b) Didaktotsentrik texnologiyalar - talaba shaxsiga e’tibor bermaslik bilan ajralib turadi. Bunda ham sub’ekt-ob’ekt munosabat bo‘lib, shaxsni shakllantira olish, didaktik vositalaridan iborat bo‘ladi.
v) SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar - buning markazida talaba shaxsi uni rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon qilishga yordam berish yotadi. Bunda talaba shaxsi faqatgina sub’ekt bo‘lmay, prioritetga ega bo‘lgan sub’ekt bo‘ladi. Bunda u ta’limiy tizimning maqsadiga aylanadi. Bunday texnologiyalar “antropo -sentrik texnologiyalar” deyiladi.
SHunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar antropotsentrik, gumanistik va psixoterapistik, har tomonlama erkin, ijodiy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
g) Insonparvar - shaxsiy texnologiyalar - insonparvarlik mohiyati bilan ajralib turadi, unga yordam beradi, qo‘llab-quvvatlaydi. Talabaning kuchiga hurmat, undagi qobiliyatlarni ochilishiga yordam berish va majburiy ta’lim-tarbiyani rad etadi.
d) Hamkorlik texnologiyalar - u demokratizm, tenglik, g‘oyalarini ilgari suradi va o‘qituvchi talaba munosabatlarida sub’ekt-sub’ektga asoslanadi. O‘qituvchi va talaba ta’lim-tarbiya maqsadi mazmunini ishlab chiqadi. Hamjihatlik bilan o‘z faoliyatlariga baho qo‘yadi.
e) Erkin tarbiya texnologiyasi - bunda talabaga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erkin tanlash huquqi beriladi. Tanlash davomida talaba sub’ekt nuqtai nazaridan namoyon qiladi va natijaga tashqi ta’sirdan emas, balki ichki kuch vositasida ergashadi.
j) Ezotermik texnologiya - bular ezotermik (“anglanmagan, bilib turib”) bilimlarga - haqiqat va unga olib boruvchi yo‘llarga asoslanadi. Bunda pedagogik jarayon habar berish, muloqot qilishdan iborat bo‘lmay, balki, haqiqatga payvand bo‘lish bilan iborat bo‘ladi. Ekzotik paradigmada insoning o‘zi koinot bilan o‘zaro axborot almashish markaziga aylanadi.
O‘rganuvchilar toifalariga ko‘ra pedagogik texnologiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |