O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi


Download 0.56 Mb.
bet7/20
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1487531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi Nodirbek

Jarayonga qarab mo‘ljal olish. SUB har qanday tashkil etilgan faoliyatga jarayon deb qaraydi. Jarayon dastlabki bosqich (kirish) va oxirgi bosqich (chiqish) bilan belgilanuvchi chegaralarga ega bo‘ladi. Jarayon o‘z faoliyatida muayyan resurslar (odamlar, uskunalar va h.k.)dan foydalanadi. Mazkur resurslar jarayonda muayyan tarzda taqsimlanishi lozim. SHu bois jarayon, ISO 8402 xalqaro standartiga muvofiq, o‘zaro bog‘liq resurslar hamda kiruvchi elementlarni chiquvchi elementlarga aylantiruvchi faoliyat yig‘indisidir. Ko‘pincha resurslarga jarayonga kirish elementlari deb qaraladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra jarayonlar:
- muayyan individlar tomonidan bajariladigan individual;
- korxonaning vertikal yo‘nalishdagi faoliyatini aks ettiruvchi va uning rahbarlari, bo‘limlari, bo‘linmalari va xizmatchilari o‘rtasidagi aloqalar tuzilmasiga mos keluvchi funksional yoki vertikal;
- pirovard natijalarni ta’minlovchi va korxona manfaatlariga javob beruvchi o‘zaro bog‘liq jarayonlar yig‘indisini tashkil etuvchi ishga doir yoki gorizontal bo‘lishi mumkin.
Korxona faoliyati natijasida juda ko‘p jarayonlar amalga oshirilishi mumkin. Ayni vaqtda, bir jarayon korxona faoliyatining ko‘pgina sohalaridan o‘tishi mumkin.
Sifatni muttasil yaxshilash. Sifatni uzluksiz oshirish sifat strategiyasi muvaffaqiyatining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. U katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Sifatda katta ijobiy o‘zgarishlar yasash jarayonni tubdan qayta qurishni nazarda tutadi va katta investitsiyalar qilishni taqozo etadi. Bu yangi texnologiyalarni amalga joriy etish, ishlab chiqarishni keng ko‘lamda takomillashtirish va h.k. bilan bog‘liq. Sifatni bunday yaxshilashni yaponlar KAYRIO (KAIRYO) deb ataydilar. Bunday yaxshilash ko‘proq g‘arb tadbirkorligiga xosdir. KAYRIO sifatni yaxshilash tizimi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- odamlarning jiddiy sa’y-harakatlari emas, balki katta investitsiyalar talab etiladi;
- sifatni yaxshilash tizimiga faqat bir nechta mutaxassislar jalb qilinadi;
- texnologiyalardan cheklangan miqdorda foydalanish talab etiladi;
- mazkur yondashuvdan faqat qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi.
KAYZEN sifatni yaxshilash tizimi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- odamlarning jiddiy sa’y-harakatlari va kam investitsiyalar talab etiladi;
- sifatni yaxshilash tizimiga hamma jalb qilinadi;
- juda ko‘p kichik qadamlar tashlash talab etiladi;
- tizimga SUB falsafasiga mos keladigan falsafiy yondashuv xos.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling