Mavzu yuzasidan keys topshirigi
Oqituvchi doskaga matematikaga oid masala yozayotganda sinfdagi bolalar gala-govur qila boshladilar. Oqituvchi qayrilib qarasa, hamma bolalarning kozi maktab hovlisida edi. Hovlida kuchuk bolasi oynoqlar, u yoqdan, bu yoqqa sakrar edi. Uning oppoq qor ustida irgishlab oynashi hammani mahliyo qilgan edi!
Oqituvchi deraza yoniga kelib, tashqariga tikilib qoldi. Oqituvchini korgan bolalar partadan turib ketishdi, guj-guj bolib derazalar oldiga toplanib olishdi, bir-birlarining elkalari osha tashqariga qarashardi. Deraza yoniga sigmagan bazi bir shox bolalar oyoq kiyimlari bilan partaning ustiga chiqib boy baravar turib olishgan edi. Ular oyoqlari ostida ezilib yotgan daftarlarini ham sezishmasdi.
Butun sinf tashqariga tikilib qolgan edi. Kuchukcha bolsa jimirlab oftobda yiltillayotgan qor uchqunlarini oynatib sakrar, goho keyingi ikki oyogida goz turib, jim qolar, goho u yoqdan bu yoqqa irgishlab sakrardi. Bir payt oqituvchi sergak tortib, oquvchilarni tinchlantirdi va darsni davom ettirdi. Oqituvchi mashgulotning yoqotilgan vaqtiga achinmadi. Umuman, buni yoqotilgan vaqt deb atasa boladimi ozi? Mana shu daqiqalarda bolalar qalbiga gozallik tuygulari kirib bormadimikan? Ona-Vatanga muhabbat hissi mana shu quyosh nuri tushib turgan va kuchuk bolasi oynab yurgan tabiatga mehr qoyishdan boshlanmaydimi?
Keys yuzasidan savollar:
Oquvchilar bexosdan kuchuk bolasini korib qolgan vaqtlarida ularda paydo bolgan diqqat qanday ataladi?
Matndan diqqatning tashqi tomondan namoyon bolishiga oid tasvirlarni toping.
Mazkur hikoyada oquvchilar diqqatining kechishi qanday psixologik jarayonlar bilan bogliq?
Tabiatdagi gozallikka diqqat qilish shaxsning rivojlanishida qanday ahamiyatga ega bolishi mumkinligini tushuntirib bering
Mazkur vaziyatni qanday baholaysiz va siz qanday yol tutgan bolar edingiz? Jadvalni toldiring:
Do'stlaringiz bilan baham: |