O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Download 91.31 Kb.
bet3/11
Sana05.05.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1429460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIYOT VA BIZNES

Xususiy korhonalar: Ustunligi: xususiy korxona – yuridik shaxs bo‘lib, yakka tadbirkordan farqli ravishda, qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullana oladi.
Kamchiligi: bankrot bo‘lib qolganda korxona egasi majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan ko‘rinishda javobgar bo‘ladi. Ya'ni, kasodga uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to‘lovlarni o‘zi to‘laydi. Biroq, bu tavakkalchilik xususiy korxonaning yuridik shaxs sifatidagi soliqni to‘laganidan keyin sof daromad uchun soliqning mavjud emasligi bilan muvozanatga keladi. Xususiy korxona egasi uning faoliyatini shaxsan boshqarishi shart. U boshqaruv vakolatlarini yollangan menejyerga taqdim eta olmaydi. O‘zbekistonda yuridik shaxslarga soliq solish ularning tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas. Agar korxona kichik tadbirkorlik sub'yekti bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, u umumiy o‘rnatilgan soliq va soddalashtirilgan soliq tizimi (Yagona daromad solig‘i)dan birini tanlashi mumkin. Ba'zan, u yoki bu sabablarga ko‘ra, biznes mulkdorni qanoatlantirmay qoldi. Bu holatda korxonani yo bo‘lmasa undagi ulushni nima qilish mumkin? Xususiy korxona egasi korxonani to‘lig‘icha mulk kompleksi sifatida sotishi yoki hadya etishi, yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish mumkin.
Oilaviy korxona: Oilaviy korxona – kichik tadbirkorlik sub'yekti hisoblanadi. Xususiy turarjoyda yoki hovlida faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bunda turarjoy binosini noturarjoy toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi. Biroq, faoliyat yuritish turlariga cheklovlar bor.
Asosiy kamchiliklari: ishtirokchilar soni oila a'zolari bilan cheklangan hamda korxona egalari uning majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega. O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, oilaviy korxonaning har bir ishtirokchisi uni boshqarish,moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega. Albatta, bu qanday amalga oshirilishi qonunda batafsil yoritilmagan. Ammo, barcha asosiy jihatlari nizom shartnomasida yoritilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, Oilaviy korxona a'zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanida korxona faoliyati chigallashadi. Oilaviy korxona ishtirokchisi uning tarkibidan chiqish huquqiga ega. Agar nizom shartnomasida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Oilaviy korxona tarkibidan chiqayotgan a'zoning nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasiga proporsional bo‘lgan mulk unga moddiy yoki mulkiy ko‘rinishda qaytarilishi kerak. Oilaviy korxona boshlig‘i o‘zgarganida, oilaviy korxonaga tarkibiga ko‘ngilli ravishda kirish(chiqish), er-xotin o‘rtasida nikohning bekor qilinishi yoki Oilaviy korxona egalaridan birining vafoti bilan nizom shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bunda Oilaviy korxonalarni qaytadan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling