O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
-rasm Zang zaburug’i rivojlanish sikli
Download 1.25 Mb.
|
224-bio. Gulimboyeva Munisa (Zang zambruglar qabilasi )
2.1 2-rasm Zang zaburug’i rivojlanish sikli
Dikarionlar vujudga kelgan hujayralardan gifalar taraqqiy etadi va ularning har ikkala yadrosi bir vaqtda teng ikkiga bo‘linadi. SHunday qilib dikarionli hujayralardan iborat mitseliy bo‘ladi. Dikarionli misseliylarni ko‘pincha diploid mitseliylar deb noto‘g‘ri talqin qilinadi. CHunki shu mitseliy, doimiy yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan bazidiyali zamburug‘larning mitseliysi hisoblanadi, gaploid mitseliy esa tez orada nobud bo‘ladi. SHunga ko‘ra zamburug‘larning rivojlanishssiklida xaltali zamburug‘lardan farqli ravishda dikarion faza dominant (ustun) hisoblanadi, gaploid faza qisqa muddatli bo‘ladi. Xaltali zamburug‘larda esa dikarion faza fakat askogen gifalarida namoyon bo‘lib, qisqa umrli. Shunga ko‘ra rivojlanishssiklida gaploid faza dominantlik qiladi. Bazidiyali zamburug‘larning dikarionli mitseliylarida har ikkala yadro bir vaqtning o‘zida bir-biriga mos ravishda sinxron bo‘linadi. SHu bilan birga ayrim vakillarida dikarionlar parallel joylashgan bo‘lib, hosil bo‘lgan juft yadrolar o‘rtasida to‘siq vujudga keladi. Boshqalarida esa bo‘linish va dikarionlarning hosil bo‘lishi murakkab yo‘l bilan boradi. Keyingi holda di- karionlarning bo‘linishi oldidan, uning qarshisida yosho‘simta hosil bo‘ladi va o‘zining bazal qismida egila boshlaydi. Bo‘linayotgan yadroning biri shu o‘simtaga kiradi va o‘rtada to‘siq hosil bo‘lib, xar xil jinsli bir juft yadro to‘siqning bir tomonida qoladi. O‘simta ichidagi yadro o‘simtaning bukilgan qismi orqali to‘siqning ikkinchi tomonidan har xil jinsli ikkinchi juft dikari- onlarni hosil qiladi. SHundan so‘ng o‘n o‘simta mitseliy gifalari bilan qo‘shilib suriladi.Gifalarga qo‘shilib, surilgan yon o‘simtalar odatda tasma deb yuritiladi.Bu murakkab jarayonning ahamiyati ham aniq emas.Ko‘pchi- lik botaniklarda tasma hosil qilish yo‘li bilan dikarionlarni vujudga kelishi yadrolarni jadallashtiradi degan fikr bor. Morfologik jihatdan tasmalarning hosil bo‘lishida qatnashadigan halqasimon tasmalar bazidiylarning vujudga kelishida qatnashadi. Bu esa bazidiya va xaltachalar bir-biriga o‘xshash analoglar ekanligidan dalolat beradi. Ayrim bazidiyali zamburug‘larda sporali bazidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dikarion mitseliylarda vujudga keladi; Boshqa zang, zang zamburug‘larda dikarnon mitseliyda dastlab tinim davrini o‘tkazuvchi sporalar hosil bo‘lib, so‘ng shu sporalardan bazidiya taraqqiy etadi. Ko‘pchilik bazidiyali zamburug‘larning dikarion mitseliysida meva tanalari vujudga kelib, shu meva tana ichida yoki uning ustida sporali bazidiyalar paydo bo‘ladi. Xaltali zamburug‘lardan farqli ravishda bu meva tanalar ko‘pincha dikarion gifalardan iborat bo‘ladi. Meva tanalarining shakli va o‘lchami nihoyatda turli-tuman bo‘lib, sistematikada farqli belgilar sifatida qo‘llaniladi. Quyida bazidiyali zamburug‘larning keng tarqalgan vakillarini ko‘rib chiqamiz. Arximitsetsimonlar Archimycetes cinfi.Mazkur sinfga mansub zamburug’lar mitseliysiz, vegetativ tanasi Yalong‘och, amyobasimon hujayralardan iborat, gifalari sodda tuzilgan va tusiklar bilan ajralmagan yoki ingichka rizomitseliylar deb yuritiladigan vegetativ tanadan iborat. Arxemitsetsimonlar sinfiga 400 ga yakin sodda tuzilgan zamburug’lar kiradi. Ular suv o’simliklari, suv hayvonlari va suvda usuvchi yuksak o’simliklarga parazitlik qilib hayot kechiradi. Saprofit turlari suv o’simliklari yoki hayvon koldiklarida yashaydi. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosparalar yordamida boradi. Jinsiy ko’payishi esa har xil turkum vakillarida xologamiya, izogamiya, geterogamiya, ayrim turlarida zigogamiya yullari bilan sodir bo’ladi. Ularning keng tarqalgan turkumlari olpidium va sinxitrium hisoblanadi. Har ikkala turkum vakillarining vegetativ tanasi sporangiy tuplamiga aylanadi. Olpidium turkumi aksariyat parazit turlarni O’zida birlashtiradi. Shu turkumdan karam olpidiumini (Olpidium brassica) (rasm- 68) rivojlanish siklini qarab chiqamiz. Bu parazit zamburug’ karam kuchatlariga qora son kasallikni tarkatadi. Parazitning vegetativ tanasi yalongoch protoplazma parchasidan iborat plazmodiydir. U yalongoch sitoplazma parchasi kurinishida yosh o’simlik ildizining epidemiyasi yoki pustloq parenximasida rivojlanadi. Yadrolari bo’linish yuli bilan ko’payadi. Sungra plazmodiy pust bilan uraladi va sharsimon zoosparangiyga aylanadi. Zoosparangiydan tashqariga chiqadigan O’zun nay hosil bo’ladi. Bu nay orqali zoosparalalar tashqariga chikib tuproqqa tushib, tuproqdagi suv tomchisi yoki namda bir xivchinli zoosparalar yangi o’simlikka yakinlashib, uning ildiz epedermiyasiga O’zining hujayra maxsulini kuyadi. Shundan sung o’simlik hujayrasida vegetativ tana hosil bo’lib, kattalashib undan yangi zoosparangiy hosil bo’ladi. Qulay muxit sharoitida rivojlanish sikli ikki, uch kun muddatda tugaydi. Bu zamburug’larning jinsiy ko’payishi izogamiya yuli bilan, ya’ni ikkita teng va harakatchan gametaning kushilishi tufayli ruy beradi. Gametalar kushilib ikki xivchinli va ikki yadroli planozigotani hosil qiladi. Planozigota kalin pust bilan koplanib, xo’jayin o’simlik tanasida kishlaydi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling