O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti
Kichik va oʻrta biznes faoliyati, ularning milliy iqtisodiyotdagi ulushini oshirish masalalari
Download 91.31 Kb.
|
IQTISODIYOT VA BIZNES
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy iqtisodiyot
Kichik va oʻrta biznes faoliyati, ularning milliy iqtisodiyotdagi ulushini oshirish masalalari.
Kichik va oʻrta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda kichik va oʻrta biznes subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Masalan, AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi. Oʻzbekiston kichik va oʻrta biznes subʼyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari qisoblanadi. Kichik va o’rta biznes rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Kichik va oʻrta biznes sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. Kichik va oʻrta biznes yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. Kichik va oʻrta biznes kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda Kichik va oʻrta biznes tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik, oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud Kichik va o’rta biznes. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatadi. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashga xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", "Madad" sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. Kichik va oʻrta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud. Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat hududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. 2018-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 238,5 mingtani (2001 yilda 99,4 mingta) tashkil qildi. Jumladan ularning 8,2 foizini kichik korxonalar va qolgan 91,8 foizini esa mikrofirmalar tashkil etmoqda. Ushbu ko’rsatkichni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak 9,1 foiz kichik biznes sub'yektlari qishloq xo‘jaligida, 20,9 foiz sanoatda, 11 foiz qurilishda, 34 foiz savdo va umumiy ovqatlanishda, 5,2 foiz yuk tashish va 19,7 foiz boshqa sohalarda faoliyat yuritayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hududlarda kichik biznes sub'yektlarining sanoatdagi ulushini ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 71,3 foiz, Namangan viloyatida 68,4 foiz, Jizzax viloyatida 61,3 foiz va Samarqand viloyatida 55,5 foizni tashkil etgan. Xuddi shu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 29,6 foiz, Qashqadaryo viloyatida 23,1 foiz, Navoiy viloyatida 18,8 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 foizni tashkil etgan. Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim. 1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko’prog’i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo’lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to’g’ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to’g’ri kelmoqda. Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo’jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko’rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o’rinlari samaradorligi yuqori bo’lgan sanoat tarmog’ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o’rnini ko’rishimiz mumkin. Ushbu ko’rsatkichni hozirgi o’sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin. 2. Kichik bisnes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (jami kichik biznes sub'yektlarining 26,7%i yoki 63,7 mingta sub'yekt). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo’lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko’rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko’rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. 3. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo’lsak eng ko’p sub'yekt Toshkent shahrida (22,6%), Toshkent (9,6%), Farg’ona (8,8%) va Andijon (8,7%) viloyatlari o‘z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to’rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki, Sirdaryo (3,2%), Navoiy (3,3%) va Jizzax (4,2%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda. Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega. Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib,mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega.Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik va o’rta biznes alohida ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o`sishini ta’minlovchi asosiy bo`g`in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro`y berayotgan turli ijobiy o`zgarishlar ko`p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir. Respublikamizda kichik biznesni barqaror rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo`nalishlaridan biri qilib belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes sohasi muhim o`rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib boorish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik va o'rta biznes sohalari mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o`sishni ta’minlashda kichik va o'rta biznes sub’ektlarining o`rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i muntazam o`sib, 2018 - yil yakunlari bo`yicha 60,4 foizga, sanoatda esa 37,4foizga oshdi. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining ohirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o`rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi”. Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni alohida rol o`ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o`rinlarini yaratish bilan bog`liq masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir, aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, ushbu sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab bo`lmoqda. Kichik biznesni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016-yilda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtani tashkil etgan. Download 91.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling