O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya kafedrasi
Download 1.04 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u
Tayanch tushunchalar-. Nutq Nutq turlari va uning vazifalari.Nutqning o`sishi.
Nutqiy fikr-mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og`zaki munosabatda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va sistemalar saqlanib qolgan taqdirdagina yuz beradi. Mabodo ushbu sistemalar ishida buzilishlar ro`y bersa, kishi nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so`zlashish va tushunish qobiliyatining yo`qotilishi) sodir bo`ladi. Ba'zi hollarda jumla tuzish qobiliyati yo`qolib qoladi-yu, lekin nutqni tushunish qobiliyati saqlangan bo`ladi, boshqa bir hollarda garchi bemor so`zlarini to`g`ri tanlasa ham nutqi aniq bo`lmaydi, ya'ni dizatriya (talaffuzdagi buzilish) paydo bo`ladi, uchinchi bir holda fikrni bayon qilish imkoniyatlari saqlanib qolgan taqdirda ham nutqiy fiqr-mulohazani idrok etish imkoniyati yo`qoladi va hokazo. XIX asrning o`rtalaridayoq ikkita olim miyaning ba'zi bir qismlari ishidagi buzilish nutqning ham buzilishiga olib kelishini kashf etgan edi. Jumladan, P. Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki peshana qismidagi burmalari orqa tomonning uchdan bir ulushi shikastlangan aniqladi. holda so`zlarni talaffuz etishda buzilish ro`y berishini Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so`zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to`qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish («Vernike markazi») «markazlari» deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan sovet psixofiziologlari (A. R. Luriya, N. A. Bershteyn, P. K. Anoxin va boshkalar)ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari («nutq markazlari») faoliyatidan ko`ra ko`proq yahlit holidagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq-ravshan bo`ldi. Shunday qilib, nutq funktsiyalarining jo`shqin (ya'ni qat'iyan anatomik tarzda emas, balki harakatchan) tarzda cheklanishi to`g`risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy nerv sistemasining keng ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan foydalanilishi munosabati bilan nutqning buzilishini to`g`rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi. Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish nutqiy ifodaning, yani kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning manaviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Noverbal kommunikatsiyaga belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi. Jestlar insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir obektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo`ladi. Pontomimika inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi. Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi. Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko) 1. Kontakt. 2. Aloqa o`rnatish. 3. Undovchilik. 4. Koordinatsion. 5. Tushunish. 6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish. 7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash) 8. Tasir o`tkazish. Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv tarbiyaviy tasir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi. Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o`zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo`lib kelgan. Bu hol sub'ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq-ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshining oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo`ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «opa», «dada», «buvi» va shu kabi ohangdosh so`zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret shaxslarga ona, ota, buviga bog`laydilar va bolada ana shu ohangdosh so`zlarning uning yaqin-atrofidagi konkret shaxslar bilan bog`lanishi qaror topishiga («bu sening buving») yordamlashadilar. Shundan keyin ana shu ohangdoshlarning har biri bola uchun so`zga aylanadi. Ushbu so`zni u kattalar bilan birgalikdagi harakatlarini tashkil etish uchun qo`llaydi. «Buvi» so`zi endi uning kundalik ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida ishlatiladi. Bola so`zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga - e'tibor qilinishiga, erkalatilishiga, o`yinchoq va shu kabilarga erishishga intiladi. So`z aloqa vositasiga aylanadi. qo`llaniladigan so`zlar soni borgan sari to`xtovsiz orta boradi va ikki yoshga to`lgan kezida bolalarning so`z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarni to`g`ri ishlatishi ham mumkin bo`lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo`lgan yillar davomida boyib boradi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya - imo-ishora, pantomimika, nutqning ohangidagi rang-baranglik ham rivojlana boradi. Shu yillarda kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi - bola hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o`qishga, uning ohangida ma'qullash yoki ma'qullamaslik alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so`zlariga ilova bo`ladigan va kuchaytiradigan qo`l-barmoqlari va yuz harakatining ma'nosini tushunishga o`rganadi. Bularning hammasi unga o`z harakatlarini to`g`rilab borish, munosabat jarayonida tegishli darajada hamjihatlikka erishish imkonini beradi. Maktabda o`qish va yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muomala vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o`qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o`quvchilar oldida sotsial jihatdan shakllangan qonunlar ta'siriga bo`ysunadigan murakkab belgilar sistemasi sifatida namoyon bo`ladi. Bu qonunlarni o`zlashtirish o`quvchiga faqat savodli yozish, o`qish va gapirish emas, balki til yordamida unga qadar va uning uchun insoniyat tomonidan yaratilgan ma'naviy qadriyatlarga egalik qilish imkonini beradi. Rus psixologlarining tadqiqotlari asosiga qurilgan hozirgi zamon savod chiqarish metodikalari o`quvchilarda nutqni ongli ravishda tovushlarga ajratib tahlil qilish ko`nikmalarining shakllantirilishini yetakchi printsip sifatida qabul qiladi. Nutqning bu xilda tahlil etilishi savodli yozishning unumli egallanishiga o`tishni juda osonlashtiradi. O`quvchilarda sintaksisni o`zlashtirish jarayonida anchagina qiyinchiliklar yuz beradi. Jumladan, rus tilida punktuatsiya (tinish belgilarini qo`yish) ning ikki yuzga yaqin qoidasi mavjuddir. Moskva universiteti psixologlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, ana shu barcha qoidalar jumladagi so`zlar bog`lanishining atigi uchta funktsiyasini ularning biriktirilishini, bo`linishini va ajratilishini ko`rsatadi. Aniqlanishicha, o`quvchilar punktuatsiyaning bironta ham qoidasini yod olmagan holda tinish belgilarini bexato qo`ya bilishlari uchun ularga konkret jumlalarda bu funktsiyalarni muayyan belgilariga ko`ra tahlil etish va aniqlashni o`rgatish kifoya ekan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling