2-seminar mashguloti
Mavzu:
Psixologiya fanining rivojlanishi. Jonli va jonsiz tabiatda aks etgirish shakllari.Psixik aks ettirish. Onglilik va ongsizlik.Ilmiy psixologiyaning rivojlanish tarixi.
Maqsad: Mavzu boyicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qogoz, marker.
Reja:
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi ( Nerv tizimi. Neyronlar. Akson. Dendrit. Miya. Endokrin tizimi. Genetika.) Endokrin tizimning inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati. Psixik xususiyat va holatlaming neyropsixologik asoslari. Instinktlar. Instinkt tushunchasining mazmuni. Instinktlaming klassifikatsiyasi. Egizaklar usuli, gen va atrof-muhit bir-biriga tasiri. Irsiyat. Bixevioral genetika. Onglilik va ongsizlik. Hayvonlar intellektual xatti xarakat shakllari. Muhit psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida. Psixik faoliyatning jinsga oid xususiyatlari Xulq-atvorning psixofiziologik asosi bo'yicha qisqachaxulosa va amaliy tavsiyalar
Tayanch tushuncha- Seskanuvchanlik, hayvonlarning instiktiv, individual va
intellektual xatti-xarakatlari.Yuksak psixik funktsiyalarning
tarkib topishi va ularning tuzilishi.
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti
Inson psixikasining tarakkiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod paydo bo`lgandan toki xozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan xolda utgan. Masalan, dastlabki odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa to`zumi davridagi odamlar bilan xozirgi insonlar psixikasi o`rtasida beqiyos darajada katta fark bor. Ontoginez esa bola tugilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham usib, rivojlanib borishidir
Psixika - bu yuksak darajada tashqil topgan materiyaning hususiyati, subekt tomonidan obsktiv borliqni faol aks ettirish, huddi shu asnoda o`z hulqini va faoliyatini shahsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonniig hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir
Do'stlaringiz bilan baham: |