O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi


Sifatni yaxshilash ishiga jarayonning barcha ishtirokchilarini jalb qilish


Download 0.56 Mb.
bet8/20
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1487531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi Nodirbek

Sifatni yaxshilash ishiga jarayonning barcha ishtirokchilarini jalb qilish. KAYZEN sifatni yaxshilash tizimi, KAYRIO tizimiga qaraganda, nisbatan kam investitsiyalardan foydalangan holda, jarayonning barcha ishtirokchilari sifatni yaxshilash yo‘nalishida muttasil ish olib borishini taqozo etadi. SHu bois jarayonning bironta ham ishtirokchisi bu ishdan chetda qolmasligi kerak.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, sifatni yaxshilash jarayoniga rahbariyat faol aralashmasa, kompaniya amalga oshirayotgan sifatni yaxshilash strageiyasi muvaffaqiyat qozonmaydi. Rahbarlik va harakatlarni muvofiqlashtirish mazkur jarayonda muhim ahamiyatga ega. Biroq, KAYZEN tizimi bo‘yicha sifatni muttasil yaxshilash kompaniya rahbariyati bu ishga har bir xodimni jalb qilgan va uni mazkur jarayonga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga rag‘batlantirgan taqdirdagina muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Faqat shu yo‘l bilan barcha xodimlarning tajriba va ko‘nikmalaridan samarali foydalanish mumkin.
Sifatni yaxshilash jarayonida har bir xodimning ishtirok etishi uning jarayonga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu esa, o‘z navbatida, rahbariyat olib borayotgan siyosatga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. SHu munosabat bilan SUB konsepsiyasida «bo‘lib-bo‘lib joylashtirish siyosati» tushunchasi qo‘llanadi.
5.TQM tamoyillari

Deming qoidalari


1. Korxona xodimlari doim mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga harakat qilishlari kerak. Sifatni oshirish vaqti-vaqti bilan emas, balki uzluksiz va rejali ravishda amalga oshirilishi, ishlab chiqaruvchining muhim vazifalaridan biriga aylanishi lozim. Bunda resurslarning oqilona joylashtirilishi, uzoq muddatli ehtiyojlarning qondirilishi, raqobatbardoshlik, biznesning o‘sishi, bandlik va yangi ish joylari tashkil etilishi ta’minlanishi kerak.
2. O‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitlarda rahbar bugungi kun yutuqlari bilan qanoatlana olmasligini nazarda tutadigan biznesning yangi falsafasi o‘zlashtirilishi lozim. Rahbar yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganib chiqib, vaqti-vaqti bilan korxonani yangi sharoitda ishlashga o‘tkazishga rahbarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.
3. Inspeksiya nazoratiga bog‘liqlikka barham berish. Sifatga erishish usuli sifatida inspeksiya nazoratiga chek qo‘yish lozim.
4. Past narxlar negizida shartnomalar tuzish amaliyotiga barham berish. Sifat bilan narxning oqilona muvozanatini ta’minlash zarur.
5. Tizimni muttasil takomillashtirib borish. Rejalashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimining muttasil va uzluksiz takomillashtirilishi yuzaga keladigan muammolarni zudlik bilan hal qilish, sifatni muttasil yaxshilash va unumdorlikni oshirish imkonini beradi.
6. Ish joyida o‘rgatish. Ish joyida o‘rgatishni tashkil etish uchun barcha xodimlar, shu jumladan boshqaruv xodimlarini ish joyida tayyorlash va qayta tayyorlash zamonaviy uslublarini amalga joriy etish zarur. Har bir xodimning imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e’tibor berilishi lozim.
7. Rahbariyatni ta’sis etish. Bu erda qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga xodimlarga yordam berish maqsadida rahbarlik institutining ta’sis etilishi nazarda tutilmoqda. Hozirda qo‘l ostidagi xodimning barkamollik darajasini belgilash va mazkur darajaga erishishda unga yordam berish har bir rahbarning muhim vazifalaridan biridir.
8. Qo‘rquvga chek qo‘yish. Agar rag‘batlantiruvchi motivlar orasida majburlash va qo‘rquv ahamiyatsiz rol o‘ynasa, korxona xodimlari ancha samarali ishlaydilar.
9. To‘siqlarni bartaraf qilish. Xodimlarning bo‘limlari va guruhlari o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish nazarda tutilmoqda. Kadrlarga yagona komanda deb qaralishi lozim.
10. Quruq shior va chaqiriqlardan qochish. Sifatga erishish usullarini hisobga olmasdan uni oshirishga chaqirmaslik. Quruq shiorlar qanchalik jozibali bo‘lmasin, qisqa vaqt mobaynida muayyan samara beradi va keyin unutiladi.
11. Ishni tashkil etishda har xil raqamlar (normativlar)ning ahamiyatini oshirib yubormaslik kerak. Mehnatning samaradorligiga ko‘proq liderlik tizimini joriy etish orqali erishishga harakat qilish lozim.
12. Kompaniyada ishlashdan iftixor tuyg‘usini shakllantirish.
13. Xodimlarni o‘z bilim va malakasini oshirishga rag‘batlantirish.
14. Korxona faoliyatini takomillashtirish ishiga har bir xodimni jalb qilish. Rahbariyat ishning sifati va unumdorligini oshirish jarayonida muttasil ishtirok etishi lozim. Rahbar sifatni ta’minlash zarurligiga ishonchi komil bo‘lgan va bu ishda bevosita va faol ishtirok etgan taqdirdagina sifatning uzluksiz oshishiga erishish mumkin.
Yaponiya hamda G‘arbning bir qancha mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib, Deming qoidalarini amalga oshirishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berish lozim:
- emotsional soha. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, xodimlarning jazoga tortilish yoki ishdan bo‘shatilishdan qo‘rqish hissiga chek qo‘yish, ularni xodimlar bilan rahbariyat o‘rtasida xayrixohlik ruhidagi munosabatlarga almashtirish lozim;
- rag‘batlantirish sohasi. Quruq shiorlardan voz kechish kerak, chunki ular xodimlarni mehnatga rag‘batlantiruvchi omillar emas;
- inson resurslarini rivojlantirish. Xodimlarni o‘z bilim va malakasini oshirishga rag‘batlantirish tavsiya etiladi;
- rahbar bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar. Rahbarning vazifasi xodimlarni nazorat qilish emas, balki ularga ishda yaqindan yordam berishdan iborat deb hisoblanadi;
- turli bo‘limlar va xizmatlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bo‘limlar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etibgina qolmasdan, balki o‘zaro yordam ruhidagi munosabatlarni rag‘batlantirish ham tavsiya etiladi. Iste’molchining ustuvor rolini nazarda tutadigan yangi paradigma quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi:
- jarayonlar odamlarning talablari va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun mavjuddir;
- jarayonlar odamlar va jamiyat uchun muayyan qimmatga ega bo‘lgan taqdirdagina foydalidir;
- talablar va istaklar zamon va makonda (turli madaniyatlarda va millatlarda) har xildir;
- talablar va ularni qondirish jarayonlarini statistik tahlil uslublari yordamida modellashtirish va kuzatib borish mumkin;
- jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonining eng oqilona modeli rahbariyat tomonidan jamiyat har bir a’zosining bevosita ishtirokida qabul qilinishi lozim.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling