O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi


Download 1.04 Mb.
bet46/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.


Reja:
Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlaming nerv-fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Emostiya nazariyalari (Djeyms- Lang, Kennon- Bard, S.Shaxter, D. Zinger) Qarama -qarshi emostiyalar nazariyasi ( R. Salomon bo’yicha). Hissiy holatlaming ifodalanishi, hislami kechirish shakllari.
Tayanch tushunchalar-Emotsional jarayonlar.Xis-tuygular.Emotsional
holatlar.Kayfiyat, stresslar, affektlar.Yuksak (axloqiy, aqliy,
estetik, praksik) xislari.
1.Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari .
Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan ta’sirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta’sir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo`zg`otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to`xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta’sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to`xtaydi, jasurlanadi yoki qo`rqadi, shubhalanadi va h.k.
His-tuyg`ular kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg`ular albatta ikki qutbli -ijobiy yoki salbiy, ya’ni yoqimli va yoqimsiz bo`ladi.
Hissiyot haqida etarli bilimga ega bo`lish ishlab chiqarish tashkilotchisi, o`qituvchi, pedagog uchun juda muhimdir. O`z ishidan qoniqish hissini paydo qilish, zo`r ko`tarinki ruh bilan ishlash qulay psixologik muhit yaratilishi bilan bog`liq. Bu esa jamoa oldida turgan vazifalarni uning har bir a’zosi ehtiyoji bilan mustahkamlashiga bog`liq.
2.Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.
His-tuyg`ularning kechishi o`z rivojlanishiga ega bo`lgan, joriy va o`zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari bor: bular emotsiya, kayfiyat, affekt, kuchli hayajonlanish, stress, ehtiros, tor ma’nodagi his-tuyg`ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`p qirrali munosabatlarining ifodasi bo`lib, hisoblanadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling