘linishdan so‘ng zigotasi unib chiqadi va zoospora yokizoosparangiyli, sporangiy yoki konidiyli qisqa gifa hosil qiladi. Tuban zamburug‘larning butun individual taraqqiyot davri gaploid, diploid faqat zigota hisoblanadi.Ko‘p hujayrali, mitseliyli yuksak zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi tashqi ko‘rinishiga ko‘ra nihoyatda xilma-xil. Ularning ayrim jinsiy organlarga differensiyalashgan tanasining suyuqligi biridan ikkinchisiga o‘tishi, boshqalarida esa harakatsiz mayda hujayralar — sperma-ssidlarning urug‘lantirishi bilan kechadi. Uchinchi xil zamburug‘larning jinsiy ko‘payish organlari reduksiyalangan va urug‘lanish protoplastning bir vegetativ tanasidan ikkinchisiga o‘tishi orqali yoki bir hujayradagi yadrolarning juft bo‘lib qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Yuksak zamburug‘larda jinsiy ko‘payish davrida protoplazma qo‘shilgandan so‘ng yadrolar darhol qo‘shilmaydi, ma’lum vaqt ichida ko‘payadi va juft bo‘lib dikarionlar hosil qiladi. Yadrolarning jinsiy qo‘shilishidan so‘ng‘ (kariogamiya) hosil bo‘lgan diploid yadro ko‘p vaqt reduksion bo‘linadi va hosil bo‘lgan gaploid yadrolar jinsiy ko‘payish yadrolari hisoblanadi. Shunday qilib, yuksak zamburug‘larning rivojlanishssiklida qonuniy ravishda uch faza navbatlashadi: gaploid, dikarion, diploid. Diploid fazaodatda juda qisqa vaqtni, gaploid va dikarionfazalar esa zamburug‘larning turiga qarab turlicha vaqtni egallaydi. Jinsiy jarayon natijasida hosil bo‘lgan sporalar 8 tadan bo‘lib endogen holda maxsus hujayralar ichida kariogamiya va reduksion bo‘linish sodir bo‘lgan xaltalarda yoki ekdogen ravishda 4 tadan bazidiyalar deb ataluvchi maxsus hujayralar ustida hosil bo‘ladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling